March 20

Oq malika va Savdoyi

#01

__Buyuk Xitoy devori ostiga to’kilgan qonlarning barin bir tomon tashlayman, faqatgiga dunyoda sen baxtli yashasang bas…

//***\\

Buyuk Xitoy devori singari ulug’ va salobatli saroy ayni ko’hna Xitoyning qoq yuragi Lyanseyda asrlar davomida qadroslab kelgandi. Biroq oxirgi Yuang urug’i xoqonligida saroy poydevorlari yemirila boshladi. Qaroqchi, ko’chmanchilar qayta qayta uyushtirgan bosqinlar natijasida urug’ boshi Yuang Anszi og’ir hastalandi hasta xoqon o’z qardoshlari tomonidan xiyonatga uchradi….

Qon isi anqigan saroy. Yo’laklarda Yuang urug’i xizmatchilari chavaqlangancha yotibdi. Yelkasida o’q sanchilgan sarkarda Xua Zhang yo’laklar bo’ylab yugurmoqda. Qon tomchilari tomob turgan qilichi havoni kesgan ko’yi qarshi turuvchi kuchlarni mafh etar, sarkarda xoqon xos xonasiga keldi. Tilla naqshlarla ishlangan yirik eshikni ochdi. Qadamlar xoqon tomon odimladi.

Tilla zarla ishlangan marmar pollarda qon oqishni boshlar, oltin devorlarda akslangancha valianhd so’ngi sulola tirik malikasi Yuang Chie Rinning yig’i ovozi qaytmoqda.

- otaa iltimos o’lmang otajon otaa - voyaga yetgan allaqachon yetuk tashqi ko’rinishga ega malika Rin xoqonning xasta qo’lini ushlab aslo qo’yib yubormasdi.

- Xazrati oliyalari ketishimiz kerak. - zirhli kiyimlar bilan kelgan askar malika tomon qo’l uzatdi.

Malika shoshib qolgan, hasta otasini tashlab ketishni istamas, uni himoya qilishni bo’yniga bog’lagan askar esa majburan bo’lsa ham hozir bu yerdan valiahdni olib ketishga shaylanardi.

- yo’q qo’yib yubor meni ketmayman! Aslo otamni tashlab ketmayman. - Rin qat’iy qarshilik qilishga o’tdi.

- malikam bo’lmaydi ketishimiz kerak buyerda qola olmaysiz o’tinaman malikam men bilan keting - askar yana qayta yerga tiz cho’kib malikaga yalinishga tushdi.

- tushunsangchi otamni qoldira olmayman buyerda - dedi Rin yig’idan so’zlari bo’g’ilib.

- malii..kam - qirol zoti oliylari shivirladi. Buni eshitgan Rin otasini qo’lidan tutdi. Unga mushtoq ko’zlarini qaratarkan qirol qayta so’zga kirdi - keting bu yer..dan! O’zingizni va sulolamizni fa…aqatgina shunday asray olasiz - qirolning so’ngi so’zlari zo’rg’a chiqarkan yig’i aralash qarshilikla turgan malika unga zo’rg’a qarshilik qila olardi. - olib ket uni….i askar - so’ngi so’zlarning yakuni malikani yelkasiga joylagancha saroydan chiqib ketgan askar qadamlari bo’ldi.

Askar to’xtamasdan yurgancha malikani opichlab oti tomon olib bordi. Malikani otga mindirgach o’zi ham ortdan joylashdi. Oq qanotlar ila uchgan uchqur tulpor olg’a intilarkan yarim ko’ngil malikaning bor yog’i ortda yarmi qismi bosib olingan saroyda qolib ketayotgandi. Ko’zlari tinimsiz yoshlanayotgan malika to’xtovsiz harakatla qamalga uchratilib deyarli yo’q qilinayotgan sulolasi taqdiriga achinib kuyardi.

Malika Rin

Tulporning tuyoqlari yo’lda yongan ko’yi tezlikla saroy bag’ridan uzoqdagi yakka ko’l oldi qishlog’iga yetib keldi. Askar darhol otdan tushib malika tomon qo’l uzatdi.

-malikam yetib keldik.

Rin askarga ergashib uning ortidan ketdi. Askar yigit eski uylardan biriga kirib malikani yashirin lahm tomon boshladi. Ortdan taqib ovozi kelmoqda malika havotirda biroq undanda ko’p askar ziddiyatli vaziyatda.

Lahm oralab ketgan ikkisi o’zlariga noma’lum notanish bir o’rmon qismini qarshi olishdi.

- bu yer qayer Syugo - Rin biroz havotirla so’roqladi askar yigitni.

