June 30, 2025

AiSHITERU

#02

//***\\

*23 yil avval

Tongi quyosh xona pardalaridan o’tib beshikda yotgan go’dak yuzi uzra bo’salar yubormoqda. Go’dak quyoshga erkalanib ko’zlarini ochdi, atrofga kichik nazarlari bilan qaray boshladi.

… men uddaladim. Men qayta tug’ildim! Endi tanasiz ruh emasman!

Seorin kichik qo’llarini havoda harakatlantirar, yuzlari quvonchdan yorishib ketgandi.

/ 7 yildan so’ng /

Kichik gullar to’lgan bog’. Bog’ o’rtasida yoshi taxminan 7 yoshlar chamasida bo’lgan mitti qizaloq zangori tusli ko’ylaychada jim sokin sukut bilan bog’ gullarini birma bir ko’zdan kechiryabdi. Tush bo’lganini bildirib turgan yerdagi quyosh soatida qarab qo’yarkan yuragi biroz bezotalana ketdi.

… ayni shu kun mening hayotimdagi tinch kunlar tugaydi. Tug’ilgan kunimdan ikki kun oldin otam uni olib keladi go’yo memga sovg’a sifatida o’z qotilim menga tuxfa qilinadi. Otam Jeonghanni sovuq o’lkalar qochqinlarini qatl etib qaytayotganda yo’ldan topib olgan boshqa hech qanday narsa menga ma’lum emas buning sababi esa Jeonghanning taqdir kitobi yo’qligi. Bilgan yagona narsam uning atrofida bo’ladigan barcha Jeonghan tomonidan o’ldirilishidir toki muzli o’lkalar qasri ishg’ol etilmaguncha. Bu katta qirg’indan so’ng bo’lgan ishlarni ko’rish menga mumkin bo’lmagandi. Umuman aytganimda ayni qirg’indan so’ng Jeonghanga nima bo’lishini ko’rmoqchi bo’lganim uning taqdir kitobini oxtarganim meni “Yume-no-shime” dan haydalishimga sabab bo’lgan. Buni eslashni hech ham istamaganman shu sabab bular haqida ko’p gapirmayman!

Sekin o’rnimdan qo’zg’aldim ayni damda men otamni kutish uchun chiqishim kerak. Qadamlarimni istamay bosmoqdaman. Bog’dan kichik qasrimizning kirish qismi tomon odimladim. Eshikni ochgan xizmatchilar soxta kulgancha menga tabassum qilishmoqda ularning yuziga qarashni istamayman. Bu menga og’riq beradi har gal boshqa odamlarning nigohlari bilan to’qnashsam ularning ayanchli o’limlari qayta menga ko’rinadi, bazi odamlarda esa nafaqat o’lim balki ular qilgan eng yovuz ishlar ham ko’rinib menga ozor beradi. Men sovuq ruhman menda odamlarniki singari nafs tuyg’usi yo’q umuman olganda hech qanday tuyg’u yo’q bari shunchaki muzlik, sovuqlik, bo’shlik…

Temir hoshiyali eshiklardan ichkari tomon kirdim. Tanish soatlar yaqinlashmoqda ayni vaqtida menga qarshi eshiklar ochildi. Egnida qimmatbaho kiyimlar va qirol tomonidan berilgan yangi nishon bilan otam bo’lmish o’sha inson kirib keldi. Gersog Nyam-Gil zamonidagi eng katta lo’ttiboz, piyolista, laganbardor zolimlardan biri. Yuzidagi tabassumi shunchalik ifloski unga qarashni istamayman. Nigohlarimni yerga tushirib sekin unga tazim qildim.

- oh mening go’zal qizim - Gersog keng quchoq bilan qizini quchib qo’ydi.

- xush kelibsiz ota.

- sening ahvollaring qalay ancha tuzalibsan shekilli xastaliging uzoqqa cho’zilmabdi bu meni shod etdi. - Gersog ketar chog’ida o’lsa kerak bu deb ketgan qizining sog’ligidan hayratlanganini yashirmadi ham.

- ha ota hozir hammasi yaxshi - qisqagina javob berib qo’ya qoldi. Seorin.

- bilasanmi qizalog’im senga nima olib keldim qara buni - bir necha zina pasga tushgan gersog qo’llarida zanjirlar bog’langan yuz ko’zi qizarib shilingan oltin oq rangli uzun sochlarga ega ko’zlari moviy o’zi ham moviy muz singari sovuq yoshi taxminan 8-9 balki undan ham kattaroq bo’lgan yigitchani ko’rsatdi. - qizalog’im bu senga tug’ilgan kuning uchun sovg’a u sening quling bo’ladi. Jeonghan.

- sovg’angiz uchun rahmat! ammo ota menga qulning keragi yo’q uni boshqa yoqqa jo’nating - Seorin ilk qarshiligini qildi.

- ahh odobsiz qiz senga sovg’a bersam qarshilik qilmay qabul qilishing kerak. Hech qanday gap so’zlar yo’q u seni quling bo’ladi ha yana bir narsa buni ol - gersog Seoringa kichik huddi Jeonghanning ko’zlari singari o'tkir yorqin toshi bo’lgan kulon tutqazdi.

