BELT || EPISODE 11
─ 𝘉𝘰𝘴𝘩𝘲𝘢𝘳𝘶𝘷𝘴𝘪𝘻 𝘦𝘨𝘢𝘭𝘪𝘬, 𝘦𝘨𝘢𝘭𝘪𝘬𝘴𝘪𝘻 𝘦𝘴𝘢 𝘦𝘩𝘵𝘪𝘳𝘰𝘴 𝘣𝘰ʻ𝘭𝘮𝘢𝘺𝘥𝘪 𝘢𝘻𝘪𝘻𝘢𝘮. . .
─────
... Barchasini boshlanishi bu edi ~
Kunning oʻrtalari havoning ayni totli vaqti edi. Bahorning boshlanishi biroz muddatli yogʻingarchilik ortidan yoqimli shabada esmoqda. Oʻzi uchun umuman notanish boʻlgan manzilda begona maskanda tizzalarini quchgancha oʻtirgan bolakay yonidagi teddy oʻyinchogʻiga bir qarab bilmayib qoʻydi.
- Tedy.. Bizga hech kim kerak emas.. Sen va men yetamiz bir birimizga.. Endi otamni kaltaklashlariga chidashga majbur emasmiz.. - yana chilmayish. Yuzdagi koʻkarishlari chehraning harakati sabab achishish yaratdi. Ha.. U bolakay uydan qochgandi. Va bu bolakay Suwon Keremogʻlidan oʻzgasi emas. Shu payt yoʻlakni boshida bir qiz koʻrinish beradi. Sochlari yelkasida ozgina bir tomon yanogʻini shishirib turgan chupachups,kalta shortisi. Qizaloq Suwonni oldidan oʻtib ketayotib bir qancha qadam uzoqlashib toʻxtab qoladi.
- Nima qilyapsan? Uying yoʻqmi seni?
- Menga gapiryapsizmi? - dedi Suwon unga qarab turgan qizga qarab.
- Yoʻq. Teddy ayiqga.!? Sendan boshqasi bormi bu yerda..
- Teddy ham inson!
- Axaxa! Demak hali ertaklarga ishonadigan goʻdaksan.. Mana ol va uyingga qayt tashqaridagi boʻrilar seni yeb ketishadi boʻlmasa - dedi qizaloq choʻntagidan yana bir chupachupsni Suwonga uzatdi. Suwon kichkina qoʻllari bilan qiz uzatgan shirinlikni olib tabassum qiladi.
- Rahmat! - Bolakayning beg'ubor kulishidan qandaydir iliqlik olgan qiz uyam uning ortidan bilmasdan tabassum qildi.
- Endi esa uyingga bor.. - dedi qizaloq va oʻzini yoʻlidan davom etadi. Uning ortidan yuzidagi tabassumni yoʻqotmagancha qoladi Suwon.
- Hoʻp opajon! - Qiz allaqachon ketgan boʻlsada Suwonning koʻzlari uning bosib ketgan yoʻllarida edi. Labida oʻsha yoʻqolmagan tabassum. Vaqt kechki paytlar. Qora bulutlar tunning qoʻrqinchli havosiga koʻrk qoʻshmoqda goʻyo. Hali hamon ayiqchasini quchganda otirmoqda edi u. Shunda uning oldida bir qora mashina toʻxtagach ichidan tushgan qora kiyingan erkak. Suwonni yoniga borib tizzasiga oʻtirdi. Suwon unga qarashi bilanoq yuziga kelgan tarsak sabab tisarilib ketadi, biroq yiqilmasidanoq erkak uni bagʻriga bosadi.
- Bir daha bunu yapma, oğlum.. ( boshqa bunday qilma, ogʻlim.. ) - oʻzining sof turk tilida gapirgan erkak yigitchani qattiq bagʻriga bosgancha yuzlaridan bir necha bor oʻpadi. Biroq Suwonning yuzida oʻsha tabassum hali hamon saqlanmoqda.
