December 23, 2024

PERSON

4-qism

Minho yana uni ortidan ergashmoqchi boldi biroq Duri " Toxta" deb yoʻlini toʻsdi

Duri: Minho hozir YoonHo gʻazablangan shuning uchun keyinroq gaplashganin maʼqul. Hozir esa u bn men gaplasha qolaman.

Minho: mayli lekin telefonini ovozsiz qilib qoyma, keyinroq qongʻiroq qilaman

Duri: hop - ular hayrlashishdi va Duri YoonHoni orqasidan yugurib ketdi. U YoonHo bn birga ketdi

Bir necha Soatlardan soʻng Minho Duriga qongʻiroq qildi

📲 ~ ha Minho nima deysan

~ Yoonhoga tushuntirdingmi

📲 ~ ha lekin xatto meni ham gapimga konmayapti

~ ufffff endi nima qilaman

📲 ~ ozgina yalin. Bilasanku YoonHo seni yaxshi koradi, albatta kechiradi

~ kechirmasachi

📲~ kechirmasa battar boʻl. Kim senga qizlarni yuziga teg dedi?!

~ Duriyaaaa, bunde yupatishniyam bilmesana

📲~ boshida yupatdimku. ozing tormoz bosen menda nima ayb

~ meni tormoz demagan sen qoluvding

📲~ a senga yana bir maslahat Seokmin va Hanwoodan ham maslahat sora, ular ham YoonHoni juda yaxshi bilishadi

~ shu shartmikin

📲~ Yo shartmas, yuruvir sollayib

~ mayli hop aytganini qilaman

📲 ~ Mayli hayr

Qoʻngʻiroq yakunlandi.

Keyingi qoʻngʻiroq Hanwoo va Seokminga boʻldi. Minho ulardan uchrashishni soradi va ular rozi boʻlishdi. Ular kichkinagina bir cafegada uchrashishdi.

Hanwoo: ha Minho uchrashaylik degan ekansan.

Minho: Seokmin Hanwoo avvalo kelganingiz uchun rahmat. Bilasiz men YoonHo bilan urushib qoldim. Shuning uchun sizdan maslahat soʻramoqchi boʻldim.

Hanwoo: nime aynan bizdan

Minho: Hanwoo oʻzi shundoq ham asabim tarang, urushib ketib qolishimiz mumkin.

Hanwoo: mayli senga maslahat berishimiz mumkin. Men nimayam derdim, albatta hamma aybni oʻzinga agʻdaraman. Chunki haqiqatdan ham hammasiga oʻzing sababchisan. Men hech qachon sevgan qizimdan boshqasiga qolimni tekkizmasdim. U rashk qilish va ajralish uchun asosli sabab topgan.

Minho: hop uni asosli sababi bordir, lekin menda ham bunday sabablar bor😠. Men chidayapmanku sizlar bilan doʻstligiga, oʻgʻil bola bilan qiz bola hech qachon doʻst boʻla olmaydi

Minho

Hanwooni ham jaxli chiqa boshladi

Hanwoo

Hanwoo: o tupoy, san Liya bilan doʻst edinu, Shin Jihye, An Haneul, Jeon Jina, Song Jiyu Han Minsu yana qanchasini sanay. Men hozir faqat sinfdoshlarimizdan aytyapman. Pastki sinf oʻquvchilari va bizni maktab oʻqimaydiganlar.... Nima qiz bolaga mumkin emas, oʻgʻil bolaga mojnami... Hech qachon senga mumkin boʻlgan har bir narsa unga ham mumkin. Shuni hech qachon unitma. Keyin esa biz u bilan doʻst boʻlganmiz lekin bir birimizga bunchalik yaqin boʻlmaganmiz. Sen shunday qilishingni bilib undan biroz uzoqlashgandim, lekin sen iflos bunga loyiq emas ekansan. Yana menga aytchi u bizni maktab ilk bor kelganda sen qayerda eding, biz doʻstlashmasizmizdan oldin qayerda eding. Uni sogʻligʻi yomon boʻlganda kim u haqida qaygʻurdi. Uni kimdir xafa qilganda kim yonini oldi, sen oʻsha vaqtda qayerda eding. Uni boshqalardan kim himoya qildi. U sen emasding men va Seokmin edik, lekin sen hozir uninrashk qilyapsan. Nega oʻsha vaqtda rashk qilmading?! Biz uni bunchalik xafa qilmasdik. Shukur qil Men senga qoʻlimni uchini ham teqqozmayaman, chunki YoonHo seni sevadi va senga nimadir boʻlsa mendan ranjishini xohlayman. YoonHo seni sevar ekan uni boshqa xafa qilma. Men shunda boʻlsa ham u bilan gaplashaman faqatgina YoonHo qiynalmasligi uchun. Lekin bu xatto takrorlansa seni ayab oʻtirmayman.

