June 11

My happiness with you🫆

5-qism

Jenna uyini eshigini ochdi va yuziga kelib tushgan tarsakidan hech narsani anglolmay qoldi. Otasi uni shu qadar zarb bilan urdiki Jenna qanday qilib zaldan oshxona eshigiga borib urilganini sezmay qoldi. Oshxona eshigi shishadan bo‘lganligi sabab sinib chil parchin bo‘ldi. Jenna qattiq jarohat 🤕 oldi. Bu jarohat shuncha yillik azob ichida hech narsa edi. Shuncha yildan beri gapirmagan Jenna endi gapirishga qaror qildi.

Jenna — nima men ko‘chadan kelganmanmi. Mehr bermaganga yarasha ozor bermasangiz nima bo‘ladi. Shu paytgacha gapirmadim endi gapiraman eshityapsizmi endi gapiraman. Nega faqat men ko‘zingiz boshqalarni ko‘rmaydimi.? Majburlab turmushga beryapsiz shuncha yil indamadim nima bunga ham jim qarab turishim kerakmi? Hech qachon hech qachon bunday bo‘lmaydi . Endi sizlar men uchun o‘lgansiz eshityapsizmi o‘lgansiz- dedi yig‘lab Jenna

Janob Yon- o‘chir ovozingni behayo qiz uyalmaysanmi otanga baqirishga darhol yo‘qol hammasini barbod qilding. Uydan chiqib ket

Jenna- hh uyalmasdan otangman deysizmi nima menga otalik qilib qo‘yibsizmi? Ketaman shudog‘am ketaman- deb xonasiga ketdi

Hozirgi payt

Jenna narsalarini yig‘a boshladi. Ko‘zidan ko‘zyosh tinmasdi. Charchab ketgandi yig‘lashdan o‘ylashdan kamsitilishdan.

Shu onda u yangi hayot boshlashga qaror qildi. Endi hech kim hech narsa uni baxtsiz qilolmaydi.

Jenna uydan chiqib ketdi hozir yonida puli yo‘q edi ammo to‘ydan oldin hadya qilingan tillalarni sotib o‘zini tiklab olmoqchi edi. Ijaraga uy topib o‘sha yerga joylashdi. Ko‘chaga chiqib ish qidira boshladi. Va to‘satdan Jkni ko‘rib qoldi

Jk- Jenna ahvolingiz yaxshimi?

Jenna- ha yaxshi nima edi siz ham menga aql o‘rgatgani keldingizmi? Iltimos boshqa yo‘limdan chiqmang

Jenna asabiyligi sabab Jk ga baqirib yubordi.

Jk- maylimi sensirab gapirsam. Jenna men seni sevaman 💗. Iltimos o‘zingni qiynama men seni baxtli qilaman iltimos o‘ylab ko‘r.

Jenna- hh sevaman deysanmi? Ahmoq deb o‘ylaysanda aa men hech kimga kerakmas bir bechoramanda hoxlaganimni qilaman deb o‘ylaysanmi yo‘q hech qachon bunday bo‘lmaydi hech qachon. Endi ket

Jk uni ahvolini yaxshi tushunardi. Keyin uni holi qoldirdi.

Jenna kafega ishga kirdi. Har kuni oddiy o‘tardi. Lekin endi baxtli edi.

Har kuni Jk uni kuzatar lekin yoniga borolmasdi

Bir kuni kafega bir yigit keldi. Unga Jenna xizmat ko‘rsatdi. Jenna yigitni o‘ziga tortdi.

Tae- Sir bo‘lmasa isming nima

Jenna- Jenna

Tae- Tashqarida gaplashib olsak bo‘ladimi

Jenna-nega

Tae- zarur gapim bor

Jenna rozi bo‘ldi

Tae- Jenna iltimos faqat oxirigacha eshiting iltimos?

Jenna- yaxshi faqat Tezroq

Tae- keling men sizni baxtli qilaman 💗

Jenna- Yo‘q xohlamayman hozir endigina yaxshi yashashni boshladim buni buzishni istamayman. Keyin nima birinchi marta ko‘rgan insonim bilan ketaveramanmi?

Tae - Jenna iltimos yo‘q demang o‘ylab ko‘ring?

Jenna-gap bitta xayr

Bir kuni Jenna ishdan kech qaytayotgandi

Yo‘lidan bir to‘da bezorilar chiqib unga yaqinlasha boshladi.

Bezorilar- xo‘sh kech bo‘lganda bu qiz nima qilib yuribdi ekan.? Keling bir maza qilmaymizmi?

Jenna- iltimos yaqinlashmang iltimos qilaman sizdan

Shunga qaramay ular endi Jennaga teg.........

Tugadii