𝐄𝐒𝐂𝐀𝐏𝐈𝐒𝐌.
Avtordan ✍
Yorug‘lik va zulmat bu shunchaki qarama qarshi bo'lgan tushunchalar emas. Ular inson dunyosidan tashqarida ham mavjud, biz anglay olmagan sirli mavjudotlarning mohiyatida yashaydi. Bu hikoya sizni o‘sha chegara bilmas olamlar ichiga olib kiradi, sevgi va zulmat bir biriga yo‘g‘rilgan joyga yetaklaydi.
- Yaxshilik va yovuzlik o‘rtasidagi chegara nozik bo‘lib, kim yorug‘likdan, kim esa qorong‘ulikdan ekanini anglash mushkul. Balki siz ham hikoya davomida o‘z qalbingiz tubidagi eng sirli hislarni kashf etarsiz. Sehr va sir-sinoatlarga to‘la ushbu sarguzashtga xush kelibsiz!
Qorong‘ulikdan qo‘rqmang ba’zan aynan zulmat ichida biz eng yorqin yulduzni topamiz!...
(Hikoyadagi barcha voqealar yozuvchi tasavvurining mahsuli. Men hech qanday mavjudot yoki hodisalarni haqiqat deb ko‘rsatish niyatida emasman. Bu shunchaki so‘zlar vositasida o‘zimni ifoda etish, tasavvurimni shakllantirish va xotirjamlik topish yo‘lim. Shu bois fanfikdagi hech bir voqeani haqiqat bilan bog‘lamang.)
•
•
•
Qishning sovuq tuni atrofni sukunatga cho‘mdirgan oppoq qor yog‘ib daraxt shoxlarini og‘dirgan edi.
Atrofni havo kabi sovuq va daxshatli jimlik qoplagan.
Qizning muzlagan tanasi zo‘rg‘a harakatlanar, koʻzlaridan chiqayotgan ixtiyorsiz yoshlar yuzini achishtirar edi.
Oʻpkasiga ogʻzi orqali kirayotgan achchiq havo bosimi nafas olishini sezilarli og‘irlashtirgan.
Hayolida esa yagona charx urayotgan oʻtinch
"Tutub olmasin"...
Ammo iltijolariga teskari xolda yelkasidan tutgan baquvvat qo‘llar uni bir deganda zarb bilan daraxtga urdi.
Nima boʻlganini anglab ulgurmasidan esa yigitning qorong‘ulikga toʻla ko‘zlari sovuq tabassum bilan qizning yuziga qadar yaqinlashdi.
- "Qochishga urinma! Bu o‘yin endi mening qo‘limda. Har bir nafas olishing, har bir harakating endi menga bog‘liq. Mening qoidalarimga bo‘ysunasan, yoki senga yoqmaydigan oqibatlariga duch kelasan... Shunday ekan yaxshisi taslim bo‘l..
Yigit so'zlarini tugatib sovuq barmoqlarini qizning nozik bo'yni bo'ylab sekin harakatlantira boshlar ekan qiz tanasida turgan o't kabi kuyduruvchi og'riqdan o'rmonni larzaga keltirar darajada baqira boshladi.
-Tshsh..malikalarga yig'lash yarashmaydi... - Shivirladi yigit go'yo bundan lazzat olayotgandek.
-I.. Stamaymam.. Tegma menga!!
- Chiroqlari o'chirilmagan xonadagi yotoq ustida qisqa qisqa nafas bilan uyg'onishga harakat qilayotgan Aera nihoyat ko'zlarini vaxima bilan ochar ekan o't bo'lib yonayotgan ko'ksiga qo'l kaftini yugurtirdi.
-Jin ursin! Qachon tugaydi bular?!
Qiz eshitilmas darajda so'kingancha titroq qo'llari bilan ho'l bo'lishga ulgurgan sochlarini tarab qayta yotoqga o'zini otgancha holsiz shu asnoda h biroz qoldi.
