August 18, 2020

Chorvachilik tarmog‘ini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
a) Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) hisobidan chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va quyonchilik bo‘yicha, shu jumladan chorva komplekslarini qurish, yirik va mayda shoxli nasldor chorva mollarini xarid qilish, chorva mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash bo‘yicha loyihalarini amalga oshirish uchun tijorat banklari tomonidan ajratiladigan 20 milliard so‘mgacha miqdordagi kreditlar bo‘yicha foiz stavkasining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasidan oshadigan, lekin 8 foiz punktidan ko‘p bo‘lmagan qismiga kompensasiya yoki kredit summasining 50 foizi miqdorida kafillik taqdim etish;
b) Jamg‘arma tomonidan kichik biznes va tadbirkorlik sub'ektlariga ekvivalenti 20 milliard so‘mdan oshmaydigan xorijiy valyutadagi kreditlar uchun — tijorat banklari tomonidan belgilangan foiz stavkasining 40 foizigacha, lekin 4 foiz punktidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensasiya taqdim etish.
Belgilab qo‘yilsinki, ushbu band talablari tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplash uchun Jamg‘arma tomonidan taqdim etiladigan kafilliklar va kompensasiyalarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining avval qabul qilingan hujjatlari va Hukumat qarorlari bilan tasdiqlangan shartlariga tatbiq etilmaydi. Shuningdek, chorvachilik, baliqchilik sohalari uchun subsidiyalar ajratish belgilangan https://lex.uz/docs/4717189

Menyuga qaytish.

https://t.me/ykfoundation