- BIG BAD WOLF -
-Mark Yonani olib ket... (Oʻta sokin ohangda ustidan hamon tutuni chiqib turgan qahvani hoʻplagancha dedi Jeon
-Qilolmasang ayt, boshqaga aytaman!
Uncha katta boʻlmagan hona. Estetikasi yigirmanchi asrlarni taqlid qilgandek hamma zebu ziynatlar yogʻochdan ishlangan. Ulardan tarqalayotgan burunga hush yoquvchi ifor esa bu honaga kirgan barchani oʻziga sarmast qila olardi. Jeonning koʻzlari shishgan, aftidan ancha paytdan beri uxlamaganligini sotib qoʻymoqda. Biroq uyqusiz tunlarning sababi nima? Bu safar Jeonning ko'zlari ularni kirish eshigi chetiga tomosha qilib turgan jajji koʻzlarda. Onasiniki bilan bir xil qarash.. Oʻsha kungi xotira jonlanadi. Afsuslanish. Ogʻriq. Pushaymonlik hissi sayr qilyapdi honani ayni dam... "Qizim... " degan jumla unga dunyolarcha baxtni his qildira oladigan yagona soʻz.. Qiz otasini onasiga qaraganda koʻproq yaxshi koʻrishadi deyishadi. Yagona quvonchi boʻlmish qizaloq, hozirda faqat ogʻriq va azobdan o'zgasini his qildira olmasdi. Biroq buni sababi nima? Nega qiziga qaraganda quvonishi kerak boʻlgan bu bir juft koʻzlar nafratni koʻradi? Ha.. Buning savolni javobi Jeondan boshqasiga nomaʼlum...
Kichkina Yona otasini chaqiruvi bilan qoʻlidagi hali kechagi tug'ilgan kunida sovgʻa qilingan ayiqchasini mahkam quchib uning yoniga shoshdi. Yumaloq koʻzlar, shishgan lablar, peshonasini yopib turgan bir necha tola soch va nim pushti yanoqlar. Jeonning koʻzi oldida suyukli yori boʻlmish 𝗛𝗲𝗿𝗶𝗿𝘂 gavdalandi. Qizaloq onasining kichraytirilgan nusxasi edi. Oʻsha qarash, oʻsha kulganda yanogʻida hosil boʻladigan chuqurliklar. Ota qizni bir tutam sochini olib qulogʻi ortiga oʻtqizgach uni koʻtarib tizzasiga joylashtirdi.
Kichkina Yona hali hamon tili gapga uncha yaxshi kelishgan boʻlmasada gapirishga urinardi. Jeon bagʻridagi qizini yuzlaridan, sochlaridan, mitti qoʻlchalaridan toʻxtamay oʻpardi. Goʻyo so'nggi vidolashuv kabi uni mahkam bagʻriga bosdi. So'ngra esa sekin uni koʻtarib yerga qoʻydi.. Va qaltirayotgan lablari orasidan faqat va faqat bitta soʻzni chiqara oldi "Kechir" keyingi harakati Markka qarab imlash edi.
Olib.. Ket... Uni...! Qizaloq hali 4 yoshida boʻlsada gaplarni nimaga tenglashtirilayotganini yaxshi anglab turardi. Bir otasiga bir doim mehmon boʻlganda amaki deydigan Markka qaradi. Mayus boqish. Kichkina koʻzlardan qalqib chiqqan bir tomchi yosh. So'ngrasida bilaklaridan joy egallagan baquvvat qoʻl.
-Otajon~! Ota.. Meni olib ketmasinlar! Ota.. Iltimos... Sizni yoningizda qoʻlishni istayman. Ota.. !
Otasi tomon uzatilayotgan qoʻllar kelib ushlanishini kutmoqda.. 'Hom sut emgan banda, hom hayol qurishdan toʻxtamaydi' deganlaridek qizaloq jajji qoʻllarini otasi tomondan olmasdi. Qani edi ota qoʻli uni ushlasa, qani edi qizaloq dunyoni shavqatsiz bir maskan ekanligini hali toʻrt yoshida anglab yetmasa! Yanoqlar kulgi bezashi kerak boʻlgan paytda uning vazifasini koʻz yoshi a'lo darajada uddasidan chiqmoqda.. Qizaloq uyda qolish uchun yolvorib otasi yoniga ketishni istardi. Onasini jasadini koʻzlari bilan koʻrgan Yonani allaqachon oʻchib boʻlmas iz bilan siylangandi yuragi.. Shu daqiqada uyni eshiklarida ichkaridagi shovqin sabab otilib kirgan oʻn ikki yoshar Jungkook singlisini tortqilab borayotgan Markni koʻrishi bilan koʻzlari maksimal kattalashib ketdi.
