August 8, 2020

"Yosh kitobxon" Respublika tanlovi

Kitob o'qi, g'olib bo'l va qo'lingni tut! "Spark" kalitini beramiz!

Ushbu Tanlov yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalarni izchil amalga oshirishga yo‘naltirilgan.

Tanlovni yuqori saviyada o‘tkazish uchun O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Xalq ta’limi vazirliklari tashkiliy-amaliy ishlar bo‘yicha, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti ilmiy-ijodiy ishlar bo‘yicha mas’ul tashkilotlar etib belgilanadi.

Respublikada istiqomat qilayotgan millati va tilidan qat’iy nazar 10 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan barcha yoshlar Tanlovda ishtirok etish huquqiga ega. Ishtirokchilar talabidan kelib chiqib, ularning Tanlov jarayonida rus va qoraqalpoq tillaridan foydalanishiga ruxsat beriladi.

Tashkiliy qo‘mita Tanlov nizomiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish vakolatiga ega.

Tanlovdan ko‘zlangan maqsad va vazifalar

Qadimiy va betakror diyorimizdan yetishib chiqqan buyuk alloma, adib va mutafakkirlarimizning boy ma’naviy merosini, umumbashariy sivilizatsiya, madaniyat, dunyoviy va diniy ilm-fan taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan ulug‘ ajdodlarimizning noyob asarlarini asrab-avaylash, kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish, ularning nodir merosini, ibratli hayoti va ijtimoiy faoliyatini har tomonlama chuqur o‘rganish va targ‘ib etish, yoshlarimizni o‘zlikni anglash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ular o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng ommalashtirish maqsadida tashkil etiladi.

Tanlovni tashkil etish orqali quyidagi vazifalar bajarilishi ko‘zda tutiladi:yoshlarning barcha qatlamlarini kitob o‘qishga da’vat etish hamda kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqish va intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, joylarda adabiy muhit shakllanishiga erishish;yoshlar ongida Vatanimiz tarixi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, ijtimoiy hayot haqidagi tushuncha va bilim-ko‘nikmalarini yanada yuksaltirish;qadimiy va betakror diyorimizdan yetishib chiqqan buyuk alloma, adib va mutafakkirlarimizning boy ma’naviy merosini, umumbashariy sivilizatsiya, madaniyat, dunyoviy va diniy ilm-fan taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan ulug‘ ajdodlarimizning noyob asarlarini asrab-avaylash;yoshlarni o‘zlikni anglash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ular o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng ommalashtirish.

Tanlovni tashkil etish va uni o‘tkazish vazifasi Respublika ishchi guruhi zimmasiga yuklatiladi.Respublika ishchi guruhi: Tanlov o‘tkazish borasida qaror qabul qiladi;Tanlovning asosiy bosqichlari va tartib-qoidalari haqida ishtirokchilarni xabardor qiladi;barcha ishtirokchilar uchun teng sharoitlarni yaratadi;tanlov o‘tkazish borasida oshkoralikni ta’minlaydi;muddatidan oldin Tanlov natijalari haqida ma’lumotlar tarqalishining oldini olish choralarini ko‘radi;Tanlov ishtirokchilari o‘rtasida yuzaga keladigan nizolarni hal etadi;mazkur Nizomga asoslangan holda Tanlovni o‘tkazilishini tashkil etadi.

Tanlovda ishtirok etishni xohlovchi yoshlar O‘zbekiston yoshlar ittifoqining ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilotlari yoki mahalliy Kengashlariga ariza bilan murojaat qilib, o‘zi haqidagi tegishli ma’lumotlar (tanlov anketasi, tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma yoki pasport nusxalari)ni taqdim etadi.

Tanlovda yoshlar o‘zlari yashayotgan yoki o‘zlari o‘qiyotgan (ishlayotgan) muassasasi joylashgan hududdan ishtirok etadi.

Tanlov quyidagi uchta yosh toifasi bo‘yicha alohida-alohida tartibda o‘tkaziladi:

10 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan yoshlar;

15 yoshdan 19 yoshgacha bo‘lgan yoshlar;

20 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar.

Tanlovda ishtirokchilarning yoshi ariza topshirgan sana bo‘yicha inobatga olinadi.

Tanlov to‘rt bosqichda tashkil etiladi:

Saralash

Mahalliy

Hududiy

Respublika

Tanlovning moliyalashtirish manbalari

Tanlovni o‘tkazish bilan bog‘liq sarf-xarajatlar quyidagi manbalar hisobidan: O‘zbekiston yoshlar ittifoqini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari;qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.

Manba. YI.UZ

t.me/Yosh_kitobxon_kitoblari_bot