𝗔𝗲𝗿𝗮
Yana usha og'riqlar, yana usha holat... yana usha g'alati va sovuq kimsa. Esimni taniganimdan, tushlarimni eslab qolishni boshlagan ilk kunimdan buyon meni taqib qilib kelayotgan daxshat.
... O'rnimdan hafsala bilan ko'tarilgancha ignimga tungi halatimni ilib yuvinish honasiga yo'l oldim. Quloqlarim ostida esa usha chuqur va titratuvchi ovoz jarangi
"Endi hammasi meni nazoratimda! "
Yuzimga muzdek suvni chaplagancha qarshimdagi ulkan ko'zguga beixtiyor qaradim.
- Ming lanat! Ko'zlarim ostida yana o'sha jigarrang aralash ko'k halqalar paydo bo'lgan. Giyohvand moddalarga urganib qolgan insonlar kabi his qilayabman o'zimni. Balki ruhimdagi og'riqlar tanamga shunday signal yuborayotganir deb o'ykab qolaman ba'zida bu kabi holatlarga qarab.
Aera shu asnoda ko'zgudagi aksiga bir necha soniya tikilgancha chuqur nafas oldida chiroqni o'chirgancha u yerni og'ir qadamlar bilan tark etdi.
Soat allaqachon tungi 02:30. Yana uxlasam usha daxshat takrorlanadi, bugunga shuncha og'riq yetarli.
Qo'limga ixcham noutbookmni olgancha biroz chalg'ish maqsadida oshxonaga tushdim va stakanni muzlatgichdagi muzlar bilan to'ldirar ekanman eshikning tashqi tomondan kalit bilan ochilishi sabab chiqgan qisqa qisqa ovozlar bir zum joyimda toshday qotirdi.
Avvaliga shunchaki doimiy g'alamis kalamushlarning ishi deb o'yladim ammo yo'q! kalitning eshik qulfiga kirib sekinlik bilan aylanayitgani aniq va ravshan eshitilar edi.
-Bu nimas.. endi. Lanatiii.
Kimnidur yordamga chaqirish uchun juda kech edi . Doim noo'rin keluvchi vaxima tanamni egallab olar ekan maxsus idishda turgan bir nechta pichoqlardan birini qo'limga hech ikkilanmasdan oldimda titragancha eshik tomon qadamlarimni yo'naltirdim.
Ammo meni bir necha qadamimdan so'ng va kalit aylanishdan to'xtadi.
Endi u sekinlik va ehtiyitkorlik bilan ichkariga ochilishni boshladi.
Ko'zlarim xonasidan chiqquday kattalashar ekan barmoqlarim orasida hosil bo'lgan suv sabab pichoq dastasini zo'rg'a tutardi. Ammo ortga yo'l yo'q! Ortga qaytsam ham oldinga borsam ham natija men uchun bitta. Xavf!
- Ichkariga bosilgan ilk qadamdanoq bor kuchimni yig'gancha eshik tomon otilgan onim quloqlarimga tanish qichiriqdan esankirab ortga yiqilay dedim.
-Yona?!!
... Aera titragancha qo'rquvdan qo'li bilan yuzini to'sib olgan qizga egildi
-Jin ursin opa! O'ldiray dedingiz. Nima aqildan ozdingizmi?? Pichoq ko'tarib olganingiz nimasi?
- Eshik bo'sag'asidagi qiz o'zini himoya qilish uchun biroz avval boshi uzra ko'tarib olgan qo'lini tushurgancha g'azab va qo'quv aralash qichqirdi.
-S.. esn.. Xonagnda emas edingmi?
Aeraning ovozi ham sezilarli darajada ko'tarildi
-Bu yerga o't!, - Aera qizni bilagidan oshxonaga siltalagancha kirgazdi va qo'lidagi pichoqni zarb bilan stol ustiga otib yubordi.
-Qayerda eding? Nega xonangda emassan?? Nega berkinib kirayabsan?