~ Janob Keremogʻli sof turk qonidan boʻlsada uning asosiy biznesi Koreyada boʻlgan. Suwonning onasiga oshiq boʻlish hikoyasi ham ancha vaqt olgandi. U bilan dushman boʻlgan kampaniyaning sekretari boʻlgandi Suwonning onasi. Bir biriga bogʻlagan ilk koʻrishdanoq sevgi rishtalari ularni qoʻl urishga qoʻrqadigan ishlar qilishga majbur qilishadi. Yashirin uchrashuvlar, sirli boqishlar , qaynoq himoyasiz tunlar. Kutilmaganda qabul qilingan homilalik ularning bu tosiqsiz sevgilariga dogʻ boʻladi. Janob Keremogʻli ota boʻlishga, Seina honim esa ona boʻlishga tayyor emasdi. Biroq bu begunoh farishtani ham shunchaki yoʻq qila olmasdi Janob Keremogʻli. Seina honim esa uni oldirishga tayyor holda bir necha bor shifoxona eshigini abort maqsadida taqillatdi biroq har doim uni ortga chekinishga majbur qilgan Janob Keremogʻli edi. Oradan bir necha oy o'tgach Seina honim ham bunga koʻnikib qabul qiladi. Keremogʻli esa uni oʻz qaramogʻida saqlaydi. Hech bir zot unga qoʻlini soyasini tushira olmasdi. Va oʻsha kun keladi. Kichkina chaqaloq dunyoga keladi. Ilk ogʻillarini bagʻriga olgan bu juftlik baxtning asl ma'nosini endi his qila boshlagandilar. Suwon Aras Keremogʻli. Onasining istagi ila ikki ism berilgan boʻlsada otasining bergan Aras ismini hech qachon foydalanmaydi. Otasining uning havfsizligi uchun qilgan harakatlari Suwon uchun goʻyo uning orzularining yoʻq qiluvchidek koʻrinardi. Biroq u oʻsha qizaloq ya'ni Reinanani koʻrgandan so'ng hayotga boqishi sezilarli darajada oʻzgardi. Deyarli har kun yashirin oʻsha joyda qizni oʻtib ketishini kuzatadigan boʻladi. Reina uning kuzatayotgan erkakdan umuman bexabar holda hayoti davom ettirardi.
Qizni na ismi na yashash joyini bilmagan Suwon sokinlikni shunchaki uni bir necha soniya tomosha qilishga olardi. Bu u anglolmay soyasida yashirinib kelgan uning qora obsessiyadir. Biroq kunlardan bir kun Reina ortiq u joydan har kungidek oʻtmaydi. Suwon oʻsha kun u yerdan Reina ni oʻtishini kun borguncha kutadi ammo qizdan sado ham chiqmaydi. Ertasi kun ham shu holat takrorlanadi. Qiz goʻyo yoʻqlikka soyasi ila qorishib ketgandek. Uning yoʻqligidan deyarli aqldan ozgan Aras oʻz joniga qasd qilishga bir necha bor urinadi.. Onasining kutilmaganda kelgan oʻlimi Janob Keremogʻlini tubdan yiqilishiga sabab boʻladi. O'g'lini ham yoniga olgach ular bu shaharni toʻla hotiralarni ortda qoldirgancha tark etishadi. Lekin Arasning qalbida ongida qolgan obsessiyasi uning bir umr hotiralarida saqlanardi...
Ofis honasi. Mexmonlar uchun ajratilgan stol oʻtirgan ayni damdagi 'istalmagan' mexmon. Reina boshliq oʻrindiqida yordamchisi tayyorlab kelgan turk qahvasini bemalol tarzda ichib oʻtirgan Suwondan koʻzlarini olmaydi. Goʻyo hamma normaldek sekinlik bilan finjonni kichik tarelkasi joyladi.
