Pensiya va nafaqalar miqdori 1,1 baravar oshirildi
Pensiyalar, bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga, zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqalar miqdori 1,1 baravar oshirildi.
Shuningdek, 2020 yil 1 sentyabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida:
pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 262 470 so‘m;
yoshga doir eng kam pensiyalar – oyiga 513 350 so‘m;
bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – oyiga 513 350 so‘m;
zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – oyiga 315 030 so‘m etib belgilandi.
Asos: «Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident farmoni.