-Shunchaki, do'stlarimni yoniga chiqdim. Uxlayotgan edingiz bezovta qilgim kelmagandi. -Yonaning ovozi va haraktlari endi ancha xotirjam va beparvo holatga o'tdi.
-Qanday do'stlar bo'lishi mumkun yarm kechasi?! , - qo'llarini ko'ksiga bog'ladi Aera .
-Kunduzi ishlashgani sabab kechasi ko'rishadigan do'stlarim vaxima qilavermasangizchi.. - Yona qoshlarini ensasinj bu doimiy savollardan qotirib opasini aylanib o'tib xonasiga ketish uchun eshik tomon qadam tashladi.
Ammo Aeraning nisbatan kuchlidek qo'li qizni bir deganda joyiga qaytarib qo'ydi.
-Gapim tugamadi!
-Meniki tugadi opa! Tugadi! Uxlamoqchiman! - Hafsalasizlik bilan nafas chiqardi Yona.
- Sen qiz uxlash haqida hali o'y~, - Aeraning gaplari singlisini yuziga yaqinlashgan onda sezgan narsasi sabab qo'rqinchli jimlikga almashdi.
-Yaqinroq kel!
buyurdi Aera ko'zlarini Yonaga tiklab.
-Yaqin kel dedim! Aera tishlari
orasidan gapirar ekan Yona opasini u sezmasligi uchun jon jahdi bilan tirishgan narsasini allaqachon anglaganini sezib tanasini taxlika egallagancha Ortga qadam tashladi
-Opa, iltimos..men uxamoqchiman.
- Qiz so'zlarini bir biriga ulay olmay qiynalib turgan bir mahal Aera ogohlantirishsiz qizning qora rangli svetiri yoqasini chuqur hidladi
-Senga segara hidini atir bilan berkitib bo'ladi deb qaysi axmoq aytdi?
Men uni ko'zlariga shunchaki tikilib qilgan , qilayotgan va qilmoqchi bo'lgan ishlarini bila olaman.
Men opaman! Opa!
Aera bir muddat singlisini qo'rquv bilan unga tikib turgan qora ulkan ko'zlariga sovuq nigohlari bilan boqib pastgi labi chetini sekin tishladi
-Nega o'zingni o'zing yoqayabsan Yona?
Aeraning ovozi endi titratuvchi darajada hotirjam, go'yo bo'rondan oldingiz sokinlik kabi.
-Bu menga yordam beradi, siz tasavvur qilganingizdanda ko'proq. -Javob qaytardi Yona ko'z aloqani uzmagancha.
-Bu seni o'ldiradi.
Aera boshini skin chayqadi.
-Siz meni tirik deb o'ylaysizmi opa?, - qiz yuziga alamli tabassum chiqardi.
-Albatta, siz bu og'riqlarni qayerdan bilar edingiz. Zarali narsalarni qayta va qayta qilish darajasiga yetish... Siz bu og'riqni his qila olmaysiz...
-Nimaga shama qilayabsan?!
dedi Aera ko'zlari Yonaning yuzidan javob qidirgancha.
-Hech narsaga shunchaki,siz meni tushunmaysiz demoqchiman. Eshitmaysiz, meni istamaysiz demoqchiman!
Endi Yonaning ovoz toni yuqorilashganini sezish qiyin emasdi.
-Avval ham eshitmagansiz ishonmagansiz, tushunmagansiz meni!
-Vaziyatdan chiqish uchun o'tmishni kavlama!
Aera tishlari orasidan shivirlagancha zo'rg'a gapirdi
-Nega yoqmayabdimi?, Yiye Aera honimga o'tmishda qilgan xatolarini tan olish og'irliq qiladimi?
Yona asabiylik bilan Aerani o'zidan ittardi
-Senga usha la'nati o'tmishni kavlama dedim!
Aera titrayotgan ko'rsatgich barmog'ini Yonaga o'qtalggancha ogohlantirgan bo'ldi
-Siz eslashni hatto istamayotgan usha o'tmishda men bolalagimni yo'qotdim!
