April 22, 2025

Love in the dark

Vanihoyat u keldi va qarshimda..
U tomonga qarab bir ikki qadam yurdim..Yurdim ammo bu qadamlar ko'pga cho'zilmadi..

Jungkookning ortidan sochlari beliga tushib turadigan bir so'z bilan aytganda model qizlarga o'xshash bir qiz paydo bo'ldi

U Jeon xonimga qarab jilmayib turardi..Yomon hayollar miyyamni o'rab oldi balki bu qiz shunchaki Jungkookning do'stidir..

Pov.avtor~
Avval uyga Jungkook keyin ortidan Nara kirib keldi.. Jeon xonim o'g'lini ko'rib xursandligidan ko'zlari namlana boshladi.. Jungkook oyisiga jilmayib qarab turardi.. Jeon xonim tez tez qadamlar bilan Jungkookni oldiga borib o'zini uning quchog'iga ko'mdi

~o'g'lim🥺)-Jeon xonim

~oyijon😘)-Jungkook oyisini quchog'idan chiqarib peshonasidan o'pib qo'ydi

~oyiijonn bu yana nima)-Jungkook oyisini ko'z yoshlarini barmoqlari bilan artarkan qoshlarini biroz chimirdi

~axir siz bilan ko'rishib turardikku)-Jk erkalanib oyisini yuzini silardi

~unga ham 2 yil bo'ldi)-Jeon xonim

~kelishgan yigit bo'libmanmi)-Jk oyisidan uzoqlashib Narani yoniga kelib turdi

~haa judayam kelishgansan)-Jeon xonim Jungkookdan nigohini olib yonida turgan Naraga qaratdi

~salom xonim)-Nara

Men ularni gaplashishlarini kuzatib turardim..Naqadar yoqimli bir necha yildan so'ng ona bola diydor ko'rishishi..Ko'zlarimni ulardan uzolmasdim

~oyi tanishing bu Nara...qalbimning egasi va shuningdek bo'lajak kelingiz...)-Jk

Jungkookning bu so'zlarini eshitib hatto oyog'imning uchigacha qaltiroqni his qildim.. miyyamda qandaydir chiyillagan tovush paydo bo'ldi.Faqatgina bir ovoz..oyimning tinmay ,,Taehyung,, deb chaqirishlari qulog'imga eshitilardi..

Men qancha vaqt bu holatda turganimni bilmayman. Lekin ko'zim Jungkookning men tomonga qarab turganini ko'rib o'zimga kela boshladim..

U menga tushunarsiz nigoh bilan qarab turardi.. Xuddi tanish ammo eslolmayotgan odam singari....

Ularga tazim qilib tezda xonadan chiqib ketdim..Oyoqlarimni his qilolmasdan qadamlarim chalkashib ketardi

Oyimga tezda kelishimni aytib, hovliga otilib chiqdim..Har doimgi borib ularni sog'inganimni aytadigan bog'ning markaziga bordim..

Boshqa dosh berolmayman...Maysalar ustiga o'zimni tashladim va ko'ksimda to'lib turgan ko'z yoshlarimni chiqara boshladim..

Eng alam qiladigani men hatto ovozimni chiqarib ham yig'lolmasligimda edi....

Qo'llarim bilan og'zimni berkitib yig'larkanman miyyamda faqat Jungkookning ketishidan oldin menga aytgan gaplari aylanardi...

