- QALBIMDAGI AYOZIM 2 -
"Qorning nozik parchalari ila siylangan bu oramizdagi Olovli sovuqlikni doim eslab qolishingni hohlayman , zero sen sovuq boʻlsang men esa oʻsha olovli qalb boʻlaman.. "
Oʻlkani yana bir bor oppoqlikka burkagan qish. Tanalardan sayr qilayotgan oʻsha yoqimli titroq bagʻishlovchi shabada. Barcha yoq qorning mo'jizasini ta'siridan oʻzining betarif kiyimini kiyib olgan. Muzlik boʻlishiga qaramasdan, koʻrgan qorachigʻda uchqun yarata oladi. Qish aslida shunday emasmi?
Soatning daqiqa sanovchi millari oʻz maromida vaqtni oʻtishini koʻrsatmoqda. Vaqt allaqachon yarim kechaga yetgan. Barcha oʻzining shirin uyqusida boʻlsa bu honadondagi qiz honasiga uyqudan yiroqda boʻlishni afzal koʻrgancha otirmoqda edi. Kaminda oʻynoqiligini namayon qilayotgan olovni yorugʻligi ila kitob satrlarini mutolaa qilmoqda qizaloq. Muhit ajoyiblikni oʻz ichiga olgan. Derazalardagi oynada qishning naqshlari chizilgan. Sukunatni faqatgina yogʻoch soatning harakati buzmoqda. Chuqur nafas olganda kitobni yopgan qizaloq oynaga qorni qanday yogʻayotganini koʻrib yengil tabassum qildi. Bu kitobning nomi "Qalbimdagi ayozim ll " edi va bizning betakrorlikka burkangan asarimiz shu joyning oʻzida boshlanadi...
- Aera.. Toʻxtasangchi.. - Yaxshilikka burkangancha yashnayotgan butalarni oq oti bilan bosgancha ortidagi yigitini gapiga e'tibor bermagan Aera yanada tezlikni oshiradi. Bahorni nozik shiviri quloqlarni erkalamoqda. Tabiatning naqadar goʻzal uygʻonishi ayni dam koʻzlarga namayon edi. Aera oq tulporini ipidan yengil tortib uni toʻxtashiga sabab boʻladi. Qiz otdan tushish barobarida qora otdagi Taehyung ham yetib keldi. U ham qizni ortidan otdan tushib tulporni erkalayotgan qizni ortidan quchib oʻziga tortadi.
- Qalbim egasi.. Balki bizga ham e'tibor berarsiz.. - havo iliq biroq yigitning lablari orasidan chiqqan qaynoqlik qizning tanasida titroq hosil boʻlishiga olib keldi. Sekin belidagi erkakka oid qoʻllarni olib tashlagan Aera hali yangi ochilgan gulgʻunchalar oʻsib turgan joy tomon ketib qoladi.
- Taehyung.. Bularni chiroyliligini qarang..
- Ammo ularni chiroyli qizil atirgulga teng kelolmas.. Hozir yonimda bitta atirgul bargi boʻlsa edi... - yelkasini qaysidir daraxtga tiragan Taehyung ularni atirgul bargi ila boʻlgan ilk boʻsalarini eslab labiga kulgich yuguradi. Uning nigohlari gullarni Birma bir hidlab chiqayotgan qizning beg'ubor harakatlarida. Beg'uborlikka yarishingan sof ruh egasi ayni dam uning qarshisida. Unga tegishli boʻlgan muzlikning iliq nuri edi Aera u uchun. Erkakning lablaridan koʻrilgan quvonching kichik bir boʻlagi. Daraxtlar bir maromda shamolning ularga berayotgan yengil zarbalari ortidan shoxlari tebranmoqda. Aera ochilgan gullardan oʻziga yoqqanlarini birma-bir uzarkan oxirgi uzayotgan gulini tikani qizning barmogʻiga botdi.
•
Tikan botgan joydan qon chiqa boshlagani koʻrgan Taehyung havotirli tarzda qizni yoniga keladi.
- Aera ? - biroq qizning nigohlari bir nuqtada qotgandi. Togʻrisida daraxtlarga tikilishga davom etayotgan Aera qaysidir daraxt ortidan unda koʻrinish bergan qandaydir sharpa ta'sirida ortga tisarildi. Qizni yelkalaridan ushlagan Taehyung Aera qaragan tomon qaradi biroq hech narsa uni koʻziga koʻrinmaydi.
