May 7, 2025

Love in the dark

6-qism

Shu holda uni ancha kuzatib turib so'ng yana o'sha xizmatchilar uyimiz tomon yura boshladim..

Uyga kirishim bilan to'g'ri xonamga kirib o'zimni yotog'imga otdim va ko'zlarimni yumdim..Bugungi voqealarni o'ylashga holim ham yo'q shuning uchun tezda uxlab qolish uchun ko'zlarimni yanayam qattiq yumib oldim...

Erta tongdan yana oyim kelib meni uyg'otdi..Har kuni bir xil narsa takrorlanadi xuddi hayotim bir xilchalikdan iboratdek..

Yana tayyorlanib kollejga otlandim..Bu safar hovliga chiqganimda hamma oyoqqa turgan edi..Qiziq nimalar bo'lyabdi ekan

Sekin oyimni yoniga borib ishidan chalg'itmaslikka harakat qilib gap so'ray boshladim..

~oyiii)-Tae

~ketyabsanmi o'g'lim)-oyisi

~haa...ertalabdan nimaga tayyorgarlik ko'rilyabdi)-Tae atrofidagi ishchilarning narsalarni toshishiga qaradi

~haa bugun ertaroq kelishga harakat qil kechga...)-oyisi

~xizmatchi Kim)-xizmatchi Pak Taeni oyisini chaqirib qoldi

~mayli yaxshi bor..o'qishdan chiqib tezda uyga qayt)-oyisi shoshib uyga kirib ketdi

Yaaa xizmatchi Pak ham vaqtida chaqirdida..endi aytmoqchi bo'lib turgandi..hay mayli oddiy yana har doimgidek dabdali bazm bo'lsa kerakda..

Yo'limda davom etib kollejga keta boshladim..Bugun kechga xuddi kechagidek charchashimni sezib turibman..Lekin oyimga yordamlashishim kerak...

Pov.avtor~
Taehyung o'qishdan chiqib oyisi aytgandek to'g'ri uyga keldi..

~oyiii keldimm)-Tae oshxonaga kirsa hech kim yo'q edi

Hamma qayerda..tashqariga chiqsam bitta qorovul turgan ekan..Meni ko'rib yonimga kela boshladi..

~xizmatchi Kim ning ogli senmisan)-qorovul

~haa)-Tae

~seni kutib turgandim..ketishimiz kerak)-qorovul

~qayerga)-Tae

~ko'p savol bermasdan ortimdan yur)-qorovul

Qiyin savol bermadimku..Javob bersa bo'lardi..

Qorovulning ortidan ergashib mashinaga o'tirdim

Yana uzoq yo'lga chiqqan ko'rinamiz...Ko'zlarim o'z o'zidan yumila boshladi..Yetib kelganimizda qorovul meni uyg'otdi

Ko'zlarimni ochib atrofga qaradim..Bu kecha Jungkook bilan kelgan dalahovli edi..

Mashinadan tushib darvoza orqali ichkariga kirdim..Xuddi ertalabkidek hamma u yoqdan bu yoqqa yurardi..Lekin atrof shunaqangi chiroyli bezatilganki qarab ko'zlaring quvnab ketadi

Demak Jungkookning kelganiga bazm qilib berishayotgan ko'rinadi..Oshxonaga kirib tinimsiz harakat qilayotgan oyimni oldiga bordim

~men keldim oyijon)a-Tea

~a...Tar keldingmi..tezda ust boshingni alishtirib chiq)-oyisi Taeni qo'liga kiyimlar berdi

~ho'p)-Tae

Ichkariga ust boshlarimni alishtirib so'ng birdan ishga tushib ketdim..

Kech tushayotgan edi..Ishlar esa ko'p..Qo'lim qo'limga tegmayotgandek edi go'yo..

Afetsantdek kiyinib olib stollarga ichimliklar shirinliklar qo'yishni boshladim..Mehmonlar allaqachon kelib bo'lishib bazm ham boshlangan edi..

