April 25, 2025

Love in the dark

Darslarim tugab har kuni tezda uyga shoshilib boradigan odam mana endi toshbaqaga o'xshab yurib ketayotgandim.. Bu sudralib yurishimni ko'rgan odam xuddi ustida tonna tonna yuki bor deb o'ylaydi

Lekin nima qilay o'sha men uchun qadrli ammo endi borishni xohlamaydigan uyga kirish naqadar azobli...

*

~Jungkook)-Jeon xonim

~kiravering oyi)-Jungkook yumshoq yotog'idan turib o'tirib oldi

~bezovta qilmadimmi)-Jeon xonim

~yuq)-Jungkook sal surilib oyisi o'tirishi uchun joy ochdi

~ozroq gaplashamizmi)-Jeon xonim

~nima haqida)-Jk

~umuman Amerikadagi hayoting va hozirgi holating haqida)-Jeon xonim

~tashvishlanishga hojat yo'q oyijon...Amerikada juda yaxshi yashadim mana ko'rib turganingizdek qarshingizda sog'lom o'tiribman albatta dadamning buyruqlari ostida)-Jk

~dadang seni jahli bilan ko'p qiynamadimi)-Jeon xonim

~baribir u inson uchun mukammal bo'la olmayman..hech qachon)-Jk

~dadangni harakteriga men ham tushunmayman)-Jeon xonim

~haa)-Jk

~haligi qiz..uni sevasanmi)-Jeon xonim

~Narani aytyabsizmi)-Jk

~haa o'sha)-Jeon xonim

~hatto u siz hayotimni tasavvur ham qilolmaydigan darajada bo'lsa kerak)-Jk

~sevgingni topganingdan xursandman)-Jeon xonim o'rnidan turib yana ortiga qaradi

~haligi...)-biroz o'ylanib Jkga qarab turdi

~nimadir demoqchimisiz)-Jk

~a...yo'q shunchaki ovqatlanishga pastga tush)-Jeon xonim

~yaxshi)-Jk yana joyiga yotib qo'liga telefonini oldi

Jeon xonim xonadan tashqariga chiqib yana biroz vaqtga joyida to'xtab o'ylanib qoldi:
~Taehyung bilan ko'rishgan bo'lishsa kerak.. har holda eski do'stlar edi

**

~oyiii men keldimmm)-Taehyung oyisi bilan yashaydigan xizmatchilar uyiga kirib eshik oldida oyoq kiyimlarini yechib o'rniga shippak kiydi va uyiga kirib har bir xonadan oyisini qidira boshladi

~oyijoonn)-Taehyung

Uyda yo'q demak katta uyda..Xonamga kirib ust boshimni alishtirdim so'ng uff tortgancha ozroq uncha yumshoq bo'lmasada menga yoqadigan yotog'imga o'zimni tashlab ko'zlarimni yumdim..

Yana tezda o'rnimdan turdim oyimga yordam berishim kerak...Sekin harakat qilib katta uy tomon yura boshladim. Uyga kirishim bilan bu sekin harakat yo'qolib tezlik bilan oshxonaga kirishga harakat qildim. Uni uchratishni xohlamayman

~oyii men keldim)-Taehyung

~vaqtida kelding o'g'lim)-oyisi

~tushunmadim)-Taehyung

~menga Jeon xonim boshqa ish aytgandi.. shunga sen kichik janobga mana bu ovqatlarni olib borib xizmat ko'rsatasan)-oyisi

Oyimni gaplarini eshitib kulib turgan yuzim yo'qolib oyimga qarab xo'mrayib oldim

~nega men xizmatchi Pak qayerda)Taehyung

~bugun ertaroq ketgandi)-oyisi

~haaa biz bu yerda yashaganimiz uchun hamma ishni biz qilishimiz kerak)-Taehyung

~Taehyung)-oyisi belidagi fartugini yechib stolga qo'ydi

~immilamasdan tez tez harakat qil)-oyisi shunday deb xonadan chiqib ketdi

Jin ursinn nega doim u bilan ko'rishaveraman..Buni xohlamaymann

Patnosni olib tushlik qilinadigan xonaga kirdim..U yerda yolg'iz Jungkook kim bilandur telefonda gaplashayotgandi. Aftidan Amerikadagi biron bir do'sti bo'lsa kerak

Qo'lim qaltirab mayda qadamlar bilan stolga yaqinlashdim va Jungkookga tazim qilib ovqatlarni stolga joylashtira boshladim..U hatto menga qayrilib ham qaramadi

~ooooh Jk yoningdagi go'zal yigit kim)-Jimin telefon ekraniga yaqinroq kelib Taehyungga qaray boshladi

Tushundim Jungkook do'sti bilan ko'rishib gaplashayotgan ekan. Hatto uzoqdagi turgan do'sti meni sezdi lekin yonginamda turgan Jk sezmadi

Do'stining gapidan so'ngina Jungkook menga boshini ko'tarib qaradi

~haa...bu bo'la xizmatkoor)-Jungkook ko'zini uchi bilan xuddi mensimagandek Jehanga boshdan oyoq qarab so'ng yana Jimin bilan gaplashishda davom etdi

