August 5

BELT || EPISODE 12

─ 𝘉𝘰𝘴𝘩𝘲𝘢𝘳𝘶𝘷𝘴𝘪𝘻 𝘦𝘨𝘢𝘭𝘪𝘬, 𝘦𝘨𝘢𝘭𝘪𝘬𝘴𝘪𝘻 𝘦𝘴𝘢 𝘦𝘩𝘵𝘪𝘳𝘰𝘴 𝘣𝘰ʻ𝘭𝘮𝘢𝘺𝘥𝘪 𝘢𝘻𝘪𝘻𝘢𝘮. . .
─────

Politsiya mahkamasi.

Chiroq bilan yoritilgan derazasiz hona. Honaning hibsga olingan uchun ajratilgan boʻlimi oʻtirgan Mingyu. Burnidan oqqan qonni yengi bilan artib tashlagan yigit tili orasida yengil soʻkinish soʻzi chiqib ketdi. Yana boshqa boʻlimda esa Suwon shunchaki miyigʻida yaratgan kulish bilan Mingyuni tomosha qilmoqda.
- Küçük kurbağa, küçük kurbağa kuyruğun nerede? Kuyruğum yok, kuyruğum yok yüzerim derede.. - kichik bolalar uchun mo'ljallangan turk qo'shig'ini ayta boshlagan Suwon unga kelganidan beri bir nigoh ham tashlamagan yigitni e'tiborini tortdi.
- Bu joy senga sahna emas, ovozingni oʻchir.. - qahr toʻla ovoz ortidan nafrat aks etgan koʻzlari bilan Suwonga qaragancha dedi.
- Opajon.. Opam juda chiroyli qiz-a ? Oh... Uning qarashlari meni galstugʻimdan ushlab tortgani...Ah....Iforingiz hali ham dimogʻimda.. - olovga moy sepgan singari gaplarini kesatiqli ohangda aytayotgan Suwon Mingyuga nigoh tashlab qo'ydi.
- Va yana opamni ham tanasi...
- Ovozingni oʻchir dedim senga!! Seni kimsan Reina haqida bunday gapirasan?! Bu yerdan chiqaman va seni oʻldiraman Suwon Aras Keremogʻli!! Oʻldiraman!!
- tshshs... Hozir bu gaplaringni hodimlar eshitib qolsa nima bo'ladi?? Seni oʻylayapman men.. - oʻzidan havotir olgan kimsani yasab yuzini burib oldi. Yana bir bor gaplash uchun shaylangan ediki ochilgan eshik uni toʻxtatadi. Politsiya hodimi va uning oʻrnidan havotir yuz ifodasi bilan Reina kirib keladi. Politsiya kelib Mingyu oʻtirgan boʻlimni eshigini ochadi.
- Kim Mingyu ozodsan.. - eshik ochilishi bilan Reina mahbus boʻlimga kirib ketib Mingyuni quchib oladi. Bunday qilishini kutmagan yigit hayratlangan holatda qoladi. Darrov oʻzini yigʻib olgach qizni belidan qoʻllarini oʻtirib u ham unga javoban quchadi. Mingyuni qoʻli qanday qilib Reina ni ingichka ochiq beli uzra oʻralayotganini koʻrgan Suwonning nigohlar sezilarli darajada qorongʻulashadi.
- Ahvoling yaxshimi Mingyu?
- Ha.. - oddiygina javob qaytardi Mingyu.
- Unda ketdik. Tashqarida mashina kutmoqda kasalxonaga borishimiz kerak.. Yuzingni ahvoli parishon. - qizning barmoqlari yigitning yuzlarida kezib yurarkan ularni bir chetda kuzatib turgan Olov singari yonayotgan kimsaga e'tibor bermaydilar. Reina Mingyuning qoʻlidan ushlagancha bu bogʻuvchi havoga ega boʻlgan derazasiz honadan chiqib ketadi.