Flashback~

13-yil oldin...Jeonlar xonadoni~

~Kookiee..😁😁)-Taehyung xizmatkorlar uyidan chiqib zinada o'tirgan Jkning yoniga bordi

~😔😔)-Jk

~nega kelding Jeon xonim bu vaqtda o'ynamasligimizni aytgan)-Taehyung Jkga qarab turardi

Jungkookning esa boshi yerga qaralgan edi. U bir og'iz ham gapirmadi

~Jungkook senga nima bo'ldi)-taehyung Jkning yoniga o'tirdi

~Tae men ketyabman😔)-Jk

~qayerga)-Taehyung

~Amerikaga)-Jk

~u yer uzoqmi🤔)-Taehyung ko'zlarini kattalashtirib Jkga qarab turardi

~judayam😕)-Jk

~qachon kelasan)-Taehyung

~bilmadim...lekin bu uzoq vaqtga cho'zilishi mumkin ekan😔)-Jk

~nega xafa bo'lyabsan..axir mazza qilib aylanib kelasan yangi do'stlar orttirasan)-Taehyung Jkning ko'nglini ko'tarish uchun gapira boshladi

~menga sen yetasan tae..boshqa do'stlar kerakmas)-Jungkook

~lekin qololmaysan ham)-Taehyung

~katta bo'lsam o'zim qarorlar chiqara olaman o'shanda seni yoningga qaytib kelaman)-Jk

~faqat meni yodingdan chiqarib yuborma🤨..)-Jk

~kelganingda meni tanimasangchi)-Tahyung

~sen mening Taeyimsan va bu o'zgarmaydi☺)-Jk jilmayib Taehyungga qaradi va qo'lidagi bilakuzugini yechib Taehyungning qo'liga taqib qo'ydi

~bu meni senga eslatib turadi..yo'qotib qo'yma)-Jk

Flashback tamom~

Hozirgi vaqt....

Men seni bir daqiqa ham yodimdan chiqarmadim..Lekin sen meni allaqachon unutibsan😣...Endi sening taeying emasman😖

Pov.avtor~
Taehyung bu yerda xotiralari bilan ancha vaqt qolib ketdi..Uning shuncha yil intizor bo'lib kutgani bir soniyada chil-parchin bo'ldi..

Qancha vaqt bu holda o'tirganimni bilmaymanu lekin endi bu ko'z yoshlari hech narsani hal qilib berolmasligini tushunsamda ko'zlarimdan hali ham sizib chiqardi

Shu vaqtgacha uning xotiralari bilan birga yashab hayolan uni sevib keldim...Endi bu xotiralarning barchasi keraksiz😣.. hatto meni yodidan chiqarib yuborgan inson uchun buncha ko'z yosh ko'p emasmiii😖...bas qil Taehyung ko'z yoshlarni bas qil😖..axir bu bilan hayoting to'xtab qolmaydiku..🥺

O'zimga shunday dalda berarkanman ammo bari foydasiz...Qancha xohlasamda bu yuragimning yonishini sovuta olmayabman...😖

Ko'z yoshlarimni artib joyimdan turdim..Qo'limdagi bilaguzukni ko'rib yanayam qalbim og'riy boshladi

Ozroq vaqt oldin sevgilisini tanishtirgan yigitning bilaguzugini 13 yil davomida saqlab keldim naqadar ajoyib axmoq man.... ahvolimni achinarligidan hatto o'zimga rahmim kela boshladi

Bilaguzukni qo'limdan yechib cho'ntagimga soldim..Oldin faqatgina Jungkook tezroq kelishini xohlagan bo'lsam endi oyim bilan bu uydan tezroq ketishimizni xohlay boshladim

Men endi ko'z o'ngimda bo'ladigan ishlarga bardoshim yetadimi yo'qmi bilmadimu lekin bor kuchim bilan ularga chidashim va buni ko'rsatmaslikka harakat qilishim kerak.. Buni uddalay olaman

Pov.avtor~
Taehyung ancha tinchlanib ko'z yoshlarini to'xtatib yana katta uyga qayta kirdi. Bu safar Jungkookni kutayotgan Tae bo'lib emas shunchaki xizmatchi Kim ning o'g'li Taehyung bo'lib kirdi