Uning gaplari yuragimni teshib o'tganday bo'ldi😣..Nega xafa bo'lyabman axir rostan ham xizmatkor man lekin eng og'iri Jungkookning nazari uchun men oddiyyy xizmatchiman

~janob boshqa xizmatingiz yo'qmi)-taehyung

~yo'q)-Jk

Unga tazim qilib o'girilib eshikdan chiqmoqchi bo'lganimda o'sha qizning ovozini eshitib to'xtab qoldim

~Hayotimmm)-Nara xonaga kirib qarshisida turgan Taehyungning ust boshiga qaradi

Uning bu qarashidan uyalib sekin egnimdagi kiyinlarimga qaradim. U ustimdan kulgandek yonimdan o'tib ketdi

~hayrli kech😁)-Nara borib Jkning bo'yniga osilib yuzidan o'pib qo'ydi

~senga ham)-Jk javoban unga jilmayib qo'ydi

Bu manzarani boshqa tomosha qilolmayman..

~hooyyy xizmatchii)-Nara endi eshikdan chiqmoqchi bo'lgan Taehyungni to'xtatdi

~eshitaman)-Taehyung

~xonim...menga xonim deb murojaat qil)-Nara

Uning gapidan so'ng beixtiyor ko'zim Jungkookga tushdi. U menga qarab mazax qilganday kulib turardi..O'zimni xuddi ojizdek his qildim...Yana kamiga qarshimda meni mazax qilib kulib o'tirgan Jungkookni ko'rib o'pkam to'lib xo'rligim kela boshladi..

~kechirasiz..xonimm...)-Teahyung

~menga sharbat olib kel)-Nara

~yo'q..unga ham menga olib kelgan taomlardan olib kel)-Jk

~yo'q men parxizdamannn)-Nara erkalanib Jkga qaradi

~hech qanaqa parxez ketmaydi...men bilan birga ovqatlanasan shundog'am ozib ketyabsan endi parxezingni yig'ishtir)-Jk

~semirib ketsamchii)-nara

~har qanday holatingda menga yoqaverasan)-Jk

Ularning bir biriga mehr bilan boqib turishini chetdan kuzatib turarkanman o'zimni hozirgi vaqtda keraksiz odamdek his qildim

~hop janob)-Taehyung

Faqatgina shu so'zni ayta oldim xolos...😣
So'ng xonadan chiqib to'g'ri oshxonaga kirdim..Kirdimu o'zimni chalg'itish uchun xonim uchun taomlarni tayyorlay boshladim..

Lablarimni tishlab yig'lamaslikka qancha harakat qilsamda ko'zlarimdan yana yoshlar tomchilay boshladi...

Bir zumga harakatdan to'xtadim va tepaga qarab ko'zlarimni yumdim.. :

~Yig'lamasligim kerak....

Taomlarni tayyorlab ular o'tirgan xonaga kirdim..Qizargan ko'zlarimni yashirish uchun boshimni eggancha harakat qildim..Jungkook va xonimga qaramaslikka harakat qildim..

Ammo bu qiyin bo'lmadi..Chunki ular hatto meni kirib chiqqanimni sezishmadi ham
Faqat kirganimda shunchaki Jungkook bir nazar tashlab qo'ydi..bu ham bo'lsa kim kirganini bilish uchun..

Ancha vaqtdan so'ng xonim uydan ketdi..Stoldagi idishlarni yig'ishtirib olish uchun oshxonada kutib turardim..

Yo'q hozir kirmayman...Jungkook biroz vaqtdan so'ng yuqori qavatga chiqib ketganiga ishonch hosil qilib so'ngra idishlarni yig'ishtira boshladim..

Ishlarni tugatib uyimga, yumshoq bo'lmagan yotog'imga oshiqdim...Bugun uchun azob chekish limitim to'lgan ko'rinadi..Endi kula boshladim..

Yotog'imga keldimuu o'zimni tashlab ko'rpani ham ustimga yopmasdan ko'zlarimni yumdim..
~Yana bir dardli kunim o'tdi...


Har doimgidek ertalabdan oyimning qistovlari bilan ko'zlarimni ochdim..Yuvinib nonushta qildimu tezda kiyinib o'qishga yugurgudek bo'lib ketdim..

Bugun ham ertalabdan Jungkook yo'lda uchratib qolmaslik uchun xuddi josuslarga o'xshab yo'limni ko'zim bilan analiz qilib so'ngra yurardim..


