March 21

Oq malika va Savdoyi

#02

- bu yer ko’rib turganingiz qadimgi Chin xoqonining ibotdatxonasi. Chin elidagi Yuang qabilasi boshi bo’lgan xoqon dindor bo’lgan tegan taxminlar bor shu boisdan u budda ibodatxonasini xar bir shaharu qishloqlarda qurdirgan toki o’z amakisi tomonidan o’ldirilmagunicha - ko’zoynaklarini yechib gapini tugatgan muallima qiz bolalar yoniga turib tog’dagi ibodatxonani kuzatishga kirishdi.

- ustoz nega u xoqondan keyin ibodatxonalar qurilishi to’tatilgan - o’spirin o’quvchilar orasidan biri savol berdi.

- bilishimcha xoqonning valiahdi bo’lmagan shu boisdan manashu ibodatxona qarshisidagi “Oq malak” ko’shki oxirigacha bittirilmay qolib ketgan  - muallima bolalarga tushuntirgan bo’lib boshqa chala qurilgan ahvoli vu ibotxonalarnikidan anchayin ayanchli bo’lgan ammo oq marmar ko’shki saqlanib turgan uzoqroqdan elas elas ko’rinib turadigan binoga imladi. - uyerda yolg’iz valiahd bo’lgan Chin malikasi dafn etilgan - so’zlariga qo’shib qo’ydi muallima.

Ayni shu oq marmar ibodatxona bugun doimgidek jimjit emasdi. Ibodatxona ichida tasvirga olish jamoasi, kameralar operatorlar yana bir qancha staff xodimlari o’z ishlarini bajarib yugurib yurishibdi. Ibodatxonaning tepa qavatida ayni bu yerga kelish sababchisiga maxsus xona tayyorlasharkan hamma jon xalaklab yurardi.

- u keldi tez bo’ling - staff xodimlaridan biri xonadagi hamma ishchilarni chiqardi. Tosh oyna qarshisidagi chiroqlarni yoqib xonani ancha tartibga keltirib oldi.

Tashqarida esa mashinasidan tushgancha bo’ylari uzun viqorli sochlari kumush tusdagi bir yigit atrofdagi xodimlarga qovog’ini solgancha kirib kelardi.

Hamma jim pichir pichir qilgancha yigit haqida gapirar ammo hech kim uni qarshisiga chiqolmasdi.

- bizni so’nib ulgurgan rock yulduzimizning

dimog’i buncha baland bo’lmasa - operatorlardan biri pichirladi. - karyerasi zavol topib ulgurganku uni nega hali ham burni osmonlarda.

Ishchilar shivir shiviri quloqlarga chalinarkan yigit ulagarga e’tibor bermay oldimlardi.

- Hoshi keldingizmi - offis kiymidagi bir yosh xonim yigitning yoniga shoshib keldi.

- bugungi suratga olish jarayoni uchun intervyuni ibodatxona yonveridagi eski bersangiz, hammamizga oson bo’lardi. - yosh xonim biroz jur’atsizlik bilan so’rarkan yuzlari so’lg’in menejer gapirdi.

- mayli bizgayam shu yerdan hamma ishimiz bitsa yaxshi.

- ho’p unda janob Jung siz men bilan yura olasizmi yulduzimizning grimi tayyor bo’lguncha siz bilan bazi narsalarni gaplashib olishim kerak edi. - yosh xonim menejerni o’zi bilan boshlab ketdi. Rock yulduzi bo’lgan Hoshi esa bir so’z demasdan jiddiy hammaga o’qraygancha shu yerda qoldi.

[Timeskip]

Kech allaqachon tushib ulgurgan suratga olish jarayoni yakunlanib, barcha intervyular ham tugagan. Ish kunidan charchagan Hoshi zerikib “Oq malika” ko’shki yonidagi kichik ibodatxonaga kirdi. Osori atiqalarga to’lgan bu joyni ibodatxona deb ham bo’lmaydikuya ammo boshqa so’z bilan atash ham to’g’ri bo’lmasdi.

Hoshi egasiz bu joyni jim tomosha qilarkan birdan chiroqlar o’chib lippilay boshladi, xona ichiga go’yo tuman cho’kkanday bo’lib sovib ketdi. Qorong’u g’irashilikda tap etdiyu masharabozdek turli tuman rangli kiyingan soch soqoli uzun qilib qizil yashil tasmalar bog’lab o’rib qo’yilgan bir boyi pastgina odam paydo bo’ldi.