Xizmat ko'rsatib odamlar orasida yurarkanman uydan endi chiqqan Jungkookni ko'rib to'xtab qoldim..U judayam kelishgan edi..Ustidagi smoking judayam yarashgan haqiqiy jentelmen.

Ko'zlarimni undan uzolmay qolgandim...Lekin uning ortidan Nara ham chiqib keldi..Yuzimdagi tabassum yo'qolib ularning harakatlarini kuzatib turardim..

Jungkook naraning qo'lidan ushlab mehmonlar ichidan yurib o'ta boshladi..Ular alohida bezatilgan stol qarshisiga kelib to'xtab bir biriga jilmayishdi..

~bugungi kechamizga kelganingizdan bahoyatda xursandman..o'g'lim Jungkook Amerikadan qaytgani uchun bazm uyushtirib sizlarni taklif qildim..Lekin bu bazmning asosiy sababi boshqa...)-Jeon xonim Jungkook va Naraga qarab jilmayib so'ng yana nutqini davom ettirdi

~Bugun Jungkook va Naraning unashtiruv kechasi..va men bundan judayam baxtliman)-Jeon xonimning gaplaridan hamma qarsak chalib yubordi

N..nii..niimaa..joyimda turolmay yonimdagi stolga qo'limni qo'yib suyanib qoldim..Nimalar bo'lyabdi

Qarsak ovozlari, Jungkookning Naraga mehr ko'zlari bilan qarab turishini ko'rarkanman butun bir tanam bo'shashib quloqlarimga yana o'sha chiyillagan ovozi eshitila boshladi..

Naraning lablaridan bo'sa olishini ko'rib yuragim to'xtab qolganday go'yo Chalkash qadamlar bilan uyga kirib yuqori qavatga chiqa boshladim..Hech kimning gapilarini qulog'im eshitmayotgandi..

Duch kelgan xonaga kirib atrofga tushunarsiz qaradim..Bu o'sha kecha Jungkook bilan ustma ust yiqilgam xona edi

Nafas olishim qiyinlashib koftamning bir ikkita tugmalarini yechib chuqur nafas ola boshladim...qaniydi yuragimni yulib olish imkoni bo'lsa..

Jungkook Naraning lablaridan bo'sa olishi ko'z oldimga gavdalanib bor ovozim bilan ko'ksimda to'lib turgan barcha achchiq ko'z yoshlarimni chiqara boshladim..

Bugun ovozimni hech kim eshitmaydi..

Yuragim mayda bo'laklarga bo'linib, ularning har bir bo'lagi menga daxshatli og'riqni his qildiryotgandi..

Meni sevmasligini...hatto yodida ham yo'qligimni bilardim..Ammo baribir bularni ko'tara olmayabman..Kuchim yetmayabdi.

Qalbim og'riyabdi....

O'ksib o'ksib ko'ksimni g'ijimlagancha yig'larkanman yonimga kelgan Jiminni hatto sezmabman ham..

Jimin meni yelkalarimdan ushlab o'ziga qaratib bir ikki bor silkigandan so'ng sekin o'zimga kela boshladim...

Yoshlar sizib chiqayotgan ko'zlarim bilan unga qaraganimda uning ko'zida havotirli nigohni ko'rdim..

~Taehyung senga nima bo'ldi..nega yig'layabsan)-Jimin Taening ko'z yoshlarini arta boshladi..

Hech bo'lmaganda mendan havotir oladigan do'stim bor..
Jiminning havotirli ko'zlariga qarab turdimda so'ng o'zimni uni bag'riga otdim..

Hozir shunchaki kimningdir ovutishiga muhtojman..

