April 26, 2020

MUAMMO QAYERDA?

Assalomu alaykum. Bugun siz bilan anglashimiz va bajarishimiz zarur bo'lgan eng muhum mavzulardan biri haqida gaplashamiz. Bizning o'y fikirlarimiz bizning kimligimizni anglatganidek, biz qanchalik aniq va to'g'ri fikirlay olsak demak biznesdagi muvaffaqiyatli qadamlarimizni davom ettira olamiz. Demak muammo bizning fikirlashimizda, keling sizlar bilan endi amaliy ishga o'tamiz va o'z o'y fkirlarimizni tozalab olishga harakat qilamiz.

Biz miyangizda turib qolgan va maqsadlaringizga erishishingizga xalaqit berayotgan chiqindilarni nazarda tutyapmiz.

Siz faol fikirlarshni boshlashingiz uchun sizda birqancha jiddiy to'siqlar mavjud.

- Sizda maqsadlaringizni ro'yobga chiqarish uchun kuchli istakning mavjud emasligi, agar sizda maqsadga erishish uchun kuchli istak bo'lmas ekan siz maqsadingizdan uzoqlashib boraverasiz va so'ngida undan voz kechib qo'yaqolasiz. Misol uchun siz juda chanqadingiz ammo siz o'zga davlatdasiz, bu davlat tilini bilmasangiz ham siz shu qadar chanqaganligingiz sabab albatta suv sotib olasiz yoki boshqa imkoniyatni izlab topasiz. Angladingizmi demak siz qanchalik maqsadingizga kuchli istak bilan ta'sir o'tkazishingiz kerak.!

- Siz aslida nima istayotganingizni aglolmayapsiz. Biz insonlar shunday yaralganmiz ko'p narsa istaymiz ammo “tilla baliqcha