*

Politsiya binosi oldida oʻtirgan Jungkook qizdagi yuzida uygʻongan havotirga guvoh boʻlgandan beri miyasida tinmay bir oʻy aylanardi ' u haqiqattan ham oʻsha Mingyuni sevarmidi? ' degan. Biroq uning ichida ham qabul qilmagan sevgisini niholi uchmoqda edi. Bu hodisalar sodir boʻlayotgan vaqtda u Hoseok bilan gaplashish bilan band boʻlgan. Ishni tez orada bitirishi tayinlagandi biroq agar buni qilsa ortiq Reina bilan nigoh bogʻi, lablar birlashuvi qilolmasdilar. ikki yoʻldan iborat bu yoʻlak.. Bittasini tanlashga majbursan..Jungkook politsiya binosidan olmagan koʻzlari eshikdan qoʻl ushlashib huddi sevishganlardek chiqayotgan Mingyu va Reinaga tushadi. Tishlaridagi gijirlash. Oʻziniki boʻlmagan kimsa ustida qurilgan obsessiya. Mashina ruli sezilardi darajada siqiladi. Mingyuni orqa oʻrindiqqa oʻtirishiga yordam bergan Reina kelib haydovchi oʻrindiqidagi Jungkookni eshigini ochadi.
- Mashinadan tush.. - buyruq beradi qiz.
- Nima?
- Quloqsizmisan? Nima?! Mashinadan tush dedim! - qiz ovozini koʻtarganiga Jungkook boshida hayrat bilan qaradi keyinchalik huddi taslim boʻlgandek qoʻllarini koʻtarib mashinadan tushadi. Qiz endi mashinaga oʻtirishga shaylanganda yigit uning bir tomon yelkasida ushlab qulogʻi tomon egiladi.
- Sevgiling yonida menga qilgan baqir chaqirlaring oʻtmaydi.. Lekin ishon bugungi qilganing uchun afsuslanasan.. - qizni qoʻyib yuborish barobarida orqa oʻrindiqda oʻtirgan Mingyu tarafni eshigini ochadi.
- Janob Mingyu oʻzingizga boshqa haydovchi topishingizga togʻri keladi. Ishdan boʻshamoqchiman. Va allaqachon arizamni topshirdim ham. Sizga hayrli kun tiliman.

Jungkook eshikni yopgancha oʻzining qoraytirilgan koʻzoynagii taqib bu joydan uzoqlashadi. Bir qoshini koʻtarib yigitni gaplarini tushunishga harakat qilayotgan Reina kulib yuboradi.
- Afsuslanaman? Axaxaa , nima meni afsus chekadigan qiz oʻylaydimi?? Axaxaa! - kulish bilan mashinani otirgan Reina kalitni buraydi-da oxirgi tezlik bilan bu joylarni changga bulgʻagancha tark etadi.
Shahar hayoti davom etayotgan koʻchalar boʻylab harakatlanayotgan mashina. Qizning qora sochlarini mashina oynasidan kirgan shamol turli xil harakat qilishgan majburlamoqda.
- Reina.. Uyimga hayda.-orqa oʻrindiqdan ovoz keldi.
- Nima? Meni haydovching deb oʻyladingmi? Shifoxonaga boramiz dedimmi shifoxonaga boramiz..
- Senga koʻrsatishim kerak boʻlgan narsam bor.. Demon haqida..
- Toʻnka Demon haqida hech narsa eshitishni ham bilishni ham hohlamayman.. - qizning ovozida yigit uchun yaratilgan qandaydir nafrat hissi bor edi.
- Agar uning bizni fosh qilish uchun yuborilgan davlat agenti desamchi?
- Nima!! - birdan bosilgan toʻxtatish pedali. Oldinga otilib ketgan badanlar. Reina tezlik bilan orqa oʻrindiqdagi Mingyug qaraydi. Qizning yuzidagi hayratni sezgan Mingyu shunchaki sukut saqlashni tanlaydi. Qayta mashinani ishga tushirib balonlarini Mingyuni uyi tomon buradi.

Pov Mingyuni uyi.

Honada choʻkkan oʻlik sukunat. Honaning allaqayeridadir mavjudlik yaratayotgan yogoch soat vaqtning millarini sabab vaqt oʻtayotganini koʻrsatmoqda. Mingyu uzun kresloda oʻtirgancha qoʻlidagi muz toʻldirilgan haltachani yuziga sekin-asta bosib shishlarni yoqotishga harakat qiladi. U olib chiqqan hujjatlarni birma-bir oʻqib chiqayotgan qizdan ko'zini ayirmagan yigit tilga keladi;
- Uni birinchi koʻrishimdanoq uning yuzini qayerdadir koʻrganimga amin edim. Biroq menga rasmiy hujjatlar kerak edi. Topish uchun ancha harakat qilishdi odamlarim.. - qizni koʻzlari hali hamon qoʻlidagi qogʻozlarda.
- Ya'ni sen aytyapsan bu Demon Weck degani aslida Jeon Jungkookmi?
- Ha, Shunday. Koreya Respublikasining jinoyatchilar fosh qilish jamgarmasining yashirin agenti. Biz ham Koreyadan tashqarida ishlarimizni qilayotganimiz uchun bizni Amerikada fosh qilib Koreyaga surgun qilishmoqchi..
- voy yaramas. Hali orqamizdan ishlar qilyapsanmi Jeon Jungkook janoblari..jin ursin !!!! Shuncha payt sotqinni saqlab yurgan ekanmiz !! Sen! Uni davlat ishchisi ekankigini bilgan ekansan nega uni haydovching qilib olasan?! Aqldan ozganmisan?! - qiz ularning oradagi sotqinni emas, aynan oʻsha sotqin Demon boʻlib chiqichi qizni gʻazab portlashiga olib keldi. Ichidagi joʻshib chiqayotgan bu nafrat qichqirigʻi uni miyasini har bir qismini qoplab olmoqda edi.