~hech bo'lmasa bir hafta tinch qo'yasiz deb o'ylagandim)-Jungkook mashinasiga suyanib aeroportdan chiqib kelayotgan Jimin va Namjoonga qarab yuzlarini burishtirdi

~yaaa do'stlaringni shunday kutib olasanmi)-Rm kelib Jkni hazil tariqasida turtdi

~bilaman yaxshi kelgansizlar)-Jk

~kelmaysan deb o'ylagandim)-Jimin ham Rmga o'xshab Jkni turtdi

~sizlar meni turtish uchun keldingizmii)-Jk

~😁😂)-Jimin
~biron joyga borib o'tiraylikkk)-Rm

~kelganingdan clubga bormoqchimisan)-Jk

~aslo yo'qq..bo'lmasa yana oyimni nazoratiga tushib qolaman)-Rm
~😁😁)-Jk

~Nara ko'rinmaydi)-Jimin

~u o'qishga chiqdi)-Jk

~Koreya havosi senga tasir qilgan ko'rinadi)Rm

~😂😂)-Jimin

~bir kungina xolos😉..ertadan o'zim ham o'qishga chiqaman)-Jk

~endi shubhalana boshlagandim😂)-Rm

~mayli kettik)-Jk Rmning yelkasidan ushlab mashina tomon yetakladi

Uch do'st birgalikda Seulni aylanib so'ng bir cafega kirib birgalikda o'tirishdi..

*

Darslarim tugab uyga yana har kechagidek sekin yurib keldim..Iloji bo'lsa kechki ovqatni o'tqazvorib borishni xohlardim..Afsuski shu kollejimiz ham uzoqda emas😕

Uyga kelib har doimgidek yana oyimga yordamlashdim..Taomlarni kirgizib stolga qo'yarkanman sekin stol atrofida o'tirgan yolg'iz Jeon xonimga qaradim..Haa demak bugun Jungkook yo'q. Uni qayerdaligini bilmayman lekin yo'qligidan xursandman..Hayot qiziq..avval ko'rishish uchun intiq bo'lib kutgan insonimni endi yo'qligidan xursand bo'lyabman...

Oradan bir necha soat vaqt o'tdi..Mana hozir qarshimda turgan kitobga tikilib o'tiribman

~nega bunaqa hech narsaga tushunmayabmann

Pov.avtor~
Taehyung dars qilish uchun qancha harakat qilmasin lekin hech narsaga tushunmasdi...O'zini o'zi koyib o'tirganda xonasiga oyisi Kim xonim kirib keldi

~Taehyung)-Kim xonim

~oyii)-Taehyung boshini ko'tarib oyisiga qaradi

~dars qilyabsanmi)-Kim xonim

~yaaa oyiii bu qanaqa qarash bo'ldii🤨..nima meni shunchalik ikkichi deb o'ylasizmii)-Taehyung erkalanib qovoqlarini osib oldi

~shunchaki kitobni qo'lingga olganingga hayron qoldimda)-Kim xonim

~gapingiz bormidi)-Taehung

~haa..haliroq kelmasimdan oldin ertangi taom masalliqlarini tayyorlab stol ustiga qo'yib kelibman Charchagan ko'rinaman)-Kim xonim

~oyiii sizga qancha aytaman dam olib ham turing deb)-Taehyung

~...shunga oshxonaga borib o'sha masalliqlarni muzlatgichga solib kel)-Kim xonim

~ho'p faqat siz hoziroq kirib yotib uxlaysiz)-Taehyung

~yaxshi)-Kim xonim Taehyungnii peshonasidan o'pib so'ng xonadan chiqib ketdi

Pov.Taehyung

Yana o'sha uyga boraman😕...Hovlining yo'laklaridan yurib katta uyga qaradim..Hamma svetlar o'chiq demak uxlab bo'lishgan..O'zi vaqt ham allamahal bo'lgandida..

Bemalol oshxonaga kirib chiroqni yoqdim..So'ng oyib qo'ygan masalliqlarni sekin asta muzlatgichga joylay boshladim..

~baqirmaa bu menman)-Jk qoshlarini chimirib oshxonaga kirdi

Uning yuzidan anchagina mast ekanligi ko'rinib turardi..Men uni birinchi bor mast holatida ko'rishim...

~kechirasiz)-Taehyung

Tazim qilib tezda chiqib ketmoqchi bo'ldim lekin u meni to'xtatdi

~shoshma..menga suv quyib ber)-Jk kelib stulga o'tirdi

~ho'p)-Taehyung mayda qadamlar tashlab tezda stakanga suv solib Jungkookga berdi

~ismiiiingggg...)-Jungkook suvni olib Taehyungni yuziga o'ylanib qarab qoldi

Bugun kayfiyatim yaxshi deb xursand bo'lib yurgandim..Tezda bu yerdan ketmasam yana dilim og'riydi..

~ismim Taehyung...)-Taehyug

~boshqa ishingiz bo'lmasa men boraqolay)-Taehyung

Unga tazim qilib o'girilib eshik tomon yura boshladim

~yo'qqq.......Taehyung emaasss...)-Jk stolga suyanib sal ovozini ko'tarib yurib ketayotgan Taehyungning ortidan gapirdi

Uning bu so'zlari meni qadamlarimni to'xtatdi..U nima demoqchi..Ortimga o'girilib Jungkookga qaradim..U menga g'alati kulib turardi...😕

~.....Taee.......😈)-Jk