- Shuncha yerni faqat meni oldimda qahvangni 'kayf' bilan ichish uchun kelmagandirsan?! - qizning bogʻiq jahl aralash ovozi honani bulgʻab oladi. Qizni ovoz tonida va unga tikib oʻtirgan olov qorachigʻlarini koʻz tashlagan Suwon yengil kuladi.
- Kim Reina honim. Boshida sizga oʻzimni tanishtirsam, - qoʻlidagi finjonni kichik bezak stoliga qoʻyib yoqasini togʻirlab gapiga davom etdi. - Ismim Suwon Aras Keremogʻli men Turkiyadagi KMO tashkilotini yagona vorisi...
- Qiziq emas.. - birgina soʻz ila yigitni gapini boʻlib tashladi u. - Meni qayerdan taniysan ? Qanday qilib seni opang boʻlishim mumkin shuni ayt menga? Otam onamdan keyin hech qanday qiz bilan birga boʻlmadi.!
- Oh.yoʻq.. Men janob Kimni meni otam demayapman. Noto'g'ri tushunmovchiliklarni chetroqga suraylik..
- Unda sabrimni sinamasdan gapir!! - Reinanin mushti bu safar stolga joy egallaydi. Qizning harakatlarini tomosha qilishdan zavq olayotgan Suwon sekin oʻrnidan turib qizni oʻrindiqi yoniga boradi.
- 11 yil oldin. Bizning ilk uchrashuvimiz, nahotki eslamaysiz opa? - 11 yil oldin sodir boʻlgan hodisa Reini koʻz oldida kitob sahifasidek ochila boshlaydi. Mehribon Mingyu oʻlib oʻrniga sovuq Mingyu paydo boʻlgan yil. Daxshatli hodisa qizni bir zum chuqur nafas olishiga sabab boʻladi. Qayta tinchlikni saqlagan Reina stoli yonida turgan Suwonni qarshisiga bordi. Erkakning uzun boʻyi qizni tepaga qarashga majbur qiladi.
- Egil.. - buyruq beradi qiz. Suwon hech qanday qarshiliksiz qizni yuzi tomon egiladi. Reina uning galstukidan ushlab oʻzining yuzi tomon tortadi.
- Agar eslashga arziydigan inson boʻlganingda allaqachon eslardim. Eslardim emas , unutmasdim. Demak eslashimni loyiq kimsa emassan, bolakay. Hozir esa sassiq gullaringni ol-da, kampaniyamni tark et. Boshqa qadam bosishni hayolingga ham keltirma, chunki keyingi safar men emas qurollarim kutib oladi seni. Endi esa daf boʻl.. - Suwonni oʻzidan itarib yuborgan qiz ortiga ham qaramasdan honani tark etadi. Bu payt Suwon qizni yaqindan his qilganiga ichida gʻalati hislar uygʻongandi allaqachon. Issiqlik bosgan yigit galstukini yengil boʻshatib qoʻygach koʻzi shimidagi bortiqqa tushadi.
- Ax, opa. Meni aqldan ozdirasiz.. - Reina ushlagan galstukini olib burniga bosgancha qizning bilinar bilinmas iforidan mast boʻlgan yigitni yuzidan oʻsha tabassumi yoʻqolmaydi.
- Bu ilk değil sonda olmayacak.. - degancha honani tark etdi yigit.
* * * * *
Besh daqiqa oldin.
Yigitga aytar gapini aytgach honadan chiqqan Reina eshik oʻzi tomon kelgan erkakga bir nigoh tashladida yoʻlak boʻylab ketib qoladi. Unga hech narsa demasdan oʻtib ketgan qizni ortidan qarab qoladi Jungkook.
- Jimlikni saqlamoqchimisiz Reina honim.. ? - qiz allaqachon ketib qolgan boʻlsada ortidan gapirib qoladi u. Reina ketgan tarafga ketishga shaylangan Jungkookni shimini choʻntagidagi vibratsiya to'xtatdi. Ekrandagi 'Hoseok' yozuvini koʻrar koʻrmas joyida toʻxtaydi. Bu safar qadamini boshqa tomonga ulangan erkak telefonda gaplashish uchun qulayroq joy qidirish maqsadida yuqori qavatga chiqib ketadi.
