October 6, 2020

G'arbiy Frontda O'zgarish Yo'q(Erix Mariya Remark) asariga yozgan reviewim.

Biz yo'lga chiqqanimizda oddiy askarlarmiz, goh dilgir, goh quvnoq bo'lamiz. Ammo front chizig'iga yetib kelishimiz bilan yarim inson - yarim maxluqqa aylanamiz. (Kitobdan)

Erix Mariya Remarkni o'z davrining haqiyqiy adolatparvar va realisti deb aytsak menimcha to'g'ri bo'ladi. U asarlarida haqqoniy urush holatini hech qaysi tarafga yon bosmasdan aslligicha ochib bergan.

G'arbiy Frontda O'zgarish Yo'q romanini esa Remark ijodining durdonasi desak ham adashmagan bo'lamiz. Asarda ko'pchilikni yostig'ini quritgan birinchi jahon urushi davri ochiqligicha yoritiladi. Xususan, kitobdagi voqealar - Paul Boymerman tomonidan keltirilgan. Atiga 18 yoshga yetar yetmas frontga jo'nab ketgan ,,bolalar"ning qanday qilib maktabdan so'ng katta hayotga qadam qo'yishi va urush ularga nimalar olib kelganini bilish albatta har birimiz uchun qiziq. Jami 4 yil ya'ni urush boshlangundan to ohirigacha ishtirok etgan Paul va uning rotasi boshidan ne kunlar o'tmagani, armiya qanday qilib ularni tarbiyalagani va frontdagi barcha qiyinchiliklarni mardona yengani asarda hikoya qilinadi.

Krop, Myuller, Leyer, Tyaden, Haye, Detering va Kat... Ular boshqa boshqa dunyo, boshqa boshqa insonlar. Ammo ularning taqdirini urush birlashtiradi va sinaydi. Okoplarda kechgan og'ir kunlarda ham ularning birligi va hamjihatligi ularni urushning ohirigacha yetaklab boradi.

Avvalo, urushning asosiy sababchisi Germaniya ekani hammaga ayon. Lekin aslida ham nemislarning har biri shu urushni xohlaganmi? Haqiqatdan ham nemis harbiy holati urush davrida keltirilgandek kuchlimidi? Mana shu kabi o'nlab savollaringizga ushbu asar javob beradi...

P/s : Fakt o'rnida, Remark asarlari 2-jahon urushi va umuman Germaniyaning o'zida ham qattiq tanqid va taqiqga uchragan. Sababi uning asarlarida yuqorida aytib o'tganimdek, haqqoniy hayot qanday bo'lsa shundayligicha keltirilgani muammo edi. Bekordan bekorga o'sha yillarda yozuvchining Vatanidan qochib ketishi va kitoblari gulxanda yoqilganining o'zi ham kitobxondan uning asarlariga hozirgi zamonimizda e'tiborni kuchaytiradi.

T.me//Yondaftarim_17