June 18, 2025

When he meets my gaze

- Mening nigohlarim senga tushganda...


Episode 1


Katta mexmonxona bu kecha mehmonlar bilan to’lgan. Bugungi kechaga yig’ilishning sababi esa ikki nufuzli oilaning birlashishidir. Bugun Kim oilasi va Lim oilasi farzandlari o’rtasida nikoh marosimi bo’lmoqda. Mehrob oldida Kim oilasi to’ng’ichi yakkayu yagona o’g’il Mingyu qo’lida gul ushlab kelinni kutar, atrofdagi mehmonlar esa ularga havas qilgancha ikki yosh haqida gaplashib o’tirishardi. Yoqimli musiqa sadolari yangrashni boshladi va ichkariga chiroyli tabassum bilan otasining qo’llaridan tutgancha Lim oilasining go’zal dur gavhari bo’lmish Siren kirib keldi.

Mingyu jiddiy yuz ifodasi bilan u tomon kelgan Sirenga qo’l uzatdi. Siren ham o’zi tomon uzatilgan qo’llarni tutib mehrob yoniga Mingyuga qarama qarshi tarzda turdi. Mehmonlar orasidagi ota-onasiga qarab qo’ygan Siren yanada baxtliroq jilmayib quvonchini ochiqdan ochiq bildirgan bo’ldi sababi u sevgan insoniga turmushga chiqayotgandi. To’g’ri Mingyu shu kungacha Sirenga ko’nglini hech ochmadi biroq doimiy unga hurmat bilan munosabatda bo’lib kelgandi.

Ikki yosh bir biriga juda mos edilar. Ayniqsa Sirenning baxtli jilmayib turishi va o’zida saqlagan go’zalligi Mingyu kabi sarv qomat erkak uchun haqiqiy juft edi biroq Mingyu negadir boshqacha huddiku yaqinidan ayrilgan inson kabi qayg’uda edi.

Rohib avval ikki juftga bir ko’z tashladi va nikoh marosimini o’qishni boshladi ammo rohib so’zlash uchun endi gap boshlanganda mehmonxona eshiklari ochil ichkariga yoshi 50 dan oshgan katta inson va ko’rinishidan uning qizi tengi qiz kichikkina yoqimtoy 3 yoshli yigitchani yetaklagancha kirib kelishdi.

Hamma ularga diqqatini bir qaratishdi biroq bu diqqat uzoqqa bormay qayta yana kelin kuyovga qaratildi kelgan mehmonlar esa Kimlar oilasining yonidan joy olishdi.

Boshqa mehmonlar kabi Siren ham kelganlarga diqqatini qaratgandi ulardan nigohlarini uzib qayta o’z umr yo’ldoshiga boqdi biroq Mingyuning yuz ifodasi butkul o’zgargan o’zini bosgan jiddiy yuz ifodasidan asarham qolmagan ko’zlari kattargancha yuzlari oqarib hozir kelgan qizga qarab turibdi. Siren bunga tushunmay turarkan rohib nikohni o’qishni boshladi.

- Ikki sevishgan qalb, bir biringiz bilan, umringizning oxirigacha, kasal va sog’ligingizda ham, baxtli va qayg’uyingizda ham, ochlik va to’qligingizda ham, so’ngi nafasingizda ham birga bo’lishga umringizning endigi qolgan qismini birga o’tkazishga rozimisiz. Hech kimning bosimizsiz o’z xoxishingiz bilan turmush qurishga tayyormisiz. Lim Siren Kim Mingyuga turmushga chiqishga rozimisan. – Rohib Sirenga yuzlanib undan rozilik so’radi.

- Ha roziman! – Siren baland ovozda rozilik bildirdi

- Kim Mingyu sen Lim Sirenga uylanishga rozimisan – Rohib endi Mingyuga qarab so’radi.

Biroq Mingyu jim u hali hanuz bola yetaklab kelgan qizga termulib turibdi. Siren bunga tushunmay turarkan

- Kim Mingyu Lim Serin bilan turmush qurishga rozimisan – yana qayta rohib Mingyudan rozilik so’radi.

Biroq yana jim Siren Mingyuning bu jimligini tushunmay uning qo’lidan turtdi.

Mingyu Sirenning teginishidan keyin qizdan nigohlarini uzib Sirenga qaradi. Siren unga tushunmay qararkan Mingyu bir bor onasiga qaradida rohibga yuzlanib.

- roziman – dedi sekin ishonchsiz ovozda.

Kelin kuyovning roziligidan so’ng rohib ularni nikohlashni boshladi.