Pov Rei.
Suwon Aras Keremo'g'li bu ism menga umuman begona emas. Qayerdadir koʻrgandekman, balki Mingyuni mijozlaridan bittasidir. Lekin men bilan buni nima aloqasi bor. 11 yil oldin tanishganmiz dedi 11 yil.. 11yil..bu Mingyu qurol bilan yaralangan kun. Ya'ni yangi Mingyu tug'ilgan kun. Be e'tibor, shavqatsiz. Oʻylab qarasam oʻsha kundan soʻng Mingyu bir marta boʻlsa ham qisqartirib aytmaygandi toki meni oʻtgan safar pichoqlanganimda qutqargani kelmaguncha. Uning tilida 'Rei' nomini eshitish goʻyo meni eski vaqtlarimizga qaytaradi. Oʻsha Mingyuni yoʻqtirgan kichik qizcha Reini. Biroq menimcha endi u onlar qayta kelmaydi. Otam Mingyu bilan turmush qurishimizni aytganda ichidagi qanday sevinchni paydo boʻlgani birgina oʻzimga ayon. Ammo oʻsha vaqtdagi Mingyuda hech qanday reaksiya koʻrmagandim. Gʻalati emasmi? Emotsiyasiz inson boʻlishi mumkinki? Ogʻriqni quvonchni his qilmagan? Bilaman buning tagida aniq men bilmaydigan nimadir bor. Va albatta bu haqiqat allaqachondir fosh boʻladi. Mingyu, sirlar hech qachon yashirin qolmaydi azizim..
Boʻrini yoʻqlasang, qulogʻi koʻrinadi deganlaridek mana bizning kutilgan shaxs ham davramizga tashrif buyurdi. Kampaniyaning chiqish eshigi yonida oyna eshik orqali uni qanday mashinadan tushib kalitni ishchiga berishini kuzatdim. Sevgi? Muhabbat? Unga his qilayotgan hissim barchasi haqiqat edi. Uning bir bor nigohi menga tushganda sevinchdan sakraydigan qizcha edim. Inson zotining hech bir his qilayotgan, qumsayotgan tuygʻusi abadiy emas. Barcha barchasi oʻtkinchi.
- Qani jasad? Kim tashlab ketgan ekan uni? - qizning qarshisiga kelib gapga kiradi Mingyu. Erkakning yuziga bir necha soniya tikilgan Reina shunchaki jimlikni saqlagancha ortiga oʻgirildi.
- Hal qildim oʻzim..sen yaxshisi Honamdagi bilan shugʻullan. - Reinada nimadir gʻalati ekanligini sezgan boʻlsada Mingyu e'tibor bermaslikni tanlab lift tomon ketadi.
- Winston..Menga bugungi kundagi kamera yozuvlarini olib kel..
- Hoʻp boʻladi, janob. - Mingyuni aloqani uzib telefonini kostyum choʻntagiga joyladi. Lift eshiklari ochilar ekan ichkaridan chiqqan kimsa sabab Mingyuni asab toʻlalari uzilib ketadi.
- Sen bu yerda nima qilyapsan?!
- Opajonimni ziyorat qildim.. Nima, mumkin emasm... - gapning yarmida qolishi. Yuzga kelgan kuchli musht ta'sirida muvozanatini yoʻqotgan Suwon yerga yiqiladi. Labi chetidan oqib chiqqan suyuqlikni barmogʻi bilan artgan Suwon oʻrnidan turib Mingyuga javob qaytaradi. Ayol hodimalarning chinqirigʻiyu, erkak ishchilarning ularni ayirish uchun qilgan ishlari barchasi befoyda edi. Ular orasidagi bu narsa endi dushmanliknida oʻtib ketgandi. Qora qon ikkalasining ham yuzlaridan oqmoqda. Yorilgan qoshlar.. Allaqachon paydo boʻlgan koʻkarishlar. Biroq ikkalasini ichida ham hali hamon soʻnmagan gʻazab. Ishchilardan bittasi politsiyaga telefon qiladi..