-Nima qilyapsiz? Qoʻyib yuboring uni! Qanday haqqingiz bor uni oʻlib ketishga!
Bu honadagi barcha koʻzlar bir insonga qadaldi. Jungkook otasiga umid koʻzlari bilan qarab oyoqlarini u tomon olib bordi.
-Ota! Yona ni olib ketyapdilar.! Toʻxtating ularni!
Jimlik. Ogʻizdan bir soʻz ham chiqmasdi. Oʻzini tushunarsiz sukunati saqlashga davom etgan Jeon odamlarga nimadir ishora etib oʻzini honasiga kirib ketadi. Otasini bu vaziyatga bee'tibor boʻlganligini sababini tushuna olmagan Jungkook yana Markni yoniga yugura olmasidan Jeonni odamlari uni ushlab qoldi.
-Qoʻyib yuboring meni! Lanat! YONA! SINGLIM..
Odamlar uni tortqilayotganiga ham qaramay singlisi yoniga majburlab bordi. Yona kichkina qoʻlidagi ayiqni oyoq qismini akasi tomon uzatgach Jungkook uni ushladi biroq qattiq tortish sabab ayiqni oyoqlari uzilib ketdi. Singlisini mashinaga mindirib ketayotganlarida hech narsa qila olmayotgan Jungkook qoʻlidagi ayiqcha oyogʻiga qarab qoldi. Quloqda chiyillash boshlanadi. Kuchsizlik. Ogʻir yutungan bolani koʻzidan bir tomchi yosh yanogʻidan sirpalib oʻsha ayiqni oyogiga tushadi. Ha u hech narsa qila olmadi. Yoshi uni katta ishlar qilishga kichiklik qildi. Chorasizlik uni butun badanini qo'lga olib boʻlgan. Oʻsha so'nggi masum qarash miyasiga oʻtkir tigʻli qurol bilan oʻyilgandek koʻz oldidan bir soniya boʻlsada yiroqlashmayapdi. U qilolmadi. Oyisiga bergan vadani baraja olmadi. Singlisini barcha yomonliklardan asrash uchun u kichkinalik qildi. . .
ˊˊHozirgi vaqtˋˋ
~ Oʻsha oʻsha qarash. Qoʻrquv aks etayotgan bu bir juft jigarrang koʻzlar. U mendan qoʻrqyapdimi? Tor, insoni kam koʻchaga kirib uni sekin yerga qoʻydim. Uning koʻzlarini oq joyi qizgʻish rangga kirgan, yigʻlayapdimi? Men sababmi? Hozirgi vaqtda nima qilish kerakli buni ham bilmayman. Shunchaki u juda hohlayotgan oʻsha "Kechirim" ni soʻrab undan uzoqlashib ketdim... Kechir boʻricham. Umid qilamanki bu bizning soʻnggi uchrashuvimiz boʻlmaydi.
Qora kepkamni boshimga yaxshilab oʻrnashtirib, bundan 6 yil oldin tark etgan maskanim tomon qadam boʻsdim. Oʻsha badavlat kishilarni oʻzlari kabi saroydek uylari.. Hayronman, nega bularni koʻz koʻz qilinshadi? Chamamda bir necha metrdan soʻng esa men olti yil oldin 'qayta qadam bosmayman' deb chiqib ketgan qoʻrgʻon qarshisiga kelib turdim. Qayta kelaman deb aqlimni bir uchidan ham oʻtirmagan ekanman.. Jumboqlarga boy hayot bizni nelarga majbur qilmaydi-a! Huddi film singari bu uyda kechirgan har bir lahzam koʻz oldimga kela boshladi. Baxtsiz onlarim aks etayotgan bu uyni birgina baxti bu ONAM edi. Oʻsha oyimni kulganda koʻzlari yumilib tabassum qilishi hamon yuragimga saqlanmoqda.. Yoʻq.. Ayni paytda tanam menga boʻysunmayapdi. Bu lanat uyga kirishga ruxsat bermagandek meni qorin qismimdan nimadir qattiq tortqilamoqda. Majburan boʻlsada temir darvozalardan oʻtib uyga kirish qildim.
Barcha bahaybat odamlarni tund nigohlari menga qadalganligiga aminman. Eshik yoniga borishim uchun oʻnga yaqin zinani boʻsib oʻtishim kerak. Nihoyat tahmin qilingan zinalar ham ortda qolgach eshik tutqichini burab uyimga kirdim.. Ha uyimga. Yoʻq.. Yana boshladi.. Oʻsha yoqimsiz chiyillash. Yonaning qanday faryod ila otam tomon uzatilayotgan mitti qoʻllari.. Men goʻyoki bu joyda ruh singari ongimdagilar esa qarshimga tasvirlanmoqda...