~Tae meni havotirga solyabsan..nima bo'ldi)-Jimin Taeni harakatlaridan hayron bo'lib so'ng u ham Taeni quchib uni tinchlantira boshladi

Uzoq vaqt Jiminni quchog'ida yig'laganimni sezsamda ammo to'xtay olmayabman..Menga qilingan tahqirlashlari mazaxlari hatto xizmatkor deb kamsitishlaridan so'ng ham men u uchun shuncha ko'z yosh to'kyabman...U bularga arziydimi

O'zimga kelib Jiminning quchog'idan chiqib undan uzoqlashdim

~kechirr)-Tae yig'idan shishib ketgan ko'zlarini yana qo'llari bilan artib Jiminga qaradi

~nima bo'lganini aytasanmi..xohlamasang majbur emassan)-Jimin

Shunchalik ham inson samimiy bo'lishi mumkinmi..Jimin bilan do'stlashganimdan o'zimdan xursand bo'la boshladim..

~sen taniganlarim orasida eng yaxshi insonsan)-Tae

~buni endi payqadingmi)-Jimin

~yo'q)-Tae shunchaki labini kulgandek qilib qimirlatib qo'ydi

~yaxshisi endi yig'lama)-Jimin Taega qarab biroz yuzini burishtirdi

~nega)-Tae holsiz odamlardek gapirardi

~ko'zlaring shishib, yuzlaring boshqacha..shrekni xotiniga o'xshab qolibsan...haligiii ismi nima edii)-Jimin o'ylanib turganda Tae gapirdi

~Fiona)-Jehan

~haaa..Fiona agar o'g'il bola bolmaganingda kopiyasi bolib qolaring senga qizil uzun soch yetishmayabti )-Jimin

~Fiona..Fioooonaa...eshityabsanmi FIONAA)-Jimin

~yaaa bo'ldi buni yana qancha takrorlamoqchisan)-Tae

Uning gapirishi bilan birga yuzining o'zgarishiga qarab ham odam kulib yuboradi...Nima bo'lganda ham meni shu holimda kuldirish qo'lidan keldi..

~mana kulding malika Fiona endi takrorlamayman)-Jimin

~endi turaqol pastga tushamiz)-Jimin

~sen tushaver biroz shu yerda qolmoqchiman)-Tae

~yana yig'lamoqchimisan)-Jimin

~yo'q)-Tae

~unda tur baribir bu holingda xizmat qila olmaysan uyingga olib borib qo'yaman)-Jimin

~sen menga bunday yaxshilik qilayverma)-Tae

~sevib qolasanmi)-Jimin

~axmoq..qutulolmay qolasan)-Tae ham Jiminga qarab jilmayib qo'ydi

Jimin bilan birga pastki qavatga tushayotganimizda uyga Jungkook kirib keldi..

U Jimin va meni zinadan birga tushayotganimizni ko'rib to'xtadi..Uni hatto yuziga ham qarashni xohlamayman.

.

~qayerda eding)-Jungkook Jiminga qarab yuzlandi

~yuqori qavatda Tae bilan)-Jiminning gapidan so'ng Jungkook uning yonida turgan Taega qaradi..

Jungkookga qaramaslik uchun boshimni sal egib oldim..U hozirgi ahvolimni ko'rishini uning uchun yig'laganimni bilishi xohlamayman..

~nega ishing bormidi)-Jimin

~seni ishing yo'qmii..bu vaqtda xizmatkor yuqori qavatda nima qilib yuribdi yoki yuqori qavatda ham mehmonlar bormikan)-Jungkook Taega qarab

Uning so'zlari....Doimgidek menga azob beradi..Men nega bunday insonni sevdim va hali hamon sevib kelyabman..

~Jungkook bu nima deganing)-Jimin do'stining gaplaridan hayron bo'lib unga qaradi

~Taeni mazzasi yo'q ekan shunga uni uyiga olib borib qo'ymoqchi edim)-Jimin..

Jungkook yana bir bor Taega qaradi..