- Kim Mingyu Lim Siren uzuklarni taqishingizni so’rab qolaman. – Rohib qo’lidagi uzuklarni uzatib dedi.

Siren uzukning birini olib Mingyuga taqdi o’z uzugini taqishi uchun Mingyuga qo’l uzatarkan Mingyu yana jim mehmonlar orasidagi bolali qizdan ko’zlarini uzolmasdan turibdi.

Siren Mingyuning bu qiliqlaridan o’zini yomon his etarkan Mingyuga yana sekin shivirladi.

- Mingyu ahvoling yaxshimi – Sirenning ovozi yigitni bir turtgan bo’ldi.

Mingyu qo’liga uzukni oldi va Sirenga tezda taqdi.

- endi esa sizlarni bir oila deb e’lon qilaman. Kuyov kelindan bo’sa olishingiz mumkin. – dedi Rohib

Mingyu rohibning so’zlaridan keyin Sirenga bir qaradiyu unga tez yaqinlashib yuzidagi yopinchig’ini ham olmasdan peshonasiga qisqa labini bosdi va darhol undan uzoqlashdi va ko’zlarini yana qayta qalbidagi og’riq kabi bo’lgan nigohlarga to’qnashtirdi.


//***\\

To’ydan ikki kun avval.

Yoshi chamasi 50 dan oshgan erkak sigaret chekkancha keng hovlida mag’rur telefondan gaplashardi.


Erkak Choi Mujin

- to’y ajoyib buni eshitganimdan xursandman singiljon. Yakkayu yolg’iz o’g’lingni istaganingdek erkak bo’lib yetishganini bilish menga ham quvonch bag’ishlaydi. Bu kecha yo’lga chiqaman xavotir olma to’yga albatta yetib boramiz. Hozir Avstraliyada havo biroz sovuq ammo havoyo’llarida qatnov uzulmagan. Ehtiyot bo’l ko’rushguncha singiljonim.

Mujin singlisidan jiyanining to’yi kuni belgilanganligi haqidagi xabarni eshitgach biroz xursand bo’lib telefonni qo’ydi. Sigarasini tutatib qarshisida jim turgan yosh qizga qaradi.

Qiz. Lee Hona

Lee Hona

Qiz Mujinning qizi tengi bo’lgan juda ham go’zal ko’rinuvchi yoqimtoy qiz edi. Mujin qizga qarab sekin gapirdi.

- o’g’ling tuzaldimi shamolladi deganding kecha.– dedi sovuqroq ohang bilan.

- ha hozir ancha yaxshi dorilar qabul qilgani sabab harorati bugun unchalik ko’tarilmayabdi. — dedi qiz yerdan nigohlarini uzmasdan sokin tinch biroz qaltiragan va haddan ziyod quloqqa yoquvchi ovozi bilan.

- tuzalgan bo’lsa yaxshi men bugun Koreyaga ketaman uyda yana bir ikki hafta yolg’iz qolasiz shekilli - dedi Mujin biroz qizga kesatib.

Hona eri bo’lmish bu odamning Koreyaga ketishi haqida eshtib unga yalt etib qaradi.

Mujin ham rafiqasini deyarli 3 yildan beri shu uydan tashqariga chiqmayotgani uchun Koreya so’zini e’tiborsiz qoldirmasligini sezgandi. Uning bu nigohlariga ortiqcha reaksiya bildirmadi.

- haligi Janob Choi men va o’g’limiz ham siz bilan birga … ketsak… – dedi Hona sekin biroz ikkilanib sababi Honaning ham o’z ona vatanini ko’rishga bo’lgan ishtiyoqi hali hanuz so’nmagan edi.

- ketsak… – Mujin Honaning so’zini takrorladi. So’ng rafiqasiga sekin nazar tashladi.

Rafiqasi unga sotilgan juda chiroyli insonni biroz esankiratib qo’yuvchi yoqimtoy qiz edi biroq hozir bu qiz faqatgina qo’rqoq nigohlarini yerdan uzolmaydigan Mujinning yonida tinmay titraydigan bu hayotdan butkul uzilgan faqatgina shu uydagi o’g’li uchun nafas olib turgan ayolga aylangandi. Honaning bu holatga kelishiga esa sababchi Mujin edi. To’g’ri yagona faqat aybdor Mujin emas biroq Mujin qizni bu ko’yga faqat men solganman deb hisoblardi. Mujin Honaga qarab turarkan u negadir hozir biroz boshqacha.

- Bizni ham Koreyaga olob keting Yunoo ham o’z yurtini ko’rishi kerak deb o’ylayman. - dedi Hona tez gapirib.