- Seorin qizim bu kulonni ataylab alkimyogarlarga yasattirdim u orqali sen quling Jeonghanni istaganingcha boshqarasan, buning uchun uni shunday siqsang kifoya kulon va Jeonghanning yuragi o’rtasida bo’lgan zanjirlar harakatga kelib unga kuchli og’riq beradi - Gersog so’zlarini ko’zlari qorayib aytdi va kulonni siqdi. Shundoq ham xasta zaif holda bo’lgan Jeonghan bundan battaroq qiylanib yerga yiqildi…

Timeskip/

Tunning yarim qismi o’tib ulgurgan. Pastki qavatdagi afsun xonasi eshiklari ochildi. Qo’lida kichik qog’oz va sehrli tosh bilan chiqqan Seorin atrofni tekshirgandek bo’lib uyoq buyoqqa qarab qo’ydiyu yangi qulining xonasi tomon odimladi.

… bugun buni qilaman albatta undan qutulaman. Hozir ilk bor o’z kuchimni ishlatdim to’g’ri bu haqda otam xabar topsa meni jazolashi aniq keyingi taqdirimga ham bu albatta ta’sir qilmasdan qolmaydi biroq agar Jeonghanni ketkazib yubora olsam o’lmasligim mumkin axir.

Otam menga sovg’a deb bergan qulini otxonaga joylashtiribdi asta uning yoniga kirdim otlar orasida somon ustida terga tushgancha alahsirab o’lar holatda yotgandi. Uning yoniga borib biroz o’ylab qoldim. Qo’limda otam bergan kulon balki hozir uni shu bilan o’ldirsamchi. Menimcha bu ish beradi u hozir juda zaif.

Seorin kulonni bo’ynidan sekin yechib oldi. Unga bir muddat jim termulishni maqul ko’rdi shekilli harakatsiz qoldi. Ongida charh urishni boshlagan o’ylar uni holsizlantirib qo’ymoqda Seorin bunchalik chuqur o’ylay olmaydi unda inson kuchi yo’q axir. Barmoqlari oldinga harakatlagan ko’yi kulon atrofida aylandi u qilmoqchi barini buyuk qirg’inlarni tugata olishini bilib turibdi balki uning hayoti ham shundan so’ng o’zgarar yangi sahifalar u uchun ochilar…

Seorin kulonni siqdi Jeonghan ingrab yubordi u yaqin o’lishga ammo kulon birdan bo’shatildi. Seorin Jeonghanning yoniga cho’kkaladi unga ko’zlarini ochib ochmay qarab turgan yigitchaning ko’ksiga o’zi alkimyo bilan yaratgan hayot toshini bosdi. Qog’ozda yozgan afsunni o’qidi. Sovuq ot xona kichik ruh qilgan ilk afsun sabab yorishib ketdi. Hayot afsuni Seorin tomonidan qo’llangan ilk afsun bo’ldi va bu afsun uning kelajakdagi o’z qotiliga atab qilingandi.!

… men odam emasman nimayiki yaxshilik bo’lmasin tirik jonni o’z qo’lim bilan so’ndirolmas edim. Hozir bilaman afsun qo’llashim butun hayotimga zarar yetkazadi hattoki otam bu uchun meni jazolar ammo men buni qildim sababi qalbimdagi o’sha joy shuni buyurdi garchi Jeonghan mening jonim oluvchisi bo’lsada.

Seorin o’ziga kelishni boshlagan Jeonghanning ko’zlariga qaramay tik turdiyu qo’lidagi kulonni yigit tomon uzatdi.

- ol buni endi soppa sog’san senga hayot toshini berdim bu bilan bir necha 10 yillab kasalliksiz hattoki och holatingda ham yashay olasan. Endi esa buyerlardan qochib ket hozir hamma bazmda sen qochsang buni bilishmaydi ham. Joningni qutqar - Seorin so’zlarini donalab aytib ortga burilib ketib qoldi.


Timeskip/ 1 haftadan so’ng.

… aytganimdek ham bo’ldi o’sha kechaning o’zidayoq otam alkimyoni ishlatganimdan xabar topdi. Darhol meni so’roqqa tutdi unga javob bermaganim uchun bir haftalik jazoga mahkum etib qasrimizning zimdoniga tashladi. Bir hafta davomida hotirjam yotdim to’g’ri och nahor edim butkul holsiz qoldim bu bir tomondan odam emasligim bilan bog’liq bo’lsa bir tomondan alkimyoda kuchli afsundan ilk marttada foydalanganim sabab edi. Hozir o’zim yura olmayabman. Xizmatchilarimizdan biri meni ko’targancha xonamga olib ketyabdi. Atrofdan bexabarman ammo qalbimda Jeonghan ketgan degan o’y barq urarkan faqatgina xursand edim. Yotog’imga qo’yishdi oxirgi eslaganim yonimda tovlangan oq tusli sochlar edi nahotki…


Kuning yarim qismi quyosh ufqdan ko’tarilganiga ancha bo’lgan. Zaminni bag’riga olgan mayin shabada qasrning eng baland xonasi pardalaridan ichkariga o’g’rincha nazar tashlayabdi. Jussasiga nisbatan katta yotoqda yotgan qiz go’yo murda kabi. Nafas olayotgani deyarli bilinmaydi tana harorati ham odatiy insonlarnikidek xonaga issiqlik bermayabdi. Har zamon pirpiraydigan kipriklargina uni murdadan farqlab turibdi.