~men oyimni yoniga borib kelaman)-Tae

Jiminga qarab shu so'zlarni aytib keyin Jungkookga tazim qildim va ularning oldidan ketdim..

Zaldan chiqishim bilan oyimga duch kelib mazzam bo'lmayotganini aytdim..Oyim ham tezda uyga borishimni tayinladi..

Tashqariga chiqsam Jimin mashinasi yonida meni kutib turardi..U tomon bir ikki qadam tashlab keyin to'xtadim..

Yana bir bor bo'layotgan bazmga qaradim..garchi bu menga azob bersada men yana Jungkookni bir marta bo'lsa ham ko'rgim keldi..Uni axtarib odamlar ichidan qidirdim va topdim..

U Nara bilan birga nimalarnidir kulishib suhbatlashib o'tirardi..Meni hatto bu olomon ichida sezmaydi ham..

Baxtli bo'lishingni xohlayman..

Tez tez qadamlar tashlab Jiminni yoniga bordim va mashinasiga o'tirib bu yerdan ketdik...

Men bu uyga xotiralarim uchun ko'p marta tez tez kelib turardim...Endi esa hatto bu uy haqida eshitishni ham istamayman..

Mana shu tarzda rangsiz kunlarim o'ta boshladi..Bazi paytlar Jiminni uchratib qolmasam har kunim bir xillikda o'tardi..

Mana hozir ham kollejdan kelib ust boshimni alishtirdim..Yana doimgidek katta uyning oshxonasiga boraman..Men kira oladigan yagona xona..

Uydan hovliga chiqib doim boradigan joyimga qaradim..Bog'ning quyosh nurlari tushib turadigan markazi..Bugun ham o'sha yerga borgim keldi..

Bu yerga kelib dadam va Jungkookni sog'inganimni takrorlardim..Ularni his qilishni birgalikda mazmunli vaqt o'tkazishni juda xohlardim...Bularning barchasi o'y-xayol ekan..

Doimgi o'tiradigan joyimga kelib yana bargxazonlar ustiga o'tirdim..Quyosh nurlariga yuzimni tutib ko'zlarimni yumdim...Sokinlik...


Pov.avtor~
Darvozalar ochilib Jungkookning mashinasi hovliga kirdi..Biroz vaqt mashina ichida o'tirib so'ng undan tushdi..Uy tomonga ketyotgan vaqt shunchaki bog' tomonga nazar tashladi..Yana yo'lida davom etayotgan edi lekin uning qadamlari sekinlashib to'xtadi va yana bog' tomonga qaradi..Quyosh nurlariga o'zini tutib turgan Taeni ko'rib 13 yil oldingi kichik Teani birinchi bor ko'rgan kunni esladi..

O'sha vaqtda ham Tae aynan shu joyda quyosh nurlariga o'zini tutib turgan, kichik Jungkook ham aynan shu joyida Taeni kuzatgan edi...

Jungkook Tae qarab turarkan yana xotiralar yodiga tisha boshladi..Tae bilan birga vaqt o'tkazganlari..uning qo'ng'iroqdek kulgulari, Jungkookni ,,Kookie,, deb atab jig'iga tegishlari Jungkookning ko'z oldida birma bir o'ta boshladi..

~haliham o'sha Tae.. ammo endi meniki emas)-Jungkook Taeni kuzatib turdida keyin yana yo'lida davom etib uyiga kirib ketdi..


Ko'zlarimni ochib o'rnimdan turdim...Hayolotdan haqiqiy hayotga qaytish vaqti keldi..

Katta uyga kirib oshxonaga bordim va oyimga yordamlashib o'z ishlarimni qila boshladim..