Yona nazoratni yo'qotgancha Aeraga baland ovozda baqirdi
-Siz va sizning usha pastkash olinagiz menga nimalar qilishganini....
Yonaning og'zidan so'ngi so'zlari chqishga ulgurmasi xonani tarsaki ovozi egallab oldi.
- Qanaqa "oilang" degan gap a?!, - tarsaki sabab yon tomonga egilgan singlisiga titroq ovozda savol bergan bo'ldi Aera.
-Oilamiz! Oilamiz edi!
-Oila shunday qiladimi? , - Yona yuzini o'nglab olar kuyi yoshga to'lgan qorachiqlarini opasiga tikardi, - Oila farzand ajratib birini quchog'iga bosib, birini azobga otadimi?
-Siz menga ishonmaysiz! , - Yona opasini gapini keskin qirqdi.
-Usha siz aka, ota deydigan odamlaringiz, kun-u tun ular uchun yog'laydigan insonlaringiz menga nimalar qilganiga hech qachon ishonmaysiz!
-Men senga ishonaman Yona faq~
-Faqat bu seni fantaziyang! , - Aerani gapi yana qoq o'rtasida Yonani og'riqli ohangi sabab bo'lndi.
- Doimgidek yana xayol qilayapman, shunaqami? Hissiyotga berilyapman…
Qiz tomog‘iga tiqilgan achchiq havoni zo‘rg‘a yutib olaoldi
- S-sizga… shunday deyishganmi? - U… o‘sha shifokorlar…
Yonaning nafasi yana uzildi. Qiz boshini egib havo yetishmayotgandek yutinib oldi.
- T-telba deyishgan… shundaymi?..
So‘ng jim qoldi.Aslida bu jimlik ham emasdi shunchaki u gapirishga boshqa kuch topa olmay faqat ko‘zlari bilan javob kutib qarab turardi.
- Yona seni tushunib turibman. O‘tib ketadi hammasi, va’da beraman…
- Aera singlisining doimgidek ahvoli yana og‘irlashayotganini ko‘rib vahimaga tushdi. Qo‘llarini sekin havoda go'yo xafv yo'q ekanini isbotlamoqchi bo'lgandek ko‘tardida iltijoli ovozda yana shivirladi.
- Men senga ishonaman, Yona. Kel… bo‘ldi…
Yona esa borgan sari orqaga chekinardi. Nafasi notekis nigohi esa g'alati va sabsiz sarosimada edi. Aera ham ehtiyotkorlik bilan qadamlarini undan ko‘z uzmasdan tezlatdi.
- Yona, iltimos… men shu yerdaman qara. Kechir meni...
Aera nihoyat singlisiga yetib bordi va uning qo'lidan ushlab mahkam quchib oldi. Yona avval tez tez bosh chayqagancha tixirlik qildi keyin asta bo‘shashib nafas olishi ham sekinlashdi va o'zini butunlay Aeraning qo'llariga topshirdi.
Shu bilan ikki qiz ham sekin yerga cho'kishdi.
- Hammasi o‘tib ketadi, - past Aera yig'i to'la past ovozda. - Men yoningdaman.
- Unga juda qattiq qo'llik qilayabsan, uni hozir shunday davri.
Xarin finjondagi qaxvasidan yengil simirib Aeraga yuzlandi.
-Bundan tashqari sen ham chekasan axir. Bunday mayda narsalar uchun bunchalikka borma.
Xarin Aeraning nozik barmoqlariga qistirilgan yarmlab qolgan segaraga ishora qilib oldi.
-Muomo faqat segara emas, tanasidagi jin urgur tatirofkasi bir necha detallarga ko'payganini ko'rdim.
Segarasidan chuqur tortgancha hafsala bilan havoga tutunini chiqardi
-Unga tarsaki tushurdim.
-Endi oshirib yuboribsan Aera!