-Janob Jeon sizni honasida kutyapdi kichik janob...
Buzildi. Barcha yomon hotiralarim huddi tuman singari havoga singib ketdi. E'tiborimni ikkinchi qavatga chiqaradigan zinalarda turgan yosh qiz tortdi. Otam.. Meni kelishimni bilganmi? Ammo qanday? Savolga qarang qanday? Oʻz qizini sotgan odam buni bilmasinmi? Qoshlarimni ochmay uning izidan ergashdim, garchi bu uyni yoddan bilsamda qizni taqib qildim. Oradan soniyalar oʻtgach qaymoq rang berib turgan eshik qarshisiga kelib toʻxtaldik. Qiz sekin ortga chekindi, menimcha Janob Jeon men bilan yolgʻiz gaplashmoqchi. Qizni soyasi koʻzga koʻrinmagach eshikka tikila boshladim. Shu eshik ortida otam bor... otam.. Qoʻllarda qaltirashni his qildim biroq nega? Hayajonmi yoki qoʻrquv. Honadagi kislorodda oʻpkamga chuqur yutib , oʻzim nafratlangan chehrani qarshisiga odimladim...
Pov Avtor
Eshikni ochilganligini bildiruvchi ovoz quloqlarga chalindi. Jigarrang charm kresloda tashqaridagi shahar manzarasini tomosha qilib oʻtirgan yoshi ancha katta erkak kim kelganligini tahmin qilish miyigʻidan yoqimsiz kulish yaratadi. Yillar bahonasi sabab qaltirab qolgan qoʻliga hassasini olib, yuzini burishtirib oʻrnidan turdida eshik qarshisida turgan yigitga qaradi. Yigit... Uydan ketmasdan oldingi Jungkook ni ayni dam asar ham qopmagandi. Toʻliqqan lablar, yuzining ma'lum qismida qolgan ochirilmas chandiqlar..
Bular bari hayotning unda qoldirgan dogʻlari edi. Istasangiz ham oʻchira olmaysiz. Olti yil.. Naq 6 yildan beri oʻgʻlini yuzini koʻrmagan Jeonni koʻz nihollari oʻzi bilmagan holda koʻz yosh yigʻa boshladi. Bu yillar sogʻinchi edi. Harakatsizlik. Shunchaki bir biriga uzoq tikilayotgan koʻzlar. Savollar koʻp, Javoblar kam.. Jungkook qancha otasidan nafratlansada baribir u uning otasi edi...
Boʻgʻiq ovozdan qirilib chiqqan bu soʻz. Ota Jeon hassa yordamida oʻgʻli yoniga ogʻriq ila borib hassa ga ham tashlab yuborib uni qattiq bagʻriga bosdi. Issiq quchoq. Mehrga muhtoj boʻlgan qalb. Bunday boʻlishini kutmagan Jungkook ayni dam nima qilish kerakligini ham bilmasdi. Qoʻllar havoga otasini quchish uchun koʻtariladi biroq, yillar hotirasi eslanib qilingan yomonliklar yurakka xanjar kabi kirib ozgina sevgini yaralmasdan yoʻq qiladi. Singan Qalbga otadan qoldirilgan iz eng azoblisi bolarkan. Jungkook qila olmadi, huddi otasidek u otasini qucha olmadi. Aksincha qoʻlini otasini yelkasiga qoʻyib o'zidan itardi.
-Oʻgʻlim.. Kelishingni bilardim. Seni judayam sogʻindim. Kap katta yigit boʻlibsan!
-Oʻzingizni mehribon ota rolida koʻrsatmang. Agar ota boʻlganingizda Yona ni sotib yubormasdingiz !
-Bu lanati familyani ham shu uchun olgani keldim.! Singlimni topaman va onamga bergan va'damni bajaraman... Yoʻlimga chiqqan kimsani yoʻq qilaman hatto siz boʻlsangiz ham!
Hatto ogʻiz juftlashga ham ulgura olmagan Jeon, Jungkook chiqib ketgan eshikdan koʻzini uzmasdan bir necha daqiqa turdi. Keyingi daqiqalardan erkakning yoqimsiz kulgi ovozi butun honani qumrab oldi. Yerdagi hassani oyogʻi bilan tepib yuborgan Jeon ish stoliga borib sekin joylashdi.
-Eh.. Biram sofsanki ogʻlim..Yonani qancha qidirsang ham topa olmaysan, allaqachon uning ajoyib opasi bor shunday emasmi qizim.. Opa turganda akani nima keregi bor..