~oglim menga muzlatgichdan krivetkalarni olib ber)-Taeni oyisi

~....)-Tae esa o'ychan ishini davom ettirardi..U oyisining gaplarini eshitmadi ham

~Taehyunnnng)-oyisi

~ha oyi)-Tae tezda oyisiga qaradi

~meni eshitmadingmi..nimalarni o'ylayabsan)-oyisi

~shunchaki..nima dedingiz)-Tae

~muzlatgichdan krivetkalarni olib ber)-oyisi

~ho'p)- tae

~uyga qarab kelchi tayyorlagan qaylam uyda qolgan ko'rinadi)-oyisi

~ho'p
)-Taening oshxonadan chiqib ketib hovliga chiqishini to xizmatchilar uyiga kirib ketgunicha Kim xonim qizining ortidan kuzatib turdi

~kimga bunchalik qarayabsan)-Jeon xonim Taening oyisi ortidan kelib u ham derazadan tashqariga qaradi

~Jeon xonim..siz bu yerda..meni chaqirtirdingizmi)-Kim xonim

~eshitmabman deb qo'rqyabsanmi)-Jeon xonim

~shunday xonim
)-Kim xonim

~yo'q..chaqirganim yo'q shunchaki sen bilan suhbatlashgim keldi)-Jeon xonim

~nima masala bo'yicha)-Tae xonim

~masalan..hozir kimni kuzatayotganding Taehyungnimi)-Jeon xonim

~haa Taehyung)-Kim xonim

~nega)-Jeon xonim

~bilmadimu lekin Tae o'zgarib qolgan..Yuzidagi kulgu butkul uni tark etgandek, doim hayoli parishon bo'lib yuradigan bo'lib qoldi)-Kim xonim

~demak nimadandur judayam siqilyabdi)-Jeon xonim

~yokii..o'qishidan siqilib yuribdimikan)-Kim xonim

~o'qishidan)-Jeon xonim

~haa...shu yil bitiruvchi bo'lgani uchun institutga kirmoqchi bo'lib yurgandi..Lekin kollejidagi o'qituvchilari oldin yaxshi o'qimagansan baribir kirolmaysan deb aytgan..shunga ko'ngli sinib qoldimikan)-Kim xonim

~davlat kollejlari ustozlari baribir yaxshi etibor berishmaydi)-Jeon xonim

~nima qilsam ekan..qayerdandur o'qishga ishtiyog'i kelgandi..Kelajagimni yaxshilashni xohlayman deb menga orzularini aytib bergandi)-kim xonim yuzida tabassum bilan gapirardi

Jeon xonim biroz o'ylanib turdida so'ng xizmatchi Kim ga qaradi

~yo'q demasang Taeni xususiy kollejimga o'qishga olaman..)-Jeon xonim

Uyga kirib oyim aytgan qaylani qidira boshladim..Qiziq qayerda ekan topa olmayabman..

Hamma joyni ko'rib chiqib ufff tortib stolga o'tirdim va to'g'rimdagi stolga qaradim..o'sha stol ustida idish turardi..

O'rnimdan turib idishni ochib ko'rdim..oyim aytgan qayla ekan..

Jin ursinn..shu yerda turgan idishni ko'rmadimmi..

*

~lekin u yerda Taeni o'qitish uchun meni mablag'im yetmaydi..holatimni bilasizku)-Kim xonim

~sen bundan tashvishlanma..Shuncha yildan buyon yonimda xizmat qilib yuribsan..Tae ko'z oldimda katta bo'ldi..Jungkookning qanday qilib ulg'ayishini ham Tae orqali tasavvur qilardim..tar ham meni oglimdek bo'lib qolgan..shunday ekan uning orzulari ushalishiga yordam beraylik)-Jeon xonim

~sizga qanday minnatdorchilik bildirishni ham bilolmayabman)-Kim xonim tazim qilib

~shunchaki Taehyung xursand bo'lganini ko'rish yetarli)-Jeon xonim

~rahmat)-Kim xonim

~mayli endi ishlaringni davom ettir)-Jeon xonim oshxonadan chiqib ketdi..

