Mening Narkotikim
Unchalik katta bo'lmagan bino qarshida turgan yigit jig'a biyron bo'lgancha o'ziga kerakli insoniga qo'ng'iroq qilardi. Ammo javob yo'q...
- ehh negayam bormadima endi shunday arazlab qachongacha yurishini hech kim bilmaydi, bunisi 498 - si bo'ladi kechadan beri shuncha qo'ng'iroq qildim 997 ta xabar jo'natdim hattoki xabarlarni ochib ko'rgani ham yo'q bu qizni nima qilish keraga﹣- Jimin chuqur uhh tortgancha yerni tepib mashinasiga jahl qilib mindida yana Seulga qarab yo'l oldi.
Oynavand xona. Derazalardan kirib turgan shabboda sokin pianina ohanglari ostida nafis ammo anchagina keskin harakatlarni amalga oshirgancha oynalar yonidagi tutqich uchun qilingan yog'ochga oyoqlarini qo'ygancha mashq qilayotgan qiz yana bir qo'ng'iroqni e'tiborsiz qoldirdi.
- hih qachonki 1000 ta qo'ng'iroq 500 ta xabar bo'lsa keyin o'ylab ko'raman. - Mire telefoniga qarab kulimsirab qo'ydida mashqlarini davom ettirishga kirishdi.
Ehh sevgilim sevgilim meni shuncha yildan beri tanib turib qandayligimni hali hanuz yaxshi bilib olmadingaa. Seni ilk uchratgan kunim esimda piyodalar yo'lagida huddi meni birinchi martta ko'rib turgandek tutganding o'zingni. Aslida meni ortimdan yurganingni o'sha kuni juda yaxshi bilganman ammo sen uchun men ham o'zimni bilmaganlikka olganman.
Bugun ham bu qizning ortidan kuzatyabman nima qilgan taqdirda ham undan ismini so'rashim kerak. Jimin qo'lidagi gulni bir hidlab yo'lda qo'shiq hirgoya qilib ketayotgan Mirening ortidan yurishda davom etdi. Jimin Mireni anchadan beri kuzatib yuradi u Mireni ilk bor balet maktabiga loyiha tufayli borganda ko'rib qolgan va uni sevib qolgandi.
Jimin shundan so'ng uni ortidan faqat kuzatib yurardi. Hozir esa Mire ortidan anchadan beri kimdir yurganini sezib turib ortga burilidi. Jimin ham uni burilganini ko'rib ko'zoynagini taqib olgancha boshqa tomonga qarab uni ko'rmaganlikka oldi. Uning qilig'idan Mirening biroz jahli chiqdida o'ylab turib Jimin atrofga alanglayotgan paytidan foydalanib bekinib oldi.
Jimin ham Mirega ko'z qirini tashlarkan u yo'q hayratlanib ko'zoynagini yechgancha uyoqdan bu yoqqa qaragancha Mireni qidirakan Mire Jiminning qiliqlaridan kulgancha uni yashirincha kuzatardi. Jimin yo'lakdan o'tib Mireni qidirar ekan Mire Jiminning to'g'risidan chiqib unga sinchiklab qarab turib unga salom deb qo'l uzatdi. Jimin ham uning muomalasidan anchagina yelgillashib unga qo'l uzatdi ular shu tarzda tanishib olib sevishganlarga aylanishgan.
O'tgan ikki kundan beri hayollarini jamlay olmay parishon bo'lib yurgan Jungkook Miizumining gaplarini hali hanuz hazm qilolmasdi o'zining tinchlantiruvchi dorisidek bo'lgan qiz unga men boshqa birovnikiman deb turibdi bundan Jk shunchalar asabiylashardiki hatto yon atrofida sevgilisini o'zida olib qolish uchun girdi kapalak bo'lib yurgan Minaga ham e'tibor bermasdi.
Mina qanchalik urinmasin yillar davomida faqat suratga qarab Yonaga bo'lgan hirs va hislarini qanoatlantirgan yigitning o'z hislari boshqaruvi qo'lidan chiqqan edi. Jk ayni damda hislarning boshqaruv chegarasining chizig'i yonida turibdi bir harakat yoki so'z tufayli uni chegaradan chiqarish mumkin. Chegaradan chiqish esa bu juda yomon oqibatlarga olib keladi.
Kechadan beri hayollarim parishon yuribman u menga rost gapirdimi yoki yolg'on buni tagiga albatta yetishim kerak hujjatlarni tekshirdim u hali nikohdan o'tmagan balki u meni aldagandir yoki mishmishlardagidek u Moonni jazmani. Men qilganlarim uchun mendan o'ch olish uchun boyvachchaga jazman bo'ldimikana buni aniqlashim kerak buni esa faqat bir yo'li bor.
Jk o'ylagan yo'l bu noto'g'ri Miizumini undan battarroq nafratlanishiga sabab bo'ladigan yo'l edi. Insonlar nega unday-a bir qilgan xatolarini yana qayta takrorlayverishadi. Jungkook ham ayni hozir o'tmishda qilgan xatosini qayta takrorlayabdi. O'sha paytlar ham Kai va qizlarning Miizumi suyuqoyoq pulga uchuvchi qiz deb ayblashganda u ularning gapiga va tasodifan to'g'ri kelib qolgan rasmga ishonib Miizumini sindirgandi u hozir ham kalta o'ylab voqealarni to'liq surishtirmasdan noto'g'ri xulosa chiqarmoqda. Bo'ladigan ish tufayli endi bizning qahramonlarimizning hayot yo'llari qanchalik chigallashib ketishi mumkinaa bular bizga hozircha mavhum.
Sohildagi chag'alaylarning chag'illashi mayin esib turgan shabada yoqimli dengiz ifori insonning ichidagi barcha yovuzliklar va qayg'ularni nari ketkaza oluvchi sokinlik baxshida qiluvchi muhit. Bu muhitda yashash har kim orzu qiladi hususan oramizda ham bu dunyodan ajralib shunday sohil bo'yida yashash istagi borlar anchagina bo'lishsa hech gap emas. Sohilda baliq ovlab turgan qariyaning yoniga hottoki shu sokinlik ham unga tinchlik huzur halovat bera olmaydigan yigit katta katta shahdam qadamlar bilan Woobinni yoniga bordi.
- ustoz eslay olasizmi shu tamg'ani qo'ydirgani kelgan odamning bo'ynida shunday belgili tatoo bormidi.
- sen bunga nega bunchalik qiziqib qolding? meni 10 yildan beri bir bor yo'qlamasding ammo shu bir haftadan beri yonimga ser qatnov bo'lgansan, bu menga qiziq - chol biroz arazlagancha yigitga gapirib o'tdi.
Tae bu gapdan kulib qo'yib bu qariyaga oddiy so'rasa baribir javob bermasligini bilib uning javobini ichidan sug'urib olishni maqsad qilgan holda gapni uzoqdan boshlashni maqul ko'rdi.
- bir paytlar otam menga sizni nega doim sohil bo'yida yashashingiz haqida aytib bergandilar. Sizning og'ir o'timshingiz tufayli orttirgan kasalligingizga yagona davo mana shu dengiz ekan bu sizga o'tmishdagi og'riqlar va qayg'uli hotiralarni unutishga yordam berar. Sizdagi ichingizda bo'lgan yovuzlikni qorong'u zulmatni daf qilarkan. Bu sohillar chag'alaylar dengiz ifori sizga tinchlik bag'ishlasa anashu Moon menga huddi shu kabi taskin beradi u tufayligina ichimdagi qorong'ulikdan biroz bo'lsada qutulaman shuning uchun men o'sha qizni topishim kerak menga yordam bering.
Taehyung shunchalik qaldan chil dildan gapirgandiki bularga Woobin ham ishondi. Tae negadir oddiy haykaldagi qizga shunchalar bog'lanib qoldi. Buning sababida esa uning ham og'riqli o'rtmishining hissasi bor Taening ota onasi boy badavlat bo'lishgan uning hamma narsasi bo'lgan ammo uni haddan ziyod erkalatishgani uchun u tantiq erka bola bo'lib ulg'aygan buning nojoya ta'siri tufayli o'z sevgilisidan ayrilgan. Tae qizni sevsada qiz unga hiyonat qilgan bundan keyin Tae ortiq sevgiga ishonmay qo'ygan. U odatda qizlar bilan faqat ko'ngil hushlik qilib yuradigan odam edi ammo shunday Kim Taehyungday odam oddiygina haykalga bog'lanib qoldi. Hozir Tae Annaning haykaliga qaraganda huddi tinchlantiruvchi dori qabul qilgandek bo'ladi. Agar Annani u topsa Anna u uchun suv va havoga aylansa ham hech gap emas.
- o'sha odam kimligini aniq bilmayman ammo unda ham shu belgi bor edi u o'z qiziga o'tmishdagi notinchliklar sabab uni yashirganda ham topa olishi uchun o'z tamg'asini bostirgandi. Senga faqatgina shulardan boshqasini ayta olmayman chunki faqat bilganlarim shular holos.
Woobinning gaplari unchalik ko'p bo'lmasada bular Taega anchagina yordam berishi mumkin
[Timeskip]
Kompaniyasiga kelgan Taehyung Jimin bilan eng birinchi uchrashdi.
- Jimin senga hush habarim bor bugun senga jida yoqadigan Moonning uyiga boramiz. - to'satdan Taehyung buyruq berdi
- nima lekin nima sababdan bunday qilmoqchisan. - tabiiyki Jimin bundan hayratlanib ketdi
- Busandagi yerlarni undan so'rayman faqat men boshqa masala bo'yicha uni ogohlantir.
- ho'p maylikuya lekin u odamga muomala qilishda ehtiyot bo'lish kerak ekan shuni eshitdim - Jimin uni ogohlantirgandek bo'lib dedi ammo bu gap huddi Taening g'ururiga tekkandek, unga undan qo'rq degan kabi tuyuldi
- nima ehtiyot sen meni kim ekanligimni unutdingmi Park Jimin yoki sevgiling bilan uchrasholmaganing uchun mandan arazlab turgan paytingda menga indamaydi deb istaganingni valdirayapsanmi yaramas. - Tae Jiminga gapirar ekan Jimin asabiylashib unga gap topolmasdan qoldi.
Ular Moonning qo'rg'oniga yo'l olishdi.
Yo'l bo'yi Jimin Moonga qanday gapirishimni uqtirib keldi men uzun o'rmonni tomosha qilib kelarkanman hayollarim mening go'zal gulimda mening humourimda narkotikimda edi narkotikim ha unga bu nom mos keladi meni humor tutganda telbaga aylantiruvchi uni qabul qilganimda esa tinchlantiruvchi narkotikim. Kattagina bog'li qo'rg'on yonida turarkanman allaqayerdandir qiz bolaning kulgusi eshtildi boshimni burib kulgu kelayotgan tomonga qarasam moviy ko'ylakda men shuncha payt qidirgan qiz mening gulim menga qaragancha turardi.
Miizumi bugun kun bo'yi galereyada bo'ldi. Uning hayollari chalkashligidan Annaning haykali voqeasini ham unutdi. Hamma ishlarini tugatib uyga qaytish uchun keta boshladi.
Bugungi kunim qanday o'tganini ham o'ylay olmayman. Faqatgina hayolim o'shanda bo'ldi uni o'ylab kunimni o'tkazdim juda charchab kettim qiynalib kettim uni qattiq sevaman ammo uni kechira olmayman. Yo'l bo'yi ko'zyoshlarimni artgancha ketar ekanman kimdir ortimdan kuzatgandek bo'ldi o'girilib qarasam hech kim yo'q mashinamga yaqin kelganimda bo'ynimga qattiq zarb bilan nina kirdi ignaning ingichka uchi terimga kirgach tanam birdan uyishib o'zimni yo'qotishni boshladim ko'rgan so'nggi narsam bir paytlar meni ummon kabi o'z tubiga cho'ktirgan ko'zlar ular menga kechir degandek qarab turardi...