Xarin qoshlarini jiyirgancha biroz asabiylik bilan dedi
-Yo'q, meyorida qildim hammasini.
O'zinikini yoqladi Aera ko'zini bir nuqtadan uzmagancha
-Uni kasalligi yana xuruj qildi.
Shu lanati Psixoz degan kasallikni yengishi uchun shu kungacha uni olib bormagan,qabuliga majburlab kirgazmagan psixologim qolmadi.Nima desa muhayyo qildim hatto tatirofkasiga indamadim. Tushishga harakat qildim, lekin kurashmadi hatto kurashishga urunmayabdi ham. Yana doimgidek hayollarini qo'rquvlarini haqiqat ekanini aytib turib oldi.
Aera oxirlagan segara qoldig'ini maxsus kuldonga bosib nimjon miltillab turgan cho'g'ini o'chirdi.
- Oilang, otang, tegajoxlik qilishgan, bolaligim deydi.
-Aera, bu unutishga oson narsa emas. U yiqilib tizzasini qonatgan bola emaski ikki kunda o'tob ketsa. Psixoz og'ir kasallik yetmaganiga ayni o'smirlik davrida 2 karra oshadi. Men hatto bunday holatdan kiyin o'zini o'ldirgan odamlarni ko'rdim. Uni tushunishga harakat qil.
- Xarin yumshoq ovozda gapirar ekan ko'z yoshlarini tiyish uchun urungani sayin yuzi battar qizarayotgan Aeraga achinish bilan qarab xo'rsindi.
- Undan boshqa hech kimim yo'q meni Xarin, undan boshqa hechkimsam yo'q...
Boshqa yoshlarini boshqara olmagan Aera kafti bilan yuzini to'sib olib biroz sukutda qoldi va tezda o'zini qo'lga sumkasidan upa idishining maxsus ko'zgusiga qarab asabiy so'kindi
-La'nati, hozir Suna yana dunyoga sig'may baqirishni boshlaydi yuzimni bu holatini ko'rib.
-Bu tabiiy millionlar olib keladigan bannerining asosiy yuzisan, - kulgan bo'ldi Xarin
-Sen men umrimda ko'rgan eng kuchli qizsan.Seni tanigan ilk kunimdan bunga amin bo'lganman. Yona ham bir kun tushunadi seni.
Xarin Aera o'tirgan stol ortiga o'tib qizni bo'ynidan qo'llarini dalda berganday o'rab oldi.
TIMESKIP⌛️
-So'ngi kadr va ishni tugatamiz qani yigitlar anqaymang!
Yoshi qirqlar atrofida, lekin 30 yoshli tannoz xonimlardek yasanib olgan Suna xonim har tarafga shoshgancha nimalarnidur tashiyotgan bir to'da yigitlarga buyruq berara ekan noqulay poshnalar sabab zo'rg'a oyoqda turgan Aeraga keng va ayyarona tabassum bilan qaradi.
-Aera go'zalim meni! O'ttiz daqiqa va biz tugatamiz. Yana biroz chidab bersang bas!
- Hammasi joyida Suna xonim.
Aera xurmat bilan biroz bosh egib qo'yar ekan ayol ketgan tarafga biroz qarab so'ng ulkan ko'zgu taraf hafsala bilan yurdi.
- Bu poshnalarni o'ylab topganni bo'g'ib o'ldirishni istayman. Ahmaqonalikdan boshqa narsa emas.
O'zimga o'zim noligancha ko'zgu qarshisiga kelar ekanman ignimdagi etagi tizzamdan ancha yuqorida turgan kuylakga yaxshilab e'tibor bergancha yelkalarim uzra turgan nozikkina ipdan iborat ipni to'g'riladim.
-Lekin kuylakga gap yo'q!
Aera o'zining holatdan o'zi miyig'ida kulgancha telefonidagi xabarlarni tekshirish uchun ochar ekan, ekrandagi Yonadan kelgan smsni ko'rib tezda ilovaga kirdi.