Ish stolini bir tortmasidan ikkala yosh qizlarni rasmini olib Yonani yuzini sekin silab yana yuzida tabassum yaratdi.
Ha uning barcha rejalari alo darajada ishlamoqda. Hech qanday kamchilik koʻrilmayapdi. Endi esa keyingi qismga, Jeon choʻntagidan telefon chiqarib raqam tergach uni qulogʻi yoniga yaqin olib kelib signal ovozini yoʻqolishini kutdi.
-Eshitaman Janob Jeon..
-Barcha ommaviy saytlarga Jeon Jungkook ning qaytgani haqida habar ber.. Bilmagan qolmasin boʻlmasa boshing bilan badal toʻlaysan!
-Tushundim Janob Jeon..
Aloqa uzilganligini anglatuvchi signal eshitildi. E'tiborsiz ish stolga tashlangan telefon va oʻzini kresloga yaxshiroq joylab olgan erkak. Negadir uning kayfiyati bugun alo darajada edi.. Sababi hozircha bizga mavhum...
Pov Jungkook
Jahl bilan qanday honam qarshisida paydo boʻlganimni tushuna olmay qoldim. Lanat! Oʻzidan mehribon ota yasab olgan. Ishonmayman, chunki unga boʻlgan ishonchimni allaqachon oʻz qoʻllari bilan yoʻq qilgan. Oʻpkamga havo toʻldirib honamni eshigidagi yozuvga beehtiyor koʻzim tushdi. "Kichik Jeonni honasi! Ruhsatsiz kirmang!" yoshligimdan honamga mendan oʻzga kirishiga ruxsat bermaganman.. Eshik tutqichini burab honamga ilk qadamimni bosdim. Chang bosgan hona. Jin ursin* rostdan ham olti yil davomida hech kim kirmaganmi? Aslida hech kim kirmagani ketishimdan oldin sport kiyimimni qanday tashlab ketgan boʻlsam shundayligicha turganidan ma'lum. Yotogʻim yonidagi kichik stuldagi chang donachalari bezat turgan suratga koʻzim tushdi. Yotogʻimga sekin joylashib uni qoʻlimga oldim..bu.. Bu Yona ni so'nggi nishonlay olgan tug'ilgan kun surati. Yonam.. Singlim.. Kechir Ahmoq akangni kechir.. Hali topaman seni.. topaman!
•Hona sukunat bilan yakin doʻstga aylangan koʻrinadi. Sas samar quloqlarga chalinmas, hatto chivinni kanot qoqqanini ham eshitish mumkin bu honada. Yigit achchiq hotiralarini bitta qoʻlidagi suratga qarab yod olmoqda. Qizaloqni bitta tishi tushgan qanchalar hursand boʻlgani, akasi unga shirinlik olib kelganda uni qattiq quchib olgani, koʻchadagi bezori unga gaplaganda qanday akasiga aytib bergani... Yigit bularni eslagan sayin, koʻkrak qafasi ostida kuchsiz urayotgan yuragiga yetarlicha ogʻriq berishni uddasidan chiqmoqda. Sokinlik.
Koʻz yoshi. Bitta suratga sigʻgan minglab ogʻriq. Lablarni qontalash qilishni ahd qilgandek qattiq tishlash.. Balkida yigʻlaganini ovozi chiqarmaslik uchundir.. Balki bu olamga uni kuchsiz ekanini koʻrsatmaslik uchundir... Undan ruxsat soʻramasdan oqayotgan koʻz yoshlari allaqachon yuzni bezab boʻlgan. Erkaklar yigʻlamaydi deyishadi, biroq ularda yurak degan organ yoʻqmi, his tuygʻu va ogʻriq yoʻqmi? Deyarli har kun takrorlanayotgan bu yigʻlash bugun ham uni mehmonga keldi. Oradan qancha daqiqa oʻtdi, mavhumlikda. Faqat ma'lum shuni, eski qurigan koʻz yoshini yangi yoshlar egallashi. Surat ustidagi qizning yuzini silayotgan barmoq hamon oʻsha joyda. Choʻntakda vibratsiya berayotgan telefon ayni vaqtda ortiqcha edi. Birinchi chaqiruv e'tiborsiz qoldirildi. Ikkinchisi va uchinchisi ham. Ammo telefon kelishi toʻxtay bermagach oʻzini lugʻatidagi eng jirkanch soʻz bilan past ovozda soʻkinishdan soʻng goʻshakni koʻtardi.
-Jin ursin seni Jungkook! Bu haqda men habarlardan bilishim kerakmidi?