Pov Aera: Quloqlarim goʻyo ortiq hech narsa eshitishni hohlamasdi. Nigohlarim barmogʻimdagi oz miqdordagi qonda qotgandi qonim koʻzimga qora rangda koʻrinmoqda edi. Yuragimning urush tezligi sezilarli darajada tezlashgan. Nafas olishim ham soniyalar ortda qolgan sari qiyinlashmoqda.
- Sen Xato qilding!! - noma'lum kimsaga tegishli boʻlgan mutloq begona ovoz qulogʻim ostida jarang soldi. Men darrov qarshiga qaradim. Ha siyohlikka burgangan qandaydir sharpa menga qonga toʻla boʻlgan qizil koʻzlarini tikmoqda edi. Ammo.. Biroq u yigʻlamoqda, qon yigʻlamoqda.. Endilikda tanamdagi harakatlarni his qilishim sustlashadi boshladi. Nimalar boʻlmoqda men bilan jin ursin?!! Oʻsha sharpa yashirinib olgan daraxt ortidan chiqib men tomon yuguradi. Men bor ovozim bilan chinqirdim. Birozdan soʻng barcha ongim-u barcha yerda soflikka burkandi. Oppoq qorlar koʻz oldimda ucha boshladi. Tanamdagi kuchsizlik meni qoʻlga oldi. Kipriklarimni ortiq koʻtarishga madorim qolmadi. Noma'lum narsa goʻyo meni kuchimni oʻziga tortib olgandek. Boshim allaqaysidir yumshoq joyga tushdi, ha bu Sevgilimning yelkasi edi . Taehyungning lablari harakatlanmoqda biroq ovozi menga eshitilmayapdi.. Koʻzlarimni yumgandan soʻng oʻsha men doim qochib kelgan zulmatga asira boʻldim..
~ Tanamning har bir ochiq qarichini kezayotgan salqin muzlikni esga soluvchi shabada. Titramoqdaman. Lablatimni qattiq tishlagancha majburan koʻzlarimni ochish uchun kipriklarimni koʻtarib. Keyinchalik koʻrgan manzaram sabab esa batamom hayrat ichida qoldim. Butun atrof boʻylab qor yogʻilmoqda edi. Qish? Biroq hali qishga erta edi-ku? Oʻrnimdan turishga harakat qildim. Jin ursin! Men qayerga tushib qoldim, Taehyung qayerda? Yarim yalangʻoch kiyim? Bu kiyimni qachon kiyishga ulgurdim?! Oʻzimni qoʻllarim yordamida quchgancha atrofga qarab alangladim. Menga umuman begona boʻlgan joylar. Bu men bilgan Shahar emasdi. Tanish kimnidir koʻrish niyati ila qadam tashlay boshladim. Hatto uylar ham gʻalati tarzda meni ustimni bostirmoqchidek harakat qilmoqdami? Toʻxta! Men havo ma'budasimanku! Ya'ni bu qorni toʻxtata olaman..
Yoʻlni oʻrtasiga kelganda joyimda turib oldim va qoʻllarimni osmonga yoygancha kuchim bilan qorni toʻxtatishga urindim. Biroq oradan oʻtgan qanchadir vaqt men esa hali hamon shu koʻrishishda turmoqdaman. Hech qanaqa qor toʻxtagani yoʻq. Nima! Oʻz kuchimdan foydalana olmayapman. Kaftimni musht qilib oldim. Qor qoplagan yoʻl uzra yalangʻoch tizzalarim bilan oʻtirdim. Badanim sovuqning oʻtkir mohiyati ta'sirida muzlamoqda, bu anglatadiki men kuchikni yoʻqotdim. Havo ma'budalariga sovuq ta'sir qilmasligi kerak ammo hozir.. Ongim hiralasha boshladi. Oqarishga ulgurgan lablarimni qattiq tishladim va oʻzimni oʻsha qorning ustiga tashladim. Balki bu shunchaki tushdir? Hozir uxlayman va uygʻonganimda Taehyungni iliq bagʻrida uygʻonaman...