*

~olib keldim)-Tar oshxonaga kirib

~shu yerga qo'yaqol)-Oyisi kulib turardi

Oyimning kulib turgan yuzidan ko'zlarimni uzmasdan qaylani stolga qo'ydim

~nimanidur o'tkazib yubordimmi)-Tae oyisidan ko'z uzmasdan qarab turardi

~o'tkazib yubording)-oyisi

~xo'shhh)-Tae oyisiga yaqin kelib turib oldi

~o'qishingni boshqa kollejga ko'chiramiz)-Oyisi

Oyim nima derkan deb yuziga qiziqish bilan qarab tursamm eshitgan gaplarimdan so'ng yuzimdagi qiziqish mutlaqo so'ndi

~oyiii nima derkansiz debman)-tae o'girilib oyisidan uzoqlashdi

~sen qayerga ko'chirganimni bilmaysanda shuning uchun yoqtirmading)-oyisi

~qayergayam ko'chirardiz.. shu bironta davlat kollejiga bo'lsa kerak)-Tae muzlatgich tomon yura bishladi

~yo'q davlat kollejiga emas..*Jeon kollejiga*..)-oyisi

Yuradigan yo'limda to'xtab qoldim..Xuddi ustimga bir chelak sovuq suv quyib yuborishgandek his qildim o'zimni..

Hayrat bilan oyim tomonga o'girildim..

~oyii nimalar deyabsiz)-Tae

~endi xususiy kollejda o'qiysan)-oyisi

~bu nima deganingiz qanday o'qish..axir hatto u kollejni formasini o'zi millionlab vonda turadi)-Tae

~sen bulardan havotir olma)-oyisi

~yo'q...men u yerda o'qishni xohlamayman)-Jehan

Jungkookni ko'rmaslik uchun uyning har bir burchagiga kirgudek bo'lib yuribman.endi har kuni yarim kunim uning Nara bilan ishqiy munosabatlariga guvoh bo'lishim bilan o'tadimi....Buni istamayman..

~sendan o'qiysanmi deb so'ramadim..keyin o'sha kollejda o'qishingni Jeon xonimni o'zi xohladi..qanday qilib rad etmoqchisan)-Oyisi

~oyiii)-Tae

~gap tamom.. shunchaki kelajakda menga o'xshab qo'ling mehnatda qolmasligini istayman xolos)-oyisi Taeni oldiga kelib sochlaridan siladi

Lekin menchi..mening tuyg'ularimchi..bularga qanday chidayman..😔

~ho'p siz nima desayiz shu oyijon)-Tae bazo'r jilmayib oyisiga qaradi

~ishlaringni qo'yginda uyga bor..Meni xonamga kirib javonni ochasan o'sha yerda yig'ib qo'ygan pullarim bor..Ularni olginda do'konlarni aylanib o'zingga kerakli narsalarni xarid qil)-oyisi

~bularning keragi yo'q)-Tae

~keragi bor..u yerda boylar o'qiydi baribir ularga teng bo'lolmaymiz lekin oglim ulardan kam bo'lmasdan borishini xohlayman)-oyisi

~yaxshi)-tae

Katta uydan chiqib atrofga qaradim..Qaniydi bir jarlikka borib qolsamu ichimdagi hamma g'uborlarimni chiqarib yuborish uchun bor ovozim bilan baqirsam..

Uyga kirib oyim aytgandek pullarni oldim..Egnimdagi kiyimlarimni alishtirib so'ng uydan chiqib ketdim..

Shahar do'konlariga birma bir kirib chiqarkan ko'nglimga hech narsa sig'mayotgan edi..Na harid qilish na bu taqir-tuqurlarni tomosha qilish..

Kollej formasi sotiladigan magazin qarshisiga kelib turdim va sekin eshigini ochib ichkariga kirdim..

Aytganimdek forma juda qimmat..2 million von ekan..

Ularni olib yana izimga qaytdim..Uyga kelib oyimga olgam formani va sumkamni ko'rsatdim..