"Bugun Reinaning uyida qolaman, mendan havotir olmang"
Aera jilmaygancha ekranga biroz qarab qoldi va tezda javob yozdi
"Yaxshi, vaqtida ovqatlan. Allamahalda ko'chaga chiqma"
-Aeraaa.... Kelaqolsanchi
Chaqirdi sabrsizlik bilan Suna xonim
***
- Nega endi aynan singlisini olib kelishim kerak aka? Shunchaki buyruq bering uni o'zini olib kelaman. - Yigit ishonch bilan gapirgancha qo'lini ko'ksiga bog'ladi.
-Jungkook, uni tomirida haqiqiy qirollik oilasi qoni oqayabdi. Uni majburlay olmaymiz. Musanglar sezishsa katta muommo bo'ladi. Uning o'zi hech qanday jismoniy tasirlarsiz kelishi kerak.
- Yigit qo'lidagi tillarang qadahni ayalntirgancha o'rnidan ko'tarildi. -Shu sabab singlisini olib kel.
- Yigitning oxirgi so'zlari ohangidan bilish mumkun ediki ortiqcha savolga hojat yo'q, hammasi hal qilingan.
-Tushundim sizni. Qiz tunda shu yerda bo'ladi!
- yigit ham jiddiy va ishonchli ohangda bosh ekkancha eshik tomonga yurar ekan ortidan kelgan ovoz sabab to'xtadi
-Ehtiyot bo'l, birgina xato va butun umur insonlar olamida qolib ketasan.
Yigit ovozida ogohlantirish va biroz havotir ohangi bilan
dedi.
-Xavotir olmang, ishonchingizni oqlayman qirol Taehyung!
- Eshik tomon deyarli yetib qo'ygan yigitcha yuziga ayyarona kulgu yugurtirib soxta mulozamat bilan boshini egdi.
-Ko'zimdan daf bo'l tirmizak Joongkook!
Taehyung ortiga o'girilib qo'lini havoda ket degandek harakatlantirdi
- Va nihoyat, Sening bilan uchrashadigan kun keldi. Bu lahzani sanab,sen haqingdagi hayollarimni qon bilan sug‘orib keldim. Har kecha ko‘zlarimni yumganimda, seni qanday egallashimni tasavvur qildim. Nafasingni bo‘g‘ib bo‘yningga o‘zimning izimni qoldirishimni.. Yuragingni titratib, shuringni zulmat bilan to‘ldirishimni.
Ammo sen meni kutdirmoqchi bo‘lding. Soniyalarni ortga surding. O‘zing bilmagan holda jazoni orttirib bording.
Seni o‘zimniki qilaman, kapalagim
Bunga qarshilik ko‘rsatish befoyda. Qon va la’natdan to'qilgan bu taqdir iplar allaqachon senga bog'langan. Bizni birga bo'lishimiz seni esa meni shu qo'llarimda sen uchun tayyorlagan zulmatim ichida yo‘qolishing ancha avval taqdir qilib bitilgan.
- Opang ikkimozni ham o'ldiradi Yona. Kasringga men ham yosh o'lib ketaman!
Rei dugonasini fikridan qaytarish uchun har tomonlama harkat qilar ekan barchasi befoyda edi
-Nega bunchalar qo'rqoqsan? Aera hech narsani bilmaydi. Sendan faqat qo'ng'iroq qilganda uxlayabdi deb qo'yishingni so'radim holos!
Yona dugonasiga jaxl bilan dedi.
-Usha yigiting menga hech ham yoqmaydi, harakatlari bejo! Aniq nimadir yomon narsaga aralashtiradi seni.
- Rei ovozida o'tinch bilam allaqachon eshik yonida beparvo oyoq kiyimi ipini bog'layotgan Yonaga dedi
-Uni senga yoqishi shart emas, menga yoqsa shuning o'zi yetarli.
- Qiz bog'ichlarini bog'lab bolgach dugonasining yuzidan qarshiligiga qaramay o'pib qo'ydi.