Tongning yorugʻligini yopgan bulutlar. Hali hamon mavjudligini saqlayotgan qor parchalari. Tuni boʻyi yogʻishdan toʻxtamagan qor qizning ustida qor yigʻini hosil qilgan. Aera hamon uxlamoqda. Yoʻlda unga hayrat va hayron nigohlarni tikib ketayotgan odamlar. Ogʻziga simitni tishlab ishiga kechilayotganini takrorlagancha tez tez qadamlar bilan ketmoqda edi. Koʻzi muz ustida yotgan bir pariga tushgach toʻxtab qoladi. Sariq sochlari shamolning havosi ila harakatlanmoqda. Tanasi sovuq muhitni his qilgancha titrashga tushgan. Erkak qizni yoniga boradi. Qizning tariflab boʻlmas goʻzalligiga hayratda qoladi. U ustidagi plashini yechgancha uni qizni ustiga yopdi. Gavdasi boʻylab yoyilgan iliqlik sabab Aera yengil tortadi. Kipriklar bir biri ustidan qolqadi. Qorachigʻ birdan paydo boʻlgan yorugʻlik nuri taʼsirida koʻzlarini pirpiratdi.
- Honim, yaxshimisiz? - begona kimsa tomonidan qizga berilgan savol. Aera tez oʻrnidan turgancha yigitdan ortga tisarildi.
- Siz kimsiz? - titroq ovozda soʻradi Aera.
- Bu sovuqda uysizlarga qiyin boʻladi. Bilaman. Hohlasangiz sizga yordam beraman. - yigit hamyonini chiqarib olgach ichidan bir qancha miqdor qogʻoz pulni Aeraga uzatadi. Aera bir pulga bir yigitga qarar ekan ,unga qilinayotgan bu hurmatsizlikdan asabi choʻqqisiga chiqadi.
- Siz meni kim deb oʻylayapsiz?! Hech qanaqa kimsiz emasman! Eshityapsizmi meni! Erim bu shaharni bogʻligi qanday qilib menga bunday muomala qila olasiz!? - Aera yigitga bor zaharini sochish barobarida egnidagi unga oid paltoni ham yigitga qarata otdi.
- Afsuslanasiz bu uchun! Taehyung sizni boshingizni tanangizdan judo qiladi! - Aera yanogʻini bezashni boshlagan koʻz yoshlarini sezgan on orqasiga ham qaramasdan yugurishga tushadi. Yuzdagi namlik shamolni tegishi bilan huddi kesilgandek ogʻriq bera boshlaydi. Kaftini orqa qismi yordamida koʻz yoshlarini artib tashlaydi Aera. Qadamlar son-sanoqsiz tarzda bir biriga ulangan holda. Manzilga ega boʻlmagan allaqandaydir makon tomon yugurmoqda u. Unga qadalgan insonlarning hayratga to'lgan nigohlari. Qiz yoʻlakka aylanish joyi kelganda qarshisida paydo boʻlgan ulkan gavdaga urildi. Aera zarba ta'sirida ortga yiqilmoqchi ham ediki uning kaftidan ushlagan erkak qizni oʻziga tortib yiqilishdan saqlaydi.
- Ehtiyot boʻling, Mad'am.. - tili buriq boʻlgan shaxs yengil tabassum qilib dedi.
- Kechirasiz.. - Aera undan qoʻlini tortib olish barobarida bildirdi. Biroq erkakning bir juft qorachigʻlari qizning yuzini har bir qarichini goʻyo san'at asariga tikilgan kimsa kabi kezmoqda edi.
- Oltinni esga soluvchi sochlar, biroz ishgan dudoqlar, qordanda oppoq boʻlgan tana... Sen Edvardni jufti uchun qidirgan qizimsan! Wualaa! Taqdir ikkimizni qarshimizga chiqardi!
- Nimalar deyapsiz? Yana qanaqa Edvard?!
- Nima sen Edvard Flayderni tanimaysanmi?
- Yoʻq!
- Rostdanmi? Chunki bu dunyoda Edvard Flayderni tanimaydigan odam yoʻq ! - Erkak apil tapil choʻntagidan telefonni chiqardi Aeraga uzatdi.
- Bu bolani aniq tanimaysanmi?
- T-taehyung?
