Moonstruck
#01
Itaewon yorug' va gavjum ko'chalaridan yugurayotgan yigit faqat bir narsani Xudodan duo qilib so'rardi:
– Barchasini xonavayron qilishgan bo'lsa ham faqat rasmga hech nima qilmagan bo'lsin, - yigitni yuragi bir varakayiga ham xavotirdan, ham yugurganidan tez urardi, go'yo yuragi ko'ksida emas tomog'ida urayotgandek.
Liftni ham kutmay zinalardan ko'tarilayotgan yigit 2-3 zinalarni birga bosib o'tib, o'zini uyi joylashgan qavatga yetdi. Qo'llarida biroz titroq bilan eshik tutqichini buragan yigitni eshik qulfligi hayratlantirdi.
– Hali yetib kelishmabdi, - chuqur nafas chiqarib, birozga ko'zlariga dam berdi. Kaliti bilan eshikni ochib kirib, ilk tekshirgan narsasi oq mato ostiga berkitilgan sur'at bo'ldi.
– Sendan qanchalik xavotir olganimni bilasanmi, marvaridim..?! - sur'atdagi qizni yuzini silab. Sur'atga tikilib turgan paytda boshiga tekkan qattiq zarbdan yerga yiqildi.
– Bizdan oson qutulaman deb o'ylaganmiding Mingyu? - boshi tepasida ikki yigit tabassum qilib turardi. Mingyuni ko'zlari faqat o'zi oxiriga yetkazolmay qolgan sur'atida edi.
– Hamma joyni qara! Fleshka shu yerda bo’lishi kerak, - Mingyuni boshida o'tirgan yigit yonidagi sherigiga buyruq berdi, uyni ko’zdan kechirib.
Yigitlar uyni har bir teshigini ham sinchiklab, o’zlari uchun hayot-mamot masalasini hal qiluvchi fleshkani izlasharkan, bu katalakdek uyni xarobasini chiqarishgandi.
– Yo’q, hech qayerda yo’q! - bo’yoqlar turgan stolni tepib yubordi jahl bilan. Mingyuni sochidan ushlab boshini ko’tardi:
– Fleshkani qayerga berkitding? Gapir! - dedi o’ziga keltirish uchun yuziga bir-ikki urib. Mingyuni nafas olishi eshitilmas darajada past edi.
– Nafas olyaptimi o’zi? - Mingyu chizgan sur’atlarini birma-bir qarab chiqarkan, rasmlarni ma’nosiga tushunmasdan beparvo so’radi butun uyni ag’dar-to’ntar qilib chiqgan yigit. Burniga barmog’ini tutib tekshirib tepasida turgan sherigiga qaradi.
– Nafas olmayapti, - dedi biroz vahima bilan.
– Hazillashyapsanmi? - Mingyuni tepasida turgan sherigini itarib, o’zi ko’ksiga qulog’ini tutdi. – Juda sekin uryapti, - boshini ko’tarib ortidagi sherigiga qaradi.
– Bo’ldi tegma, ketdik! Biror kim kelib qolmasidan tezroq bu yerdan ketish kerak, - Mingyuni tepasida o’tirgan sherigini tortqilab dedi.
– Fleshkachi..? Uni topish kerak! Bo’lmasa bizni ham bu yerdan o’ligimiz chiqadi, - bu yerga nima maqsadda kelganini eslatdi.
– Agar Mingyu o’lsa, o’sha fleshka ham bizga kerak bo’lmaydi. Sirni o’zi bilan birga qabriga olib ketadi, - yerda yotgan yigitga bir nazar tashladi.
– Boss’ga nima deymiz, o’ldi deymizmi? Fleshkachi?
– Ha, o’ldi, fleshkani yo’q qildik deymiz.
Yigitlar tartibsiz yugurib Mingyuni yolg'iz tashlab uydan chiqib ketishdi. Mingyu boshidan asta issiq qon oqib butkul hushini yoqotgan sovuq yerda jim qoldi…
– Turing otam kelyapti, - ko’rpa ostidan faqat yalang yelkalari ko’rinib turgan yigitni turtkilab bir qiz uyg’otishga harakat qilardi. Bir ko’zini zo’rg’a ochib qararkan, yoyilgan sochlari uzun qiz eshik tirqishidan mo’ralab yana yigit yoniga qaytib kelib, yig’lagudek iltijo bilan qarab turardi.
– Kimsiz o’zi? Meni uyimda nima qilyapsiz? - bosh og’rig’idan biroz qoshlari chimirilib, yuzini yostiqqa bosdi.
– Nima? Meni uyim…? Hazillashyapsizmi? Hozir hazilni mavridi emas, tezroq ketishingiz kerak. Otam kelyapti, - qiz hanbok etagini siqimlab jig’ibiyron bo’lardi.