~Taehyung keldingmi)-oyisi

~ha oyi)-Taehyung burinchasini tortib oyisiga qaramaslikka harakat qilardi

~nimadir bo'ldimi o'g'lim 😳 yig'ladingmi)-Oyisi

Taehyunni o'ziga qaratdi

~yo'q hammasi joyida😅 shunchaki yana allergiyam qo'zg'atgan ko'rinadi)-Taehyung chiqishga ulgurmagan ko'z yoshlarini artib qizargan ko'zlarini ishqalay boshladi

~doringdan ichdingmi)-oyisi

~haa oyii ichdim..mendan havotir olmang)-Taehyung oyisiga bildirmaslik uchun qalbi qon bo'lib yig'layotgan bo'lsada yuzida tabassum bilan oyisiga qarab turardi

~unda xizmatga o'zim kiraman..sen bo'lsa ovqatga qarab turgin)-oyisi patnosni olib eshikni ochdi

~hop oyijon😕)-Taehyungn
biroz oyisini ortidan qarab turdida so'ng ishlarini davom ettirdi

Bir necha soatdan so'ng Jungkookning sevgilisi ketdi..Derazadan sekin ularga qaradim..Bir biriga mos juftlikdek tuyuldi. Qiz ham xuddi Jungkookga o'xshab did bilan kiyingan va judayam go'zal....

Yana qayta ular tomonga qaradim..Ularni chetdan bir biriga kulishib gaplashayotganini kuzatish qanchalar og'ir bo'lsada ammo derazadan uzoqlashish qo'limdan kelmadi

Men o'zim va oyim uchun harakat qilishim kerak u meni eslagan va sevgan taqdirda ham janob Jeon va Jeon Honim bunga qarshi chiqardi kim ham rozi boladi o'g'li gay bo'lishiga

Qiz mashinaga o'tirishidan oldin Jungkook uni bag'riga bosib sochlarini siladi..Qanchalar og'riqli bo'lsada men ularga qarab turardim xuddi Hissiz odamdek...

Ertangi kun~

Bugun ertaroq turdim chunki o'qishga borishim kerak necha kundan buyon bormadim aniq ustozdan gap eshitaman

Endi o'qishga bo'lgan fikrimni o'zgartirishga qaror qilmoqchiman...Bu yerdan tezroq ketish uchun avvalo yaxshi o'qib kelajagimni barpo qilishim kerak...Lekin ungacha ham yaxshiroq ish topib bu yerdan ketishimiz mumkin shunda faqatgina oyimni ko'ndirish qoladi xolos

~Hali hammasi oldinda Kim Taehyung sen kuchlisann

Ko'zguga qarab yana o'zimga o'zim gapira boshladim..So'ngra sumkamni olib tezda uydan chiqdim

Uydan chiqib yo'lak bo'ylab yurarkanman kutilmaganda qarshimdan Jungkook chiqib qoldi. U sport formasida edi ko'rinishida ertalabki yugurishdan kelyotgan ko'rinadi...Uning o'tkir nigohi bilan menga qarab turganini ko'rib yana yuragim tez ura boshladi..

Tezda bu yerdan ketish uchun o'girildim ammo u meni to'xtatdi

~shoshma)-Jk

Uning ovozi ancha o'zgargan..yo'g'on va judayam yoqimli...

~eshitaman janob)-Taehyunng ortiga qaradi

~sen xizmatchimisan)-Jk

~ha janob)-Taehyung

~unda nega meni ko'rib hurmat ko'rsatmading)-Jk

*Chunki senga hech qachon hurmat yuzasidan tazim qilmaganman va buni o'zing taqiqlagan eding***

~kechiring)-Taehyung Jkga tazim qildi

~isming nima)-Jk

Va yana yuragimda og'riq turdi. Yo'q men boshqa uning qarshisida qololmayman

~ismim taehyung...kechirasiz janob o'qishga kech qolyabman)-Taehyung Jkga tazim qilib tez tez qadamlar bilan undan uzoqlashdi

~Taehyung... qandaydir tanish ism🤔)-Jungkook o'ylanib Taehyungning ortidan qarab turdida so'ng uyga kirib ketdi