~ Hayratdaman! Bu kimsa Edvard deyapgan inson aslida mening erim Taehyung edi. Nimalar boʻlyapdi bilmayman-u kimdir bizga katta oʻyin oʻynamoqda?! Yoki.. Yoki Taehyungni men uchun qilayotgan qandaydir hazilimikin? Yoʻq boʻlishi mumkin emas. Bunga faqat borib koʻrish mumkin. Taehyungni yoniga boraman va barchasini birga hal qilamiz. U kishiga qarab roziligimni bergach u sevinchdan sakrab sakrab qoʻlidagi tushunarsiz narsa ila nimadir gaplashdi. Gʻalati, hatto bu yerdagi temirlar ham ishlaydimi? Oradan daqiqalar oʻtmasidan yana oʻsha temirda oʻzi harakatlanayotgan qandaydir narsa kelib qarshimda toʻxtadi. Toʻxta! Buni tortib kelishi kerak boʻlgan otlar qani?
- B-bu nima!?
- Mashina? - hayronlik bilan javob qaytaradi.
- Nima? Uni sudrab olib kelayotgan otlar qani?
- Qizaloq? Boshingni qayergadir urib oldingmi? Mashinaga oʻtir menimcha senga qor ta'sir qilyapdi. - oʻsha notanish menga temir nomini bilmaydigan narsani eshigini ochdi va oʻtirishimga imladi. Men unga boʻysundim.
Ichiga kirib oʻtirishim bilan muz qobigʻidan farqi qolmagan tanamni allaqandaydir yoqimli iliqlik qoplab oladi. Oyoqkiyim yoʻqligi ham ancha yomon ta'sir oʻtkazgandi menga. Yonimga notanish kimsa joylashdi.
- Studiyaga hayda, Edvardga qizni topganimizni habar ber, tayyorlanib tursin.. - dedi erkak haydovchiga qarab.
~ menimcha ancha vaqt bu narsada harakatlandik. Oradan oʻtgan asrning qanchadir qismi ortida qolgach nihoyat biz katta saroydek bir joyda toʻxtadik. Meni oʻsha kishi ichkariga olib kirdi. Ha. Bu joy rostdan ham shohona edi. Shaharda bu joydek saroy bor deb hech oʻynamagan ekanman. Yana notanishlar meni oʻrab olib chiroyliligim haqida bir necha o'n marta takrorlashdi. Hech yolgʻon yoʻq bu maqtovlar menga biroz yoqdi. Shunda kimdir mening ortimdan bu studiya degan joyga kirib ketadi. Unga tushgan bir nigohim va yuragimda boshlab yuborgan gʻulgʻula.
Bu tanis his meni tanamni har bir qarichini bir onda qoplab oldi. Uning ortidan bormoqchi edim ammo bu yerdagi insonlar meni boshqa unga mutlaq teskari boʻlgan honaga olib ketishdi. Oldim choʻmildim keyin esa ular bergan kiyimni kiydim. Biroq miyamdagi savollar tuguni hali hamon saqlanmoqda. Nega ularni aytganini qilyapman bilmayman. Ular meni yana qayergadir olib borishdi. Meni katta oyna qarshisiga olib kelishdi. Nigohlarimni ulardan uzgan onim qarshimdagi oynada oʻz aksini sanalgan kimsani koʻrdim.. Birdan bu joyni meni qichqirigʻim qoplab oladi. Bu..... Bu!!! Bu mening qiyofam emas!!! Qoʻllarimni yuzlarim bilan silab bu tush yoki haqiqatligini koʻra boshladim. Yoʻq! Jin ursin ! Jin ursin!! Oʻrnimdan turib ketar ekanman kiyimimni etagidan ushlab chiqish eshigi tomon yugurdim. Eshikdan chiqishim bilan men tomon kelayotgan Taehyungni koʻrdim. Sevgilim.. Uni yoniga yugurib bagʻriga otildim..
- Taehyung.. Sizni nihoyat topdim.. Nihoyat.. Iltimos bu joylardan ketaylik.. - u meni ikkala yelkamdan ushlab oʻzidan uzoqlashtirdi.
- Biz tanishmizmi...? - dedi u huddi begona kimsa qarshisida turgandek.
- 𝘋𝘈𝘝𝘖𝘔𝘐 𝘉𝘖𝘙... -
𝘎𝘖𝘓𝘋 𝘍𝘈𝘕𝘍𝘐𝘊𝘚 𝘒𝘈𝘕𝘈𝘓𝘐 𝘜𝘊𝘏𝘜𝘕 𝘔𝘈𝘟𝘚𝘜𝘚 𝘠𝘖𝘡𝘐𝘓𝘔𝘖𝘘𝘋𝘈