Oyim menga bo'ldimi degandek savol nigoh bilan qarab turardi..
Men shunchaki bu pullar hali kerak deb qo'ya qoldim...

Tuni bilan ertangi kunimni o'ylab deyarli uxlay olmadim ham..Faqat ufff tortib joyimda ag'anab yotardim..

Vanihoyat tong otdi..Xohish bo'lmagandan keyin shunday bo'larkan hatto yuvinishdayam juda sekin harakat qilardim..Zora kechikib ketsamu shuni bahona qilib bugun o'sha kollejga bormasam..

Yo'q...menimcha hamma narsa kelishib olishgan menga qarshi ishlashga..Vaqtida tayyor bo'lib uydan chiqdim..

Egnimga hamma kiyadigan o'sha kollej formasini kiydim..Sochlarimni esa yoyib olib biroz makiyaj qilib oldim..

Negadir birinchi kundan oddiy qizdek ko'rinishni istamadim..

Avtobusdan tushib * Jeon Kolleji* darvozasi qarshisiga kelib turdim...
Qani bugun meni yana nimalar kutib turibdi ekan...

Kollej hovlisiga kirib atrofni tomosha qila boshladim..Haqiqattan ham juda go'zal.

Kollej binosiga birma bir yigit qizlar kirib ketishardi...Lekin hammasi oldimdan o'tib ketishayotganda meni analiz qilgandek qarab ketardi..

Egnimdagi kiyimlarimga qarab hayron bo'ldim..Axir kollej formasida bo'lsam..Yangi kelganimni qayerdan bilishyabdi

~oo..ooo anovi kelayotgan o'sha xizmatkormi)-Nara atrofni tomosha qilib kelayotgan Taeni ko'rib qoldi..

~qaysi bola.qanaqa xizmatkor)-Miya hayron bo'lib Nara qarab turgan Taega qaradi

~kim bo'lsa ham kelishgan bola ekan)-Lia
Lianing gapini yonidagi ikki dugonasi yoqtirmay Liaga qaradi

~bu yigit yangiga o'xshaydi turushi aytib turibti bu amega lanati gay )-Miya

~..bo'lishi mumkin emas..bu yigit Jungkookning uyida xizmatkorlik qiladi)-Nara

~lekin qaraa..u kollej formasida)-Miyaning gapidan so'ng Nara Taening egnidagi formaga qarab qoshlari chimirildi..

~yuringlar yaxshisi nega kelganini o'zidan bilib olamiz)-Nara Tae tomonga qarab yura boshladi..Ortidan esa Miya va Lia ham ergashishdi..

Qiziq Jimin qayerda ekan..Atrofga qarab kelayotgan yigitlar orasidan Jiminni qidira boshladim..Lekin qarshimga qaraganimda men tomonga jilmayib kelayotgan Narani ko'rdim..

Jin ursinn hali binoga ham kirib ulgurmasimdan men kutgan voqealar sodir bo'la boshladi..

~oooouuu seni tanidim xizmatkor yigit)-Naraa kelib taeniyo'lini to'sdi

~salom)-Miya

~bu yerga adashib kelib qoldingmii...yokii Jungkook biron nima olib kelishingni buyurdimi)-Nara

~u xizmatkoormiii)-Miya o'zini hayratlangandek ko'rsatib

Hammasi jonimga tegdi..Bularga chiday ololmasam kerak..Hozirdan sabr kosam to'lib boryabdi..Lekin nima ham qila olaman ular ko'p men esa bittaginaman xolos..

~xohlasang xizmatkorlar xonasini ko'rsatib yuborishim mumkin)-Naraning gaplaridan so'ng yonidagi ikki dugonasi mazax qilganday kulib yuborishdi

Chuqur nafas olib chiqardim va boshimni ko'tarib Naraning ko'zlariga tik qaradim..Bu tahqirlashlarga axir qachongacha chidayman..

