April 24, 2020

BIZNES SIZGA NIMA BERADI

Assalomu alaykum. Siz bu kursni boshladingizmi, demak siz o‘zgarishni va biznes egasi bo‘lishga birinchi qadamni tashladingiz. Siz anglab olishingiz kerak, ya’ni tadbirkorlik sizga nima beradi!

“Inson ozod, ammo zanjirband etilgan kabi dunyoga keladi. U boshqalarni boshqaraman deb o‘ylaydi, lekin oxir-oqibat o‘zgalarga qaraganda ham qaramroq ekanini anglab yetadi” Jan Jak Russo

Anglaganingizdek biznes sizga erkinlik beradi. Moliyaviy erkinlik sizni yuksaltiradi va barcha orzu maqsadlaringizni amalga oshirishingizga yordam beradi. Agar hayotingiz moliya yo‘lida beqaror bo‘lib turgan bo‘lsa pul oqimingizni o‘z qo‘lingizga olib, o‘z biznesingizni boshlang.

Pul kvadranti haqida bilasizmi?

https://t.me/mybusiness_ykj

Mashhur tadbirkor, yozuvchi va investor Robert Kiosaki talqini boyicha odamlar to‘rt toifaga bo‘linadi, Bular: Yollanma ishchilar, Professionallar, Biznes egalari va Investorlar.

Yollanma ishchilar: Bu toifadagi insonlar ish beruvchilar tomonidan belgilangan maosh evaziga ma’lum vazifalarni bajarishadi. Bunday insonlar oramizda ko‘pchilikni tashkil etib odatda ulardan professionallik talab etilmaydi. Bunday insonlar bir oy davomida ishlab evaziga olingan maoshi faqat oziq-ovqati va yashash uchun zaruriy kichik qiymatlarga yetadi xolos. Agar siz bu toifada bo‘lsangiz bor kuch va vaqtingizni sarflab 100 % harakatingiz va yollangan ishingiz ko‘paytmasi (x1)daromadingizga teng (100%x1=Daromad) Ya’ni agar siz bu toifada bo‘lsangiz bor vaqtingiz va kuchingizni ishga berib, manashu ish orqali daromad olasiz. Vaqtingizni asosiy qismini ishlab pul topishga bag’ishlaysiz, bu esa siz har oyni ana shunday o‘tkazasiz degani va vaqtingiz va energiyangizni pulga sotasiz. Sizda moliyaviy erkinlik va siz uchun ishlovchi insonlar ham pullar ham yo‘q, bu esa siz faqat ishlaganingizdagina pul topasiz degani.

Professionallar: bu insonlar o‘z sohasini o‘ta mahorat bilan bajaruvchilardir, ularning vaqti qimmatroq turadi. Agar siz professionallar toifasida bo‘lsangiz demak sizning shaxsiy ishingiz bor va siz ishingizdan ayrilib qolishdan qo‘rqmaysiz, siz kamyob xodimsiz, sizga o‘z sohangizda talab yuqori va siz ishsiz qolmaysiz. Professionallar yollanma ishchilarga nisbattan kamroq vaqt sarflab ko‘proq pul topishadi (vaqt=ko‘proq daromad) Ammo sizda ham moliyaviy erkinlik va siz uchun ishlovchi insonlar ham pullar ham yo‘q, bu esa siz ham faqat ishlaganingizdagina pul topasiz.

Biznes egalari: Bu toifadagi insonlar shaxsiy biznesiga ega insonlardir, ular o‘ziga va boshqalarga pul keltiriladigan jamoa va tizimni yaratgan insonlardir. Agar siz biznes egasi toifasiga kirsangiz demak sizning daromadingiz sizga ishlayotgan odamlarga bog’liq, qanchalik yaxshi mutaxassislarni yollagan bo‘lsangiz, shunchalik yaxshi daromad olasiz. Siz bir o‘zingiz ko‘plab, yuzlab balki kamroq yoki minglab insonlarni boshqarishingiz mumkin (1%x100=Daromad) Muhumi ular siz yo‘q paytingizda ham siz uchun mehnat qilishadi (Odamlar= Daromad). Biznes egasining Professionaldan farqi ko‘plab bo‘lib, Biznes egasi istalgan vaqt bir necha oylab ta’tilga va yoki keyingi loyihalarini amalga oshirishga vaqtini sarflashiga imkoni borligida. Biznes egalarida moliyaviy erkinlik va ular ishlamagan vaqtlarida ham doimiy pul oqimiga egadirlar.

Investorlar: Ko‘chmas mulk egalari va boshqa sarmoya tikib daromad oluvchi ya’ni pullari ular uchun ishlaydiganlardir. Agar siz Ivestor bo‘lsangiz demak pullar sizga ishlaydi, siz ma’lum biznes yoki loyihaga pul tikib, ulardan keladigan ma’lum daromadlarga ega bo‘laverasiz (Pullar = Pullar). O‘rtacha investorlar umuman ishlamaydi chunki uning o‘rniga uning pullari mehnat qiladi.

Kanalga o'tish.