-Seni yaxshi ko'raman qo'g'irchog'im meni
-Men esa sendan nafratlanaman bezori.
Rei burnuni jiyirgancha norozi shivirlar ekan Yona unga havodan yana o'pich yo'llagancha ko'cha tomon oshiqdi.
Soat kechgi 23:30.Ko'chada bemaqsad uysizlaru, qiladigan ishlarini kunduz kuni bajarish xavfli bo'lgan tungi supermanlar* dan boshqa hech kim yo'q.
Yona qishning badanni chimillatuvchi sovug'idan burni qizargancha telefonidagi yigiti tomonidan yuborilgam joylashuv bo'yicha tez tez qadam tashlab odimlardi.
- Nega bitta joyda uchrashib qo'yaqolmaymiz-a? Har safar har xil. ovloqjoylarga borishimiz shartmi? - Qiz sovuqdan tishini tishiga bosgancha telefondagi ilova ko'rsatayotgan shaharning kimsasiz jinko'chalaridan yurarkan qarshisidagi to'satdan paydo bo'lgan ulkan tanaga qattiq urulib og'riq va qo'rquvdan ingrab yubordi.
-Jin ursin...
Qiz tezda ko'zlarini ochib yuqoriga qarshisidagi kimsaga qarar ekan hatto qorong'uda ham mukammaligi hayratga soladigan bu tana uni bir zum hayollarini o'g'irladi.
Jungkookning jismoniy tuzilishi o‘ziga xos va jozibali edi. Uning bo‘yi baland gavdasi esa bir necha yillar sport bilan shug‘ullangan sportchilarniki kabi ixcham va chayir. Yelkasi keng, bel qismi esa nozikroq, bu esa unga mukammal V shaklini berib turar edi.
Mushaklari haddan tashqari bo‘rttirilmagan, ammo kuch va nazorat bilan tarbiyalangan ayniqsa, qo‘llari va ko‘krak qismi chiroyli shakllangan.
Tanasining harakati nafis va muvozanatli, xuddi ov qilishga tayyor yirtqich kabi. Bilaklarida va barmoqlarida yashirin kuch bor go'yo har bir harakati ishonchli, lekin o'ziga hos bejirim.
-Tomosha qilib bo'ldingmi? -Yigitning chuqur ovozidan hayollarini sergak tortgan Yona o'rnidan tezlikda ko'tarildi
-Nima ko'rmisan sen Nega qaqqayasan?
Yona unga yana termulib qolishdan o'zini chalg'itish uchun qarshisidagi yigitga soxta jaxl qilikiyimlariniqoqdi.
-Nigohlaringni olib qochma,
qarashlaring menga yoqdi .
Yona jungkookning qanday soniyalar ichida bu qadar yaqinlasha olganini hali anglab ulgurmasidan yigit baquvvat qo'lini uning nozik belidan o'rab olib sovuq ko'cha devoriga mixladi
-T... telbamisan.. tegma menga
Yona bor kuchi bilan temir qafasdek mushaklar tasirida chiqishga urunar ekan yigitning insonni ong ongigacha singib ketuvchi shivirlashi va labiga Tegan sovuq barmog'i uni jim qildi.
- Senda ikkita yo'l bor! jimgina aqilli qiz bo'lib aytganimni qilasan yoki aqilli qiz bo'lib aytganimni qilishga majbur qilaman. Tanlovni o'zinga qoldiraman qizaloq..
Mana qadirli shadows, #𝐄𝐒𝐂𝐀𝐏𝐈𝐒𝐌 fanfigi naxt 1 yillik tanafusdan kiyin qaytdi. Umid qilamanki takrorlanmas asarlardan biri bo'ladi va barchangizni qalbingizdan yetarlicha joy ola oladi. Shu yergacha diqqat bilan o'qib kelganlarga esa alohida raxmat 🤍. Meni esa fikr va reaksiyalar bilan qo'llayolasiz degan umiddaman.