September 15, 2020

Fransua Sengat-Kuo (Kamerun)

Fransua Sengat-Kuo (taxallusi Franchesko Nditsuna) 1931 Duala shahrida (Kamerun) tug‘ilgan. Frantsuz tilida ijod qiladi.

BIRINChI VAROQ

Bir qator,
tartibli tizilgan so‘zlar
rangsiz, jo‘n, safosizdir, ammo gohida ular
chaqmoq chaqnog‘ida yarqiragan kamalakday sochiladi,
munchoq bo‘lib quvonch va qayg‘u ipiga tizilgan,
shiddatli to‘lqinlar oqizayotgan
chig‘anoqlarday ochilib ketadi,
va she’riyatga aylana boshlaydi…

Karim Bahriyev tarjimasi

"Yosh kitobxon" kitoblari