- Uzoqda boʻlgandan koʻra yonimizda turgani yaxshi deb o'yladim..
- Oʻylading?? Sen bizni oramizda sotqin borligini fahmlay olyapsanmi?! Qanday qilib bunday Tinch boʻlishing mumkin?! - yigitda oʻta sokinlikni qabul qilolmayotgan Reina bor ovozi ila unga baqiradi. Biroq yigit jimgina stoli yonidagi sigaret qutisidan bittasini olib lablari orasiga joylagach eshik yoniga turgan odami kelib yondirgich bila sigaretni yonishiga sabab boʻldi. Chuqur nafas olib qayta chiqarib yuborgach unga hali hamon gʻazab nigohlari tikib turgan qizg qaradi.
- Menda allaqachon reja bor u uchun , shunday ekan sen hech narsa qilmasdan jim oʻtirganing ma'qul. Seni bu qirli ishga aralashtirish niyatim yoʻq. - o'pkaga qabul qilingan kulrang tutun bir necha soniya ichida burundan chiqib ketib honadagi bogʻuvchi muhitga yanada siyohlik bagʻishlamoqda. Yigitning sokin nigohlari portlashga shay turgan bombadek turgan Reinada edi.
- Va begunoh qizlardek meni jim oʻtirishimni kutmagandirsan, azizim. Hech kimga menga buni qilasan uni qilasan deyishga haqqi yoʻq hattoki sen ham. Har kim oʻz bilganini qiladi, shu tariqa men ham... - qiz kirish mobaynida kreslaga otgan pastosi va sunkasini olib honadan eshikni zabr bilan yopgancha chiqib ketgan qizni ortidan qarab qoladi Mingyu. Lablarida yoyilgan kulgi.

* * *

Qahr bilan bosilgan har bir qadam ortida qizning yoqib yuboruvchi nigohlari aks etmoqda edi. Qoʻllar musht holatga keltirilgan, Sochlar tozgʻigan. Labdagi ochgan lab boyoq. Tashqariga chiqishi bilan havodan chuqur oʻpkasiga qabul qilgan Reina koʻzlarini bir necha daqiqa yumib sekinlashishga harakat qiladi. Barcha yoqga tunning soyalari allaqachon yoyilgan edi. Keyinchalik sumkasidan qoʻl telefonini olgan Reina oʻzi bilgan raqamni tera boshlaydi.
- Mingyuni uyiga tez mashina joʻnat meni olib ketsin.
- Hoʻp bo'ladi, Honim. - telefonni joyiga qoʻyib darvoza tashqariga chiqib ketadi. Oradan besh daqiqa oʻtar oʻtmas bir qoraga burkangan mashina kelib qizni oldida toʻxtaydi. Reina hech qanday ikkilanishsiz mashina joylashadi.
- Uyga hayda.. - haydovchida oʻtirgan shaxs tomonidan hech qanday ovoz kelmaydi shunchaki mashina harakatlana boshlaydi. Oradan oʻtgan oʻttiz daqiqa, biroq haligacha manzilga yetib bormagan mashina. Qiz bundagi nimadirni hato ekanligini sezib haydovchiga qaraydi. Qora kepka va niqob kiyib olgan kimsa mashina boshqarmoqda.
- Hoʻp, tushundim. Meni o'gʻirlab ketyapsan. Kim ekanliginingni koʻrsar yoki shartmas.. Bu sensen shundaymi janob Jeon Jungkook.. - qizni aqlini tezligidan lol qolgan erkan oldin kepkasini keyin niqobini yechib yuzini namayon qiladi. Ha bu oʻsha 'sotqin' Jeon Jungkook edi.
- Hech qanday tomosha koʻrsatmasdan jimgina joyingizda oʻtirganingiz ma'qul honim. Manzilga tez orada yetib boramiz - dedi yuzida yoʻqolmagan tabassum ila.