- xush kelibsiz - ovozi kulguni qistatadigan darajada ingichka bo’lgan bu odam Hoshini cho’chitib yubordi.

Hoshi bu g’alati odamga sekin bosh chayqab qo’ydi.

Sotuvchi odam Hoshi buyumlarni ko’zdan kechiraversa uning yonida aylanib xirapashshadek tiqilaverardi.

- bu ajoyib Chin davridagi siyoh uning ifori, bu yapon islohoti davrida koreyaga olib kelingan bambuk tayoqchalar ularning shifobaxsh xususiyati bor, bular asl chinnilar ayni shu ibodatxonalarda xoqon kelganda ishlatilgan, bular eng sifatli naqd 700 yillik ipak matolari ularning qaqnus naqshlarini ko’ring, bular esa sizga aniq yoqadi eski chilton naqd chin xoqoni qasrida bundan foydalanishgan, bu esa xoqon ishlatgan xanjarla…r

- shunchaki tomosha qilmoqchiman tinchlikda - Hoshi tinmay mollarini unga tiqishtirayotgan sotuvchiga jiddiy gapirdi.

- yaxshi, yaxshi tomosha qiling - Savdogar norozi yuz bilan qoshlarini ko’tarib asta uzoqlashdi Hoshidan.

Hoshi esa tinchib qolgan do’konni ichidagi har bir buyumni diqqat bilan kuzatardi.

Har bir suratlar-u, keraksiz naqshlardan tortib ko’z yugurtirib chiqqan yigit bir usti berkilgan xum yoniga kelib to’xtab qoldi.

(Xum - bu ko’zaning yirik hajmlisi)

Xum qizil loydan pishitib ishlangan usti yaltirab turardi. Xumning qornida huddi duoga o’xshatib eski xitoy yozuvida irogliflar yozilgan, xum og’zida qizil ipak bog’ich bor, qopqog’i tillarangli qaqnus naqshiga ega va qandaydir to’g’nog’ich bog’langan bo’lib ko’rinishi bu do’kondagi eng o’zgacha narsa edi. Balki bu Hoshining ko’ziga shunday ko’ringandir.

- bu buu - Hoshi tomog’iga tiqilgan bir narsadan negadir gapira olmay ko’zlari yoshlanib ketdi.

- bumi… - savdogar boyagi Hoshini qo’rsligiga javoban e’tiborsizlarcha gapirdi - bu oddiy qizil xum xolos.

- men shuni olaman - Hoshi o’zi bilmay aytib yubordi. Yigit o’ziga tushunmay nima dedim deb so’roqlarkan huddiki ichida yana bir odam boru uni eshitmasdan gapirishda davom etyabdi - qancha bo’lsa ham.

- albatta men sizga hozir buni joylab beraman mashinangiz bormi? - savdogar vanihoyat mollini kimdir sotib olayotganidan shodlanib qanot chiqarib uchib ketayotgandek bo’ldi aksincha Hoshi esa ichidagi va tilidagi odam bilan kelisholmay jim qoldi.

Sopol xum.


Kechki shaharning shovqinida uyga kelgan so’nib borayotgan yulduz horg’in o’zini divanga tashladi. Qo’l telefonini olib ijtimoiy tarmoqqa kirarkan, unga kelayotgan tinimsiz xatlar-u bazi birgi yomon ma’noli gaplarni ko’rib ko’ngli og’ridi.

- la’nati - beixtiyor tilidan chiqqan so’z bilan Hoshi telefonni o’chirib xonasining bir chetiga otib yubordi. Keyin esa qaysi aqli bilan sotib olgani o’ziga ham ayon bo’lmagan bu eski xumga qarab turib ko’zlarini yumdi. Kipriklar tutashdi huddiki taqdirlar misol.