Seokmin: men esa bunga qarshiman. Hozir hech birimiz unga gapirmaganimiz maqul. Unga ozgina vaqt beraylik, sen ham kechirin sorashni bas qil, uni oʻrniga unga yoqishi mumkin boʻlgan ishlarni qil. Oʻzidan oʻzi gapirib ketadi senga iliq munosabatda boʻlishni boshlasa " meni kechirdingmi" deb sorashni unutma.

Seokmin

Minho: tushundim

Minho

ㅡㅡㅡㅡㅡㅡㅡㅡㅡㅡㅡㅡㅡㅡㅡ

Tun 🌃
Sana: aka bir gʻalati gap eshtdim. nima rostan ham YoonHo onni va Minho oppa urishib qolishdimi

Sana. Seungmin va Sujinni singlisi. Ulardan 2 yosh kichik

Seungmin: sen qayerdan eshtding🤨

Sana: eshtimda

Sujin: ha shunday boʻldi

Suho: ular uchun afsusdaman, YoonHo onni menga yoqardi.

Suho. Ularni ukasi Sananing egzak ukasi

Suho: u hozir xafadir-a?

Sujin: ha kim ham xafa boʻlmaydi.

Sana: akam uchun imkoniyat ochildi 🤭

Seungmin: nima sen jinnimisan, men uni sevmaymanku😠🙄😔

Sana: nega axir chiroyli aqlli qizku

Seungmin: dunyda bunday qizlar koʻp nima endi men ularni barchasini sevib qolishim kerakmi.

Sana: hammasinimas shunchaki oʻzizga juft toping

Seungmin: YoonHo menga toʻgʻri kelmaydi, u meni idealim emas. Agar men kimdirni sevsam ham u meni idealimga toʻgʻri kelmas ekan, men sevgimdan vos kechaman. Idealga toʻgʻri kelmi keyin urishib yurishdan mano yoq. Qachonki qiz va yigit bir birini sevsa va xarakteri bir biriga toʻgʻri kelsa ular kelishib yashay oladi, aks holda yoʻq

Suho: hosh unda idealingiz kim?

Seungmin: unaqasi yoʻq

Sujin: yoʻq bor

Sana: iye hosh kim ekan, nimaga biz bilmimiz

Sujin: bu bizni sinfdagi Han Minsu🤭

Seungmin: unaqamas

Suho: asabiylashyapsiz, oʻzingizni noqulay his qilyapsiz demak aniq osha

Sujin: siring ochildi, tan ol!

Sana: uni tariflangchi🤭

Seungmin: u juda chiroyli, aqlli qiz. Oilasi ham bizni oilaga mos keladi. Kam gap, lekin maʼnoli gapiradi ovozi yoqimli. Urush vaqti ham norm ovozda gapiradi lekin bittada hammani oʻziga qarata oladi. U menga judayam mos. Ustigi ustak uni sevib qolganman, bizdan afsonaviy juftlik chiqadi🫣

Sana: nega unda aytmaysiz

Seungmin: bu oson narsa emas, men uchun😅 . Uni koʻnglida kim borligini bilmayman, avval aniqlashtirib olishim kere

Oradan vaqt oʻtdi. Minho Seokmin aytganidek harakat qila boshladi va bu ish berdi.
Fevral oyining oxirlari. Bugun Minhoni tug'ulgan kuni. YoonHo garchi hali yarashmagan boʻlasada allaqachon sovgʻa tayyorlab qoʻygan. U bugun Minho bilan yarashishni reja qilmoqda

YoonHoning bugungi koʻrinishi

Pov_YoonHo

Unga atalgan sovgʻam tayyor.

U tayyorlagan shirinlik, mochi 😋

Oh ular oʻzimga shunchalar yoqib ketyapti.🥰

U olgan krasovka, sovgʻaga

Men albatta bugun u bilan yarashaman. U judayam yomon ish qilgani yoʻq axir. Muhimi men uni sevamanku

ㅡㅡㅡㅡㅡㅡㅡㅡㅡㅡㅡㅡㅡㅡㅡ

Erta tong. Sujin maktab yoʻlagi boʻylab yurib borar ekan unga qoʻngʻiroq boʻldi.

📲~ Alo Sujin Yaxshimisiz

Ha Yohan oʻzingizchi

Lee Yohan. Sujinni oʻqish(repititor)dagi doʻsti

📲~ Sujin iltimos bugun maktabga bormang bugun biz bilan sayohatga boring. Axir bir kun xolos

~ Yohan men allaqachon maktabdaman

📲~ Ustozingizdan ruxsat oling

~ Lekin Akam....

📲~ Sujin hech bolmasa bugun. Koʻnglim sezyapti, bugun biz bilan boʻling

~ Mayli, ustozimdan soʻraychi

📲~ oooo, Sujin rahmat. Sizdan umidim katta

Qoʻngʻiroq yakunlandi.

~ kimga nima deb vada berding - orqaroqda kelyitgan Seungmin jaxl bilan soʻradi.