Mingyu boshini ko’tarib uy devorlariga qarab chiqdi.
– Bu kimni uyi? Yoki anavilar meni shu yerga olib keldimi? - o’rnidan turib barchasini eslashga harakat qilardi.
– Bo’laqolsangizchi hozir otam kelsa ikkimizni ham o’ldiradi. Axir aytganmanku otam imperator maslahatchisi, qo’lidan hamma narsa keladi! - Mingyu ko’rpani o’ziga tortish mobaynida kulardi.
– Sizlar nima o’zingizni ertakka tushib qoldim deb o’ylayapsizmi? Hoy qiz hozir XXI asr yoki nima zamondan orqada qolganmisan? - Mingyu uni kamsituvchi so’zlarni aytarkan, ichida:
– Didim yaxshi edi-ku, manavi ahmoqqa qayerdan ilakishib qoldim? - derdi.
– Kiyimlarim qani? - dedi yon-beriga qarab. Qiz uni kiyimlarini yugurib olib kelib yoniga o’tirdi.
– Sizni ertaga doimgi uchrashadigan joyimizda kutaman, - qiz unga muloyim ohangda gapirdi.
– Shoshma, biz sen bilan qachondan buyon uchrashamiz? - Mingyu kiyimni bog’ichini boylab so’radi.
– 1 haftadan oshdi, - qizni yuzlari qizardi. Mingyu unga g’alati qarab:
– Bunday ahmoqona tush bo’lmasa kerak, - deb shivirladi. – O'zimni marvaridim bilan har qanday tushlar ham yoqimli edi, - ko'z oldiga chizgan sur'atidagi qizni keltirdi-yu, yuziga tabassum yugurdi.
Yigitni orqa eshikdan chiqarib yuborgan qiz eshikni orqasidan qulflab oldi. Mingyu atrofidagi narsalarga xuddi o'zga sayyoradan kelgan odamdek tikilardi. Ko'chadagi hamma koreyslarni avvalgi kiyimlarini kiyib olgan, XXI asr odamlaridan tubdan farq qilardi. Kecha nimalar bo'lganini bir boshidan eslashga harakat qildi.
– Oxirgi esimda bor narsa boshimga urilgan qattiq zarb, - Mingyu o'ziga-o'zi bir nimalarni pichirlab, sekin yurishni boshladi. Odamlar ortidan yurib, tuman markazidagi bozorga kelib qolgandi. Bozordagi narsalarni birma-bir ko'zdan kechirayotganda nigohlari o'ziga tanish bo'lgan soch taroqga tushdi.
– Bu uni tarog'i, - dedi taroq chetiga chizilgan gul sur'atini silab. – U har doim ko'l bo'yida o'tirib shu taroq bilan sochlarini tarardi, - shivirlarkan, sotuvchi:
– Uni olasizmi? - deya so'radi.
– Qancha turadi? - Mingyu taroqni qaytarishni istamay so'radi.
– 3tanga, - sotuvchi ayol ilk xaridoriga yaxshi muomala qilardi.
– Hozir menda pul yo'q edi, ertaga tashlab ketsam bo'ladimi? - Mingyu o'ziga qadrli bo'lgan insonni eslatuvchi buyumni barmoqlari orasida mahkam siqib.
– Puling bo'lmasa bozorda nima qilib yuribsan? Taroqni joyiga qo'y! - sotuvchini avvalgi muloyimligi yo'qolib jerkishni boshladi.
– Haqqini men to'layman, - Mingyu endi gapirmoqchi bo'lganda ortidan kelgan erkakni ovozi uni to'xtatdi.
– Shahzodam sizdan pul olarmidim? - sotuvchini gapidan Mingyu hayron turardi. Shahzoda taroqni narxidan ko'proq tangalarni chiqarib sotuvchini oldiga tashlab, Mingyuga, – Ketdik, - dedi.
– Qayerga? - Mingyu ortiga o'girilib ketayotgan shahzodani to'xtatdi.
– Otam kechadan buyon seni izlayaptilar. Qolganini saroyga borgach bilasan, - deya yana yurib ketdi.
– Qanday saroy? Nimalar deyapsizlar o'zi? Ko'zimni ochganimdan buyon hamma boshqacha gaplarni gapiradi. Kimsizlar o'zi? - Mingyuni sabr kosasi to'lib bozor o'rtasida ovozini balandlatib gapirdi.
– Jaehan hamma qarayapti. Saroyga borganda gaplashamiz, - shahzoda unga yaqinroq kelib gapirdi.
– Jaehan..? Siz meni kim bilandir adashtiryapsiz, men Jaehan emasman! Meni ismim Mingyu! - Mingyu shunday deb boshqa tarafga qarab ketayotganida shahzoda soqchilariga:
– Uni ushlab saroyga olib boringlar! - deb buyruq berdi.