-Nima haqida gapiryapsan Jimin?
-Internetga kir, keyin nima deganimni bilasan doʻstim!
~Jiminning jumboqli gaplaridan keyin telefonni qoʻyib internetga kirdim..Jin ursin* bu nimasi?
" 𝗞𝗝𝗡 - kampaniya egasi Jeon Jungki ning o'gʻli Jeon Jungkook oilasiga qaytdi! "
"Necha yillar oldin uyini tark etgan Jeonlarning soʻnggi vorisi Jeon Jungkook qaytdi.! "
"Barchaga ma'lum, Jeon Jungkook qaytdi. Biroq aqllarni qaynaydigan savol.. Nega? Nega aynan 6 yildan keyin? "
"Ma'lumotlarga koʻra Jeon Yona ham qidiruvda ekan.. Rostdan ham u Jeonlarning qizimi?"
"Barcha internet sahifalari faqat bitta ism haqida gapiryapdi.. Jeon Jungkookning qaytishi haqida.. "
Hayratlandimmi! Yoʻq.. Otam bu meni qaytganimni barchaga ommaviy axborot vositalari aytmasa aniq jinni boʻlardi. Lekin bu ishingiz menga foyda berdi otajon. Qanday barchani koʻziga kirishni oʻylayotgandim.. Bu kecha bazm uyushtiraman. Barchaga meni qaytganimni koʻrsatishim kerak... "Hamma eshitsin, Men qaytdim"
Pov Heyi
Begona yigit, hatto ismini ham bilmagan kimsadan ikki marotaba labimdan oʻpildim. Jin ursin* Kecha qanday ogʻriqlar ila jon bermoqchi boʻlib yotgan yigit bugun qarshimga tik holatda turdi. Gʻalati judagam gʻalati.! Ish honamga ham kech keldim, aysh bugun barcha narsalar teskarisiga ketyapdi.. Belimdagi fartukni ipini qattiqroq tortib vazifamni bajarishga davom etdim..Boʻricham... Lablari orasidan chiqqan bu soʻz, yana uning yoqimli talafuzzi ila eshitish..ichimni negadir gʻalati hissiyotlar qurshab oldi. Uning benuqson tanasi va oppoq yuzi haqida oʻylar qanday bir nuqtaga tikilib qolganimni payqamay qoldim. Boshliq ham ancha ismimni takrorlagan shekilli...
-Nima qilyapsan? Bu mijozlarga men qaraymi?
Heyi yonida joylashgan stoldan bitta menyu olib mijozlar yoniga ulardan buyurtma olish uchun shoshdi. Bu paytda qahvaxonani kirish eshigi ustidagi qoʻngʻiroqcha harakatga kelib butun xona boʻylab ovoz berib yubordi. Telefon quloqda, qoshlari uyilgan yigit doimiy joyiga borib joylashdi, aftidan uni telefon ortidagi kimsa ancha gʻazablantirmoqda..
-Nima! Bu kechami? Jungkook aqldan ozganmisan? Butun meni tungi navbatchiligim borku?
Jimin butun qahvaxonani koʻzlari bilan aylanib chiqarkan, mijozlarga hizmat qilib turgan qizga nigohi qaraldiyu boshqa yerga keta olmay qoldi.
-Hoʻp.. Jungkook boraman ammo yolgʻiz emas..
Telefondagi aloqa Jimin tarafidan yakunlandi. Yuzida betakror tabassum yaratib qoʻlidagi qogʻozga nimadirlar yozayotgan Heyi, unda qadalib turgan bir juft koʻzlarni payqamadi. Koʻzni rohatlantiruvchi qomat. Iplar siqilgani bois ingichka belni namayon qilayotgan fartuk. Yelkaga tushib turgan qora cheksizlik misol sochlar. Peshonasini yopish vazifasini alo darajada bajarayotgan cholka. Keyinchalik qizning yondiruvchi nigohlari uni ancha paytdan beri tomosha qilayotgan Jimin ni qadaladi. Qiz yengil tabassum ila yigitni qarshisiga keladi.
-Hush kelibsiz... Janob Park. Buyurtmangiz..
-Bu qahvaxona sen ila yanada koʻrkamlashgan bilmasanmi?
-Shunaqa.. Hoʻsh nimalar bilan bandsan?
-Politsiyada ishlayman.. Yashirin jinoiy ishlar boʻyicha..
Heyi qarshisidagi eski doʻstiga mayin jilmayib qoʻlidagi menyuni qattiqroq siqib qoʻydi.
-Heyi.. Men bilan bu kecha doʻstimni bazmi bor.. Men bilan borasanmi?