~ Aka, notoʻgʻri hayolga bormang, u shunchaki kursimdagi yigit holos

~ hoʻsh nima dedin unga

~ bugun ular Seulga sayohatga ketishyapti. Men borishimni aytdim - qatʼiy javob berdi Sujin

~ nima Seulni koʻrmaganmisan. Sal erkalasa bilganindan qolmaysang, senga yomon gapirishni istamiyman lekin oʻzing majbur qilasan

~ nega siz meni hayotimga hoʻjayinlik qilishiz kere. Men ham odamman oʻz hayotimda oʻzim yashashga loyiqman.

~ Loyiqmassan -deb uni qoʻlidan judayam qattiq ushladi. ~ Loyiqmassan, biz ota- onamizga munosib farzand boʻlishimiz kere

~ Loyiq boʻlomidigan nima ish qildim

~ Sen faqat oʻqishing kerak, ahmoq qiz. Oʻzingni faqat oilamiz uchun bagʻishlashing kerak

~ Ha chunki silar mendan judayam mukammal KELIN tayyorlamoqchisilar. Qaysidir oila bilan mustahkamroq aloqa qilish uchun menda foydalanasla - deb yigʻlab ketib qoldi

Sujin

Sujin jaxl va alam bilan maktab darvozasi tomon yoʻl oldi, lekin oʻziyam nega aynan uyoqqa ketayotgan bexabar edi. Yigʻlab ketayotib qiz bir narsaga koʻzi tushdi

Chekkaroqda bir yigit va qiz janjallashib turardi. Bu qiz uning sindoshi Song Jiyu edi. Qiz yigʻlar yigit esa unga tinmi baqirardi.

Yigit qizga qattiq tarsaki tushirib yubordi va osha vaqt Sujin uni oldiga yugurib chiqdi.

~ Bu nima qiganiz

~ Qizaloq men bu qizni akasiman

Song Jihoon

~ Men sizdan kimsiz deb soʻramayapman, bu nima qiganiz. Qiz bolani urush yaxshimi

~ agar u seni aytganini qimi, quyushqondan chiqsa bu tarbiyalashdir.

~ Sizzi nima haqqiz bor unga buyruq berib urushga. Mayli buyruq bering lekin bunaqa yuziga urmen. Agar siz himoya qilomasez singlizi, boshqala qanaqa munosabatda boʻlishini oʻylang. Agar shu qizga yana qoʻl tekkizsaz sizi oʻrnizga mani akam menga qoshib himoya qiloladi. Har holda unga buni kuchi yetadi - deb qizni qoʻlidan tortib ketdi

Pov_ Sujin
Hayriyat meni akam unday emas. Lekin men shunga ham noliman. Balki rostdan oʻqishim kerakdir. Yohanga qoʻngʻiroq qilib bugun bormasligimni aytib qoyaman. Avval Jiyu bilan haplashib oli.

Pov_Avtor

~ Jiyu akang nega senga bunday munosabatda.

~Aytishicha men oʻqimayotgsn ekanman. Hech tushunmayman yomon bahoga oʻqishni nima yomon tomoni bor.

~ u naxotki seni shuning uchun urdi

~ bu odatiy hol. Men judayam qaysarman. Oʻzim majbur qilaman. Oila aʼzolarim boshida menga yaxshi gapirishgan, lekin menda natija boʻlmagan, sekin asta urish yoʻliga oʻtishgan lekin buni ham taʼsiri boʻlmayapti

~ meni ham akam meni tinmay tergaydi, lekin urmaydi

~chunki sen yaxshi oʻqiysan. Men esa birorta fandan yaxshi emasman

~ men barbir uni bu ishini qoralayman. Ketdik sinfga

~mayli

ㅡㅡㅡㅡㅡㅡㅡㅡㅡㅡㅡㅡㅡㅡㅡ

Jiyoung: singiljon tezlashaqol maktabga kech qolosan

Yeseul: onni men tayyorman

Nam Yeseul. Nam Jiyoungni singlisi. 1-bosqich oʻquvchisi(yani boshlangʻich).

Kyungsoo: bugun maktabga bormeli

Nam Kyungsoo. Jiyoungni ukasi

"Nam Jiyoung ota onasi bilan yashamaydi. Ularni onasi oʻlgan. Otasi bilan yashashni istashmaydi. Jiyoung ukasi va singlisiga bosh. Ularga Jiyoung juda eʼtiborli. Hamma narsani Jiyoung boshqaradi"

Jiyoung: bunaqa gapla taʼsir qimidi, barbir boramiz

ㅡㅡㅡㅡㅡㅡㅡㅡㅡㅡㅡㅡㅡㅡㅡ

Bugun negadir hamma ukasi opasi akasi va yana kimdirlari bilan nirga ketyapti. Ular hech ham bir-biridan ayrilgisi kelmasdi.

Masalan Jina va Youngmin

Younmin

Yoki boʻlmasam Seokmin va Kyungmin

Kyungmin

Haerin va Yerin

Yerin

Sua va Sera

Sera. Oppasi yomon boʻlsa ham oʻzi juda yaxshi qiz

Darslar boshlandi. Oʻqtuvchilar xonasida esa bir nima boʻlyapti........

4-qism tugadi