- zoti oliyalari biz qadimgi sehrgar Juwonning kulbasiga keldik. - ma’lum qildi Syugo.

- sehrgar Ju - Syugo o’rmon kabi bo’lgan hovlini aylanib sehrgarni chaqirishga tushdi.

Rin atrofga so’roqli nazarlarini tashlab turarkan aynigi vaziyatga hech tushunmasdi. Bir necha yillik otasining sodiq askari Syugo avval hech ham qiz eshitmagan qandaydir sehrgarni izlayabdi.

- Syugo menga bu yer yoqmayabdi. - Rin notinchlik bilan so’zladi.

- zoti oliyalari avvalo meni avf etasiz ammo sizning havfsizligingiz uchun biz bu yerdamiz. - Syugo sehrgarni chaqirish bilan bir vaqtda malikaga bosh ekkancha ahvol haqida tushintirgan bo’ldi.

- yaxshi.. - garchi ishonqiramagan bo’lsada Rin qabul qildi.

Shu vaqtda tinch hovli qismida shamol turdi, quloqlarga xushyoquvchi mayin nay kuyi ostida oy nurida jilovlanib bir noaniq figura paydo bo’ldi.

Rin ham Syugo ham hayron bu jismga boqarkan kumush ipli kiyim bilan ular qarshisiga shamoldek yelib bir inson chiqdi.

- xazrati oliyalari - erkak bosh egib Ringa tazim qildi. - men davrimizning sehrgari sizning endigi qo’riqchingiz Ju Wong Yue bo’laman.

Sehrgar so’zlarida jilvani yo’qotmasdan, noziklik bilan dedi.

- Sehrgar Ju men sizlarni tashqaridan himoyalayman siz esa zoti oliyalariga ko’z quloq bo’ling - askar yigit bosh egib malikaga tazim qildiyu ortga jo’nadi. Rin esa ayollardanda nozik bu sehrga taajub bilan qarab qoldi.

- malikam qani mening ortimdan yuring - Sehrgar tig’iz vaqtni boy berishni istamay Rinni oldinga boshladi.

Rin g’ayri oddiy idishlar va buyumlar bilan to’lgan xonaga qadam bosar ekan atrofdagi asori-atiqalar qizda qiziqish uyg’otmay qolmasdi.

- demak malikam sizni taqib etayotgan murtantlardan himoyalashim kerak. Bu qiyin bo’ladi. Aslini olganda bir yo’li bor. Ammo u sizga noqulaymi deb o’ylayman. - Juwon Rinni miyasini biroz og’ritib bir nimalarni gapirarkan qiz uni eshitsada hech tushunmasdi.

- boshqa yo’lim yo’q qani buyoqqa keling malikam. - Juwon Rinni yetaklab kelib xonaning eng to’rida joylashgan bir usti naqshinkor ko’zaning yoniga olib keldi.

Rin bu ko’zadagi qaqnus qushi ramziga mansub naqshlarga mahliyo bo’lib qolgan, sehrgar esa xona bo’ylab timirskilanib nimadirlarni axtarib yuribdi.

- mana topdim - qandaydir kichik temir butumni ushlab kelgan sehrgar malikaga qayta yuzlandi. - buni oling malikam

- bu o’zi nima? - Rin qo’l tekkizishga biroz qo’rqib so’radi.

- olaqoling malikam bu shunchaki oddiy sizga yo’l ko’rsatuvchi soat, kompas - tushuntirgan bo’ldi Sehrgar. Rin garchi tushinmagan bo’lsada yo’l ko’rsatuvchi deya qabul qilib kompasni oldi.

- endi malikam bu sopol ko’zaning ichiga kirishingiz kerak. - keyingi so’zlarini dadil ma’lum qildi Juwon.

- nima? Aqldan ozdingmi? - Rin darhol rad etdi bu g’alati taklifni.

- uff malikam talmovlanmang hozir bizning vaqtimiz kam menga ishoning bu sopol ko’za sizni himoyalay oluvchi siz uchun eng bexavotir joyga olib boradi qani malikam dadil bo’ling - sehrgar keyingi harakatlarida yanada Rinni oldinga boshladi.

Rin garchi bu narsaga ishonmasada sehrgarni aytganini qila qolishni maqul ko’rib ko’za ichiga tushdi qo’lida kompasni jim tutib turarkan ko’za qopqog’i yopildi. Zulmatda qolgan malikaning hushi sekinlika uchdi….


Oq Malika va Savdoyi

1-qism tugadi.

Yoqimli mutolaa. O’z fikringizni komentda albatta bildirib keting!

Yozuvchi: #Entahi

Kanal: Hoshizora Tales🧧