Tongi soatlar kech ochiq qoldirilgan derazadan qishning hali ketmagan mart sovug’i kirib xonani sovutib yuborgan, g’ira shiralikda jimjit qolgan xonaga qaraydigan bo’lsak unchalik kichik ham emas katta uyning kirish eshigi, mo’jaz hovlidagi bog’ni, oshxona va qo’shimcha yana bir xonani, zinalar bilan boshlangan ikkichi qavatdagi yolg’iz bitta xonani ulagan. Yuqori qavatdagi xona uyning barcha qismini egallagan bo’lib Hoshining mashq xonasi edi. Pastga esa qo’yilgan uzun keng divan yigitning yotog’i, chap tomonda yuvinishxonalar va o’ng tomonda oshxona bor. Bu keng zalning esa bir tomon oynasi uyning orqa qismidagi kichik bog’ga shafof derazalar bilan ulangan. Hajmi unchalik katta bo’lmasada juda qulay qurilgan bu uyda Hoshi bir o’zi yashaydi shu bois ayni hamma narsasi sochilgan, alg’ov dalg’ov, musiqa yozish xonasi eshigi lang ochiq simlar turli asboblar tartibsiz sochilib yotibdi, katta zal ham yigitning kiyimlariga to’la, oshxona biroz tartibli sababi yigit uydan hech ham ovqatlanmaydi, orqa hovli esa qarab qo’ygulik emas, hech narsa talab qilmaydigan pushti xrizantemalar ham qurib qolgan, boshqa o’t o’lanlar allaqachon bahor kelishiga qaramay yashnagan emas balki tobora o’lib ketayotgandek.

Uy go’yo g’urbatga to’lib ketgan sovuq muzdek bo’lib qolgan biroq yuz bergan keyingi xodisa barini o’zgartirib yubordi.

G’ira shira qorong’ulikda xum ichini porlagani butun uyning burchak burchaklarigacha yorishib ketishiga sabab bo’ldi. Xumning sopol qopqog’i ochildiyu yerga tushib qarsillab ketdi.

- yo’q iltimos, oh hayriyatki sinmabdi - yoqimli ovozda sekin aytilgan so’zlar hayron nigohlar bilan davom etdi. - men qayerdaman - so’roqlar bu so’zlarga qo’shildi.

Chin xoqoni qasrida yashagan malika uchun bu uy haqiqatda eng g’ayri tabiiylik edi. O’zini boshqa joyga tushib qolganidan hayratda qolgan Rin jim yerga o’tirib qoldi.

Rinning uzun etakli ko’ylagi polga sudralib o’ziga Hoshining sochilib yotgan kiyimlarini ilashtirib yuborarkan Rin bulardan jig’a biyron bo’lib ularni bir joyga yig’a boshladi. Norozi yuz bilan asta yorishib borayotgan uyni kuzatarkan uy ko’ziga umuman chiroyli ko’rinmasdi.
- bu qanday joy o’zi - Rin atrofni aylanib aqliga bu joyga qanday nom berish hech ham kelmasdi.
- o’sha sehrgarning nimadir qilishiga ishonmagandim ham o’zi - Rin Syugooni xum ichiga kiring deganini eslab xo’rsinib qo’ydi.
Yana oldinlab uyni ko’zdan kechirishga tushdi. Uni e’tiborini uy to’liq yorishib ulgurgach katta divan qarshisiga qo’yilgan televizor tortdi. Televizor sensorli bo’lib Rin unga yaqinlashganda ishlab ketdi. Ekranda Xitoy milliy jang sanati tasviri aylanarkan ekran tomonidan ko’tarilgan shamshir Rinni cho’chitib yubordi. Rin qo’rqib ketib televixorni chetidan qattiq surgandi zo’rg’a ilinib turgan televizor yerga tushib chil-chil bo’ldi. Televizorning singan ovoziga qo’shimcha bo’lib eshitilgan Rinning chinqirig’i qotib uxlab yotgan Hoshini ham uyg’otib yubordi.
- sen kimsan? - Hoshi sochlari to’zg’ib qizni so’roqqa tutdi.
- aaaa o’zing kimsan - Hoshining notabiiy ko’rinishidan qo’rqib yana qichqirib yubordi Rin.
- la’nati bu endi nimasi bo’ldi? - Hoshi og’zi yerda yotgan xumga qarab hech narsaga tushunmay qoldi.

Malika Rin.

2 - qism tugadi.

Yoqimli mutolaa. O’z fikringizni komentda albatta bildirib keting!

Yozuvchi: #Entahi

Kanal: Hoshizora Tales🧧