Pov Reina.
Jin ursin meni?! Nega mashinaga minmasdan oldin raqamga qaramadim! Demonni ham undan tarqaladigan chidab boʻlmas iforidan tanidim. Yoʻq, Reina shu darajada sofmisan?! Qanday qilib bu toʻnkani ikki poralik tuzogʻiga tushushing mumkin. Aqldan ozaman hozir. Meni oʻldirmaydi bu aniq. Davlat odami hech qachon jinoyat qoʻl urmaydi toki bunga majbur boʻlmaguncha. Qayerga borayotganimni tun boʻlgani sabab aniqlolmayapman ammo shahar tashqarisida ekanliginimiz aniq. Yana biroz yurgach qandaydir eski uy oldida toʻxtadi. Oʻzi oldin mashinadan tushib men oʻtirgan tomonga kelib eshikni ochdi. Tirsak qismimdan ushlab meni majburlov bilan mashinadan tushirgach oʻsha tashlandiq uy tomon olib keta boshladi. Qarshilik qilmadim, chunki Mingyu allaqachon meni yoʻqligimni sezib qidiruvga boshlagan aniq bilaman. Biroz kutsam bas. Uyga kirdik hech qanday chiroq yoʻq shunchaki zulmat qoplab olgan edi bu maskan. Meni qandaydir honaga itarib yubordi Demon... U ham honaga kirishi bilan uning yuzida iblisni esga soladigan tabassum paydo bo'ldi.

pov avtor ; 23:57

Qorongʻulikka bulgʻangan uncha katta boʻlmagan hona. Yoqimsiz sukunatidan ajralib chiqqan qizning shovqinli qabul qilayotgan havo oqimi. Siniq oynalardan honaga tushayotgan Oyning kuchsiz nurlari yigitning yuzidagi jirkanch tabassumni koʻrishga imkon yaratdi. Erkak qizning belidagi qoʻlini sekinlik bilan uning kamariga tushiradi.
- Sening nozik belingni bezayotgan kamar qancha siqilsa, shunchalik jozibali koʻrinasan buni bilasanmi? - erkakning dagʻal ovozi ortidan his qilingan qaynoqlik qizning qorin boshligʻida kapalaklar uchishiga sabab boʻladi. Iliqlik. Miya ayni dam qabul qila olgan yagona soʻz. Erkakning qizning kamarida turgan qoʻllar yengil siqiladi. Kamar tortiladi. Qiz shovqinli havo oqimi qabul qilganini koʻrgan Jungkook labining chetida yengil kulgich hosil qiladi. Qoʻllar qizning kamaridan uzoqlashib oʻzining hayvon terisidan ishlangan siyoh kamar tomon shoshadi.
- Agar buni boʻshatsam ikkalamiz orasida nima sodir boʻlishini bilasanmi? - Reinaning koʻzlarini Jungkookning dengizdanda chuqur ma'noga ega bir juft qorachigʻlaridan ayirdi. Nigohlar yigitning oy tushirilgan kamari bilan birlashadi. Qizdan peshonasida namayon boʻlgan ter tomchilarini koʻrgan Jungkook miyigʻidan kulish barobarida kamarni yechib yubordi.

- Azizam.. Biz shunchaki oddiy jinsiy aloqa* qilamiz..Yoki bu yerda qoʻrqinchli boshqa narsa bormi? - mazahlovchi ohanda Jungkook honani koʻzdan kechirdi.
- Bu uchun afsuslanasan bolakay!? - baqiradi Reina. Jungkook qiz bilan orasidagi mavjud masofani qisqartirdi. Endilikda erkakning qaynoq nafasini qayta his qilgan Rei koʻzlarini yumadi.
- Dominantlik menda... - erkak shivirlaydi qizning qulogʻiga. Jungkook qizdan uzoqlashgancha beliga qistirilgan siyoh qurolni olib oʻzini boshiga tiraydi.
- Nima qilyapsan Ahmoq?! - Rei yigitning bu harakatiga hayratga tushgan holda savol berdi. Biroq Jungkook jimlikli saqlaydi. Birdan tashqarida koʻp miqdorda erkaklarni ovozi quloqqa chalinadi. Qiz bir eshikka bir qarshisidagi yigitga qaradi.
- Game over Reina Kim...

𝘋𝘢𝘷𝘰𝘮𝘪 𝘣𝘰𝘳.... 𝘎𝘰𝘭𝘥𝘍𝘪𝘳𝘦.𝘧𝘪𝘤𝘵𝘪𝘰𝘯