O‘zbekiston Respublikasi alkogol' va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkirl etish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 23-iyuldagi PQ-4787-son qarori
Agentlikning texnik navli uzumzorlar va vinochilik sohasini jadal rivojlantirishni ta'minlash maqsadida suv tejovchi, shu jumladan tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini joriy etishga qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda subsidiyalar berish;sanoatbop tokzorlarda irrigasiya tadbirlarini o‘tkazish, jumladan suv yetkazib berish, artezian quduqlar, quvurlar va rezervuarlar barpo etish, suv yetkazib berish uchun nasos va quvurlar, suv saqlash uchun sig‘imlar sotib olish;
texnik navli uzum plantasiyalarini yaratish hamda uzum, mevalar va rezavorlardan alkogol' mahsulotlari ishlab chiqarish uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasining 50 foizidan oshmaydigan foiz stavkasi bo‘yicha qarz berish hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasidan 4 foizli punktgacha chegirgan holda tijorat banklariga kredit resurslarini berish;
mahalliy sharoitda yetishtirilgan intensiv ko‘chatlar hamda payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar ajratish;
mahalliy sharoitda tok o‘simligi to‘qimalaridan (meristema hujayra) «In vitro» usulida yetishtirilgan tok ko‘chatlarini sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar ajratish;
umumiy qiymatining kamida 15 foizi loyiha tashabbuskori tomonidan moliyalashtiriladigan texnik navli uzumchilik yo‘nalishidagi investisiya loyihalarini moliyalashtirish uchun tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar bo‘yicha bo‘lg‘usi hosil, tokzor va (yoki) yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni garovga olgan holda kafillik taqdim etish; https://lex.uz/docs/4909162