September 17, 2020

Xususiy tibbiyot tashkilotlarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida

2. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) «Asaka» ATBga xususiy tibbiyot tashkilotlarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash uchun 50 million AQSh dollari miqdorida Jamg‘arma kredit liniyasini taqdim etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
3. Belgilansinki, Jamg‘armaning kredit liniyasi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 16 apreldagi «Sog‘liqni saqlash sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4290-son qaroriga muvofiq ajratilgan, tanlanmagan mablag‘lar qismi hisobidan;
10 yilgacha muddatga, shu jumladan 3 yillik imtiyozli davr, «Asaka» ATB marjasini hisobga olmasdan yillik 5 foiz stavka bilan;
loyihalar qiymatining ko‘pi bilan 60 foizini moliyalashtirish uchun;
pullik tibbiyot xizmatlariga bo‘lgan talab bo‘yicha tahlillarni va xususiy tibbiyot tashkilotida xarid qilinayotgan uskunalarda xizmat ko‘rsata oladigan malakali xodimlarning mavjudligini hisobga olgan holda ilovaga muvofiq hududlarda yangi import tibbiyot uskunalari (kosmetologiyaga oidlari bundan mustasno) va ularga butlovchi qismlarni xarid qilish uchun taqdim etiladi.

https://lex.uz/docs/4739977

Murojaat
uchun ATB "ASAKA BANK": https://www.asakabank.uz/uz/contacts/main_office