Qizning yonida unga boqib turgan ko’zlar g’am aralash quvonch ila yorqinlashgan bir kezda Seorindan sado kela boshladi. Ko’zlarini ochgan Seorin shundoq qarshisida unga tabassum bilan qarab turgan Jeonghanni ko’rib jim qoldi. Sukut xonada hukmron cho’mdi.

- qo’lingni ber - Seorin xasta ovozda Jeonghan tomon qo’l uzatdi. Keyingi soniyalarda qizning ongida bo’shlik aralash qaynoq tuyg’u jo’sh urdi. U ko’ryabdi Jeonghanga tekkanida nimanidir ko’ryabdi. Balki ro’yodir, balki haqiqat ammo ilk bor qiz necha yillab qiziqqan shu mash’um taqdir boshchisi bilan bog’lanishga erishdi. Tasvirlar aqlda gavdalansada ulardagi ma’noni tushunmagan qiz sukut saqlashni davom etdi.

… ko’zlarimni ochdim va men bilan o’sha moviy o’tli qaynoq nigohlar to’qnash keldi. U ketmabdi ammo nega? Ongim to’la savollar unga berishni istadim ammo bir tomondan istamadim ham shunchaki bo’shlikla unga ilk bor tegindim. Sovuq ruh noma’lum birlikka tegindi. Odatda odamlarga teginsam ularning barcha qilgan ishlarini ko’raman. Buni yuqorida aytgandim to’g’ri ammo to’liq aytish yodimdan ko’tarilibdi. Sovuq ruhman doim aytadiganimdek shu boisdan insonlardan farqli o’laroq menda xotira yo’q odamlarning taqdirini bilishim uchun avvalo ularning ismlarini bilishim kerak. Nigohlariga qarab bilolmaysanmi deyishingiz mumkin ammo nigohlarda menga faqat o’lim ko’rinadi. Ammo teginish – bu ularning kelajagi balki hayotining eng kerakli qismini ko’rsatuvchi harakat.

Jeonghanni odam deb bilardim ammo hozir ayta olamanki u oddiy odam emas men uchun yot notanish bo’lgan noma’lum birlik… menda ruh bor odamlarda ham tana ham ruh ammo Jeonghan unda bularning ma’nosi yo’q. Sababi nigohlari bo’sh, taqdiri noma’lum, teginish ma’lumotsiz aniqliksiz tuman misoli. Demak bundan chiqdiki men ruh sifatida qayta o’lmaslik uchun Jeonghandan uzoq bo’lishim kerak yoki boshqa yo’l tutaymi? Ammo men buni bilolmayman hu uchun zaiflik, ojizlik qilaman. Mash’um taqdir bilan to’qnash kelmaslik uchun esa shunchaki jim sukut saqlayman…

Seorin sukutlari orasida qarshisidagi Jeonghanga termulishdan boshqa hech qanday harakat qilmadi shunchaki tumanda qolgan ongi og’riq berishga tushgan bir kezda baridan vos kechib bo’sh unga begona bo’lsada hozircha azob bermaydigan ma’nosiz nigohlarga termulishni tanladi. Ko’zlarini qayta yumdi barmoqlari bo’shashib tutib turgan iliq kaftlarni qo’yib yubordi.



2-qism tugadi.

"𝖬𝖾𝗇 𝖻𝗎 𝖿𝖺𝗇𝖿𝗂𝖼𝗇𝗂 𝖺𝗏𝗏𝖺𝗅 𝗈'𝗊𝗂𝗀𝖺𝗇 𝗆𝖺𝗁𝗏𝖺𝗆𝖽𝖺𝗇 𝗂𝗅𝗁𝗈𝗆𝗅𝖺𝗇𝗂𝖻 𝗒𝗈𝗓𝗒𝖺𝖻𝗆𝖺𝗇. 𝖬𝖺𝗁𝗏𝖺𝖽𝖺𝗀𝗂 𝗈'𝗑𝗌𝗁𝖺𝗌𝗁 𝗌𝖺𝗁𝗇𝖺𝗅𝖺𝗋 𝖿𝖺𝗇𝖿𝗂𝖼𝖽𝖺 𝖻𝗈'𝗅𝗂𝗌𝗁𝗂 𝗆𝗎𝗆𝗄𝗂𝗇. 𝖸𝗈𝗊𝗂𝗆𝗅𝗂 𝗆𝗎𝗍𝗈𝗅𝖺𝖺"

𝖸𝗈𝗓𝗎𝗏𝖼𝗁𝗂: #𝖤𝗇𝗍𝖺𝗁𝗂

𝖪𝖺𝗇𝖺𝗅: 𝖧𝖮𝖲𝖧𝖨𝖹𝖮𝖱𝖠 𝖳𝖠𝖫𝖤𝖲🧧