~ko'rib turganingdek kollej formasidaman..hech kimni buyrug'i bilan kelganim yo'q va endi shu yerda o'qiyman shunday ekan menga muomilangizni to'g'irlashingizni istayman..)-Tae ham Naraga javoban qanday tikilib turgan bo'lsa u ham shunday qarab turardi..

~oooooo)-Miya

~seni istaklaring bu yerda..)-Nata qo'lidagi ichimlik idishini yerga tashlab oyog'i bilan sekin eza boshladi

~mana shunaqa ko'rinishga kelib qoladi..)-Nara yerda pachoq bo'lib yotgan idishga imo qildi..

~o..oo Taehyung)-Jimin uzoqdan turib ovozini ko'tarib Taeni chaqirdi

Ortimdan kelgan ovozga qaradim..Bu Jimin..hech bo'lmasa kollejda yaxshi suhbatlashadigan odamim bor..bo'lmasa bu yerdan hoziroq ketishga ham tayyorman..

~ko'zimga ko'rinyabsanmi)-Jimin Taeni yoniga kelib barmog'i bilan uning yelkasiga tegib ko'rdi

~rostan kelibsan)-Jimin

Jiminni tentakona gaplariga jilmayib qo'ydim..Unga rahmat aytishim kerak meni naqd 3ta yalmog'izdan qutqarib qoldi

~Jimin bu yigitni taniysanmi)-Mina

~haa..bu yigit Taehyung..menimcha tanishib bo'lgansiz)-Jimin Naraga qarab

~haa anchaa yaqindan tanishdik)-Nara

~....)-Tae

~ooohh sevgilimm🙋‍♀️
)-Nara endi mashinasidan tushgan Jungkookga qo'lini ko'tardi

Nara kulib qarab turib so'ng o'sha tomonga yura boshladi..Sekin u ketayotgan tomonga qaradim..Mashinadan endi tushayotgan Jungkook u tomonga borayotgan sevgilisini ko'rib tabassum qildi..
..Mehr ko'zlari bilan Naraga qarab turardi..

Nara borib Jungkookni bo'yniga osilib oldi..Jungkook ham qo'llari bilan uning belidan ushlab quchdi..Bularni ko'rish naqadar og'riqli..ammo eng yomoni men ulardan ko'zimni uzib boshqa tomonga qaray ham olmayotganimda..

~heeyyy malika Fiona)-Jimin Taeni yuzi oldiga kelib qo'llarini silkitdi

~nima men qiz bola emasamn)-Tae biroz lablarini burishtirib gapirdi

~ularga havas qilyabsanmi yoki hasad)-Jimin

~ularga o'xshashga havas ham hasad ham qilmayman)-Tae qo'llarini ko'ksiga bog'lab oldi

~nega doim kayfiyatsiz yuzingni burishtirib yurasan)-Jimin

~kayfiyatim ko'tarilganda uni tushurib yuborishadi)-Tae

~rostan ham endi shu yerda o'qiysanmi)-Jimin

~afsuskii haa)-Tae

~yaaaa nega endi afsuski..xursand bo'lib aytishing kerak)-Jimin barmoqlari bilan Jehanni burinchasini chimchilab qo'ydi

~aaiiishh og'ridii)-Jehan qoshlarini chimirib Jiminga qaradi

~og'rosin)-Jimin

Pov.avtor~
Jungkook mashinadan tushishi bilan Naraning ovozini eshitib jilmayib u tomonga qaradi..Nara keliboq Jungkookni quchib olgandan so'ng Jungkook ham javoban belidan ushlab quchib qo'ydi..Jungkookni Naraning ortidan uncha uzoq bo'lmagan joyda turgan Jimin va Taega qaradi...Jungkook ularning kulishib bir biriga hazil qilishini, Jimin Taeni burinchasidan chimchilab unga nisbatan qilayotgan harakatlariga qarab ularni kuzatib turardi..