Pastki qavatda koʻtarilgan shovqinni eshitgan Rei hayronlik bilan yarim qolgan qahvasini kampaniya bufetida qoldirib ovozlar kelayotgan tomonga boradi.
~ Ishchilar orasida yana urush chiqqan koʻrinadi. Nimaga bular bitta qahvamni ham tinchgina ichishimga qoʻyishmaydi. Bugungi kunim juda ogʻir oʻtmoqda jin ursin.!
Hodimlarni ayirish uchun toʻda boʻlib odamlar yigʻilib turgan joyga borsam manzaradan koʻzlarim kattalashib ketdi. Mingyu bilan oʻzini Suwon yana nimadir deb tanishtirgan yigit bir birini oʻlgudek mushtlamoqda edi. Va politsiya kiyimli erkaklar ularni ayirib olishdi.
- MINGYU..! - men darrov Mingyu yoniga borib uning sogʻ joyi qolmagan yuziga guvoh boʻldim.
- SEN BILAN HALI ISHIMIZ TUGAMADI SUWON AFANDI!! OʻLDIRIB JASADINGNI PARCHALAB TASHLAYMAN!!
- Bol şans..! - turk tilida gapirgan Suwon miyigʻidan kulgancha uni olib borib ketayotgan politsiyaga ergashdi. Mingyuni ham Reinaga e'tibor bermasdan olib ketish uchun ikkala qoʻlini ortga qayirib zanjirni taqishdi.
- Nima qilyapsan?! Ahvolini koʻrmayapsan mi?! Bu nimasi?! - Mingyuni majburlab ortidan turgʻizishga harakat qilayotgan politsiyachilarga qaraganda baqirdi qiz. Qizni yoniga kelgan Mingyu uni yuzidan ushlaydida oʻziga yaqinlashtiradi.
- Soʻz beraman. Suwon koʻppaki yana bir bor yoningga aslo yaqinlasholmaydi, Rei.. - Oxirgi bor qizga nigohlarini tikgach uni ham mashinaga oʻtqizib olib ketishdi.
~ Mingyuni olib ketishdi biroq men hali hamon marmar yerda oʻtiribman. Necha yillardan beri Mingyuni menga e'tibor berishi kutayotgan edim. Birdan qilgan harakati kutilmagan boʻldi. Iliq kaftini yuzimda his qilgan on, uni hali ham sevayotganimni angladim. Yoʻq, bu boshqarib boʻlmas his. Ismimni necha yillardan keyin yana qisqartirib aytishi... Mingyu.. Hali hamon seni sevaman!!! Ha, sevaman!!
• Liftni endi tushgan Jungkook yerda oyna eshiklarga qarab oʻtirgan qizni koʻrishi bilan qiz yoniga boradi.
- Reina!! - qizni yoniga kelib tiz choʻkkancha oʻtirib uni biroz Mingyuni yuzidagi qoni teggan qoʻlini koʻrgan Jungkook hayrat bilan qizni tanasini koʻzdan kechira boshlaydi.
- Reina bu kimni qoni?! Nima boʻldi?! Aytasanmi?!!
Biroq qizning aql oʻyi ayni damda bu erda emasdi...
─ 𝖣𝖠𝖵𝖮𝖬𝖨 𝖡𝖮𝖱...
... 𝖦𝖮𝖫𝖣 𝖥𝖠𝖭𝖥𝖨𝖢𝖲 𝖪𝖠𝖭𝖠𝖫𝖨 𝖴𝖢𝖧𝖴𝖭 𝖬𝖠𝖷𝖲𝖴𝖲 ─
𝖬𝗎𝖺𝗅𝗅𝗂𝖿: 𝖴𝗓𝗎𝗆𝖺𝗄𝗂 𝖸𝗈𝗇𝖺