Mujin avval Honaga jim qaradi va sekin bosh irg’ab

- yaxshi. Tez tayyorlaning - deya so’zlarini yakunlab xonasiga kirib ketdi.

Hona esa Mujindan birinchi martta minnatdor bo’lib qoldi.

//…\\

To’y kuni.

Mujin va Hona mashinada to’y marosimi bo’ladigan mehmonxonaga ketisharkan Mujin singlisi bilan telefondan gaplashardi.

- yetib keldim havotir olma yetib boramiz. Ulguramiz Jeyon.

Mujin aytgan ismdan so’ng ko’zlari yiriklashib ketgan Hona sekin qo’rqib Mujinga gapirdi.

- Janob Choi kimning to’yi bo’lyabdi bugun. – dedi tinch va sekin Hona

- ha singlim Jeyonni o’g’li Mingyu uylanyabdi. – Mujin telefonidan ko’z uzmay javob berdi.

Hona eshitgan gapidan go’yo muzlab qoldi. Qo’llari qaltirab peshonasidan sovuq ter chiqib ketdi. Quchog’idagi o’g’lining kiymini qattiq siqib yerga tikilgancha boshidan shu kungacha o’tkazganlarining aybdori haqida o’ylarkan. Ich ichidan nafratga to’lib toshardi. Tinmay ichida bir so’zni qaytarar ko’zlaridan sekin yosh sizib chiqa boshladi.

~ nahotki u uylanyabdi. Nahotki meni haqiqatda unutdi. Nahotki unutdi. Unutdimi — deb tinmay qaytararkan Honaning quloqlari ostida birga o’tkazgan kunlaridagi kulgular dil ishorlari yangrardi.

//…//

- Sen nimasana mabudamisan nega bunchalar aql hushimni olgansan. - yigit pichirlab qarshisidagi anchadan beri kitobdan boshi ko’tarmay dars tayyorlayotgan qizga gapirdi.

Hona Mingyuning baland ovozidan cho’chib ketdi axir kutubxona tinch va sokin joy dars qilish uchun. Mingyu Hona unga qaraganda vampir tishlarini ko’rsatib keng jilmaydi.

- Lee xonim nega endi tushlarimg..a… - Mingyu yana baland ovozda navbatdagi gapini aytdi biroq so’zlar oxiriga yetmasi to’xtadi.

Hona Mingyuning baland gapidan yana cho’chih tez o’rnidan turdiyu uni og’zini yopti. Qo’shlarini pastga tushurib Mingyuga jim deb atrofdagi ularga e’tiborini qaratgan talaba va odamlardan boshini egib sekin uzur so’rab qo’ydi.

- sekinroq - Honani past ovozi Mingyuni ko’yidi.

Mingyu javob qaytaraman deb og’zini ochdiyu keyin Hona hali hanuz uni og’zini yopib turgani uchun sekin bosh irg’ab qo’ydi.

Hona atrofdan e’tiborini Mingyuga ko’chirdi, hozir u juda xursandek ko’rinyabdi bu nimadan bo’lishi mumkina. Hona ongidagi hayollaridan Mingyuning ko’zlariga uzoq tikilib qoldi.

… Bu hammaniki kabi bo’lgan quyuq jigarrang ko’zlar nega bunchalar men uchun o’zgacha tuyularkana bilmayabman. Ko’ksimni qamrab olgan g’ashlik hisi nimadan bo’lyabdi nega tanamni qo’rquv egalagan go’yo xato qilayotgandekman ammo hali hech nima qilmadimku xato bo’ladigan. Bor yo’g’i unga dil ishori qilganida sukut bilan javob berdim xolos. Ortimdan tinmay yursada hali biror martta unga yaqinlashmadim biroq bugun unga haddan ziyod yaqinlashib qo’ydim shekilli. Bu naynov sabab oyoqlarim uchida zo’rg’a turibman balki oyoqlarim tolib yiqilib tushish hisi menga qo’rquv bag’ishlar balki erkak kishiga bunchalar yaqin turmaganim qo’rquv bag’ishlayotgandir. Aniq bir fikr ongimda yo’q barida bo’shlik va o’tkir atir hidi haqiqatdan u eng mukkamali. Olayotgan nafasigacha, ko’zlarini har yumib ochganigacha, kipriklarining pirpirashiyu, ichki kaftimga harorat berib turgan lablarigacha. Ongim menga xiyonat qilyabdi, nam lablar sababmi yo hayajon sababmi kaftim juda ivib ketyabdi negaligini bilmayman. Yo’q! o’zim bilishni istamayabman shunchaki bor yo’g’i……

Aslo meni la’nati o’y hayollarim bu bu ishni qilmaysan Hona o’zingni boshqar. Undan bo’sa olish haqida o’ylashni bas qil shunchaki qo’lingni undan ol ammo qo’limni olsam keyinchi keyin, yo’q! Biroq birinchi marta bo’sa olishim unchalik ham yomon ish bo’lmaydiku axir, allaqachon voyaga yetganman, allaqachon yigirma yoshdaman, bu bu hech qanday ahamiyat anglatmaydi oddiy o’pich bo’ladi xolos. Yana ustiga ustak u menga ham befarq emas axir hayollarini butun hayotini egalab olgan mabudasimanku. U yuqori maktabdan beri tinmay harakat qilyabdi. Uni bir martta o’pishim bu oddiy taqdirlash kabi bo’ladi xolos uning yomon joyi yo’q. Faqat bitta o’pich bo’ladi xolos bittagina.

Hona Mingyuni ko’zlariga termulib uning qorachiqlarini kuzatarkan Mingyu ham undan nigohlarini uzmay qolgandi. Ikkisi bir biriga boqqancha huddiki vaqt oralig’ida qotib qolgandek ko’rinishar. Honaning nigohlaridagi uyat hisi Mingyugacha yetib borgandi. Hona hayollaridan tinimsiz o’tqazayotgan narsani allaqachon tushib bo’lgan Mingyu qizga bosim berishni maqullagan kabi sekin asta yutinar, lablarini sezilar sezilmas titrab turgan qizga buyurgan kabi lablarini Honaning hayajondan ivib ketgan kaftida harakatlantirardi. Oshib ketyabdi ayni damda  noqulaylik havogacha tarqalib ulgurgandi. Qizning yoqimli atri yigitning o’tkir atri domiga tushib ketgandek bo’lar. Bu esa Ayni Honaning holatini ifodalash uchun eng maqbul tasvir bo’la olardi.

- bir iltimosim bor senga Mingyu — Honaning past ovozi iltijo kabi chiqdi.

Mingyu qanday degan kabi bosh silkidi.

- hozir qo’llarimni olaman sen esa darhol ketasan. - Mingyu Honaning gapiga yo’q degandek qaradi. Hona esa birdan biroz balandroq ovozda yigitning gaplariga qarshi chiqib — qarshiliksiz ket dedim ketasan

Honaning gapidan biroz ozorlangandek kayfiyat kasb etgan Mingyu yo’q deya boshini qimirlatdi. Hozir Mingyu gapirmayabdi faqat ko’zlarini uzmay Hona bilan hayolan gaplashayotgandek.

- keyin afsuslanamiz ikkimiz ham — Hona bu gal avvalgisi kabi yana hasta va iltijoli ovozda ko’zlari mayus tortib dedi.

Honaning qo’llariga qo’lini uzatib og’zidan olgan Mingyu.

- qilmasdan afsuslangandan ko’ra, qilib keyin afsuslangan yaxshi — deya qizni undovchi ruhlantiruvchi ovozda gapirdi.

Honaga ham ayni damda ozgina turtki kerakdek o’zi zo’rg’a oyoqlari uchida turgan qiz yanada tepaga bo’y cho’zib ko’zlarini qattiq yumgancha qarshidagi Mingyuga yaqinlashib tez lablarini labiga bosdi. Nechadir daqiqa faqat bir biriga tegib turgan lablar bo’sani anglatmasada bu ikkisi uchun juda katta ish edi go’yo.

//…//

Hayolida qayta his etgan tuyg’usidan Hona o’zini butkul yo’qotdiyu ko’zlarini chirt yumdi.

//…\\

Comeback/

To’y marosimi tugadi. Hamma uy uyiga tarqalarkan Mujin singlisni yoniga keldi.

- Jeyon men yo’lda uchragan noqulaylik sabab mehmonxona band qila olmadik bugun senikiga bormoqchimiz. - Mujin singlisi bilan juda yaqinligi sabab unga noqulay bo’lmasdan bugun ularnikiga borishini aytdi.

- juda yaxshiku akajonim bilan bugun qolaman men va oilam bundan faqatgina xursand bo’lamiz axir jiaynimni ko’rish uni quchish nasib qildiku menga. - Kim Jeyon ham kulib Mujinning ortida turgan Hona va jiyaniga qarab gapirdi.

Hona Jeyonni o’lgudek yomon ko’radi. Shu sabab uning gapidan nafratlangan nigohini ochiq oydin ko’rsatib o’g’lini quchib o’ziga yanada yaqin tortdi.

Hamma masala hal qilingach ular uylariga yetib kelishdi.

Haybatli Kimlar qo’rg’oni. Hona bu uyga avval ham kelgani sabab hech oyoq bosishni istamas edi biroq bugungi kun uchun u allaqachon xatoga yo’l qo’yib ulgurgandi. Shu sabab xatoga javob berishini o’ylab o’zidan kechgancha qo’rg’onga kirdi.

Qo’rg’on eshiklari hech ham o’zgarmagan bari o’sha o’sha u quvilgan kechadagi kabi hammasi bir xil farq faqat ozroq zamonaviylashtirilganidir.

- ishchilarga aytdim sizlarga allaqachon xona tayyorlashgan yuqoriga chiqib biroz dam oling bugun juda charchoqli kun bo’ldi. — Jeyon sovuqqina Honaga gapirdi.

Hona Mujinga ijozat so’ragan bo’lib qararkan derazadan tashqariga qaragancha sigara tutayotgan Mujin Honaga boraver degandek qaradi. Hona tushungach uyqusirab qolgan o’g’lini yetaklab yuqoriga chiqdi. Ikkinchi qavatga kelarkan ko’zi uni xorlashgan xonaga tusharkan Hona qaltirab ortga chekinib ketdi. Uyqusirab qolgan Yunoo onasining bunchalar qo’rqayotganini sababini tushunmay uni ovutgandek qucharkan ular yana bir qavat yuqoriga chiqishdi. Yo’lak oxiridagi xona Hona xonaga kirib tezda eshikni yopib oldi.

Yerga o’tirgancha og’zini yopib olib yig’larkan butkul ichi darz ketib ulgurgandi. Hayotining barbod bo’lgan kuni qayta qayta ko’z oldida aylanarkan qiz ilojsiz faqat yig’lay olayotganidan o’zining bunchalar chorasizligidan yanada battarroq telba bo’lardi.

Hona o’ziga kelib olgach Yunooni o’zlariga qo’shni bo’lgan xonaga olib kirdi. Bolasini yotqizib sekin yupatib allalarkan ko’z yoshlari tinmasdi.

Hona qorong’u xonada o’tirarkan birdan eshik ochildi. Kim kelganini bilmay Hona avval ko’z yoshlarini artdi va tez ortiga o’girildi. Qarshisida esa uni ozorlovchisi bo’lmish inson Mingyu turardi.

Hona Mingyuni ko’rdiyu o’zini birdan eshikdan chiqishga urdi. Honaning harakatidan shoshib qolgan Mingyu bir so’z deya olmasdan qizga to’sqinlik qilib eshikni yopdi. Hona devorga suyanib chiqolmay qoldi sababi Mingyuning katta tana qizni to’sib ulgurgandi.

Devor va Mingyu oralig’ida qolgan Hona Mingyuga jim qarab turarkan. Ikkisi ham bir narsa deya olishmasdi. Mingyu aybdorligi nimadan ekanligini ne Hona hozir tog’asining rafiqasi ekanligiga tushunmay Honaga termulsa Hona Mingyuga butun vujudidagi nafrat bilan qarardi.

Mingyu gapirish uchun og’iz juftladi biroq gapirishiga ulgurmasdan eshik ochilib xonaga Mujin kirdi. Bu noqulaylikdan Mingyu ortga chekindi Hona esi endi yanada ko’pro’q qo’rquvga tushib ketdi.

Mujin ularga tushunmay qaradiyu Honaga biroz o’qrayib gapirdi.

- Mingyu ilk kechangda o’z xotining yonida bo’lishing kerak shunday emasmi. Qani boraqol men ham o’z xotinim bilan bo’lishim kerak.

Mujin Honaning bilagidan siqib ushladiyu oldinga tortqilib ularga berilgan xona tomonga olib ketdi. Ilojsiz hech narsa qila olmay qolgan Mingyu esa ichkarida jim qololdi xolos.

Mujin va Hona o’z xonalariga kirishgach Mujin Honani yerga itarib yubordi. Ko’zlarini asabiy yumgancha bilagidagi tugmalarni sekin bo’shatib ko’ylagi yengini qatladi. Qo’l soatini yechib tokchaga qo’ydiyu Honaga har doimgi yovuz nigohini tikishni boshladi.

- bilasan ovozingni chiqarsang nimalar bo’lishini. Biz axir mehmondamizku erkatoy xotinim.

Mujinning so’zlarini aytgandan so’ng Hona tomonga sekin yaqinlashishni boshladi….

Episode 1 tugadi. Mutolaa qilganingiz uchun tashakkur sizning fikrlaringizni kutib qolaman.

Yozuvchi: Entahi (Choi Ruby)