Yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish, urug‘liklar, ko‘chatlar va sug‘orish vositalari xarid qilish uchun subsidiya ajratish tartibi
36. Band bo‘lmagan tomorqa yer egasi yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish va (yoki) urug‘liklar, ko‘chatlar yoxud sug‘orish vositalari xarid qilish uchun subsidiya ajratishni so‘rab tegishli hududdagi ABKM (Aholi bandligiga ko'maklashish markazlari)ga murojaat qiladi.
37. ABKMning mas'ul xodimi band bo‘lmagan tomorqa yer egasining murojaati kelib tushgan kundan boshlab 3 ish kuni ichida joyiga chiqqan holda murojaatchining tomorqa yerida yengil konstruksiyali issiqxona o‘rnatish, shuningdek urug‘liklar, ko‘chatlar yoxud sug‘orish vositalari xarid qilinishi uchun tomorqa yerining maydoni va sharoitini o‘rganadi hamda o‘rganish natijasi bo‘yicha dalolatnoma tuzadi.
Dalolatnomada o‘rganish davomida aniqlangan barcha ma'lumotlar ko‘rsatilishi kerak.
Shu bilan birga, ABKM mas'ul xodimi tomonidan murojaat qilgan shaxsning bandlik holati o‘rganiladi.
38. O‘rganish natijasiga ko‘ra murojaat qilgan shaxs band bo‘lmagan hollarda unga uning tomorqa yeriga mos keladigan yengil konstruksiyali issiqxona o‘rnatish va (yoki) urug‘liklar, ko‘chatlar yoxud sug‘orish vositalari xarid qilinishi bo‘yicha ABKMning mas'ul xodimi «Tomorqa xizmati» MChJ, ABKM va tomorqa yer egasi o‘rtasida uch tomonlama shartnoma tuzish choralarini ko‘radi.
39. O‘rganish natijasiga ko‘ra murojaat qilgan shaxs band bo‘lganda yoki uning tomorqa yer maydoni mavjud bo‘lmaganda murojaat qilgan shaxsga asoslantirilgan javob xati yuboriladi.
40. «Tomorqa xizmati» MChJ, ABKM va tomorqa yer egasi o‘rtasida uch tomonlama shartnoma tuzilganda ABKM tomonidan ushbu uch tomonlama tuzilgan shartnoma asosida bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravaridan 10 baravarigacha bo‘lgan miqdorda subsidiya ajratish to‘g‘risida ABKM rahbarining buyrug‘ini rasmiylashtiradi va tegishli to‘lovni amalga oshiradi.
Murojaat uchun: O’zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi. Hududiy bo`linmalar. https://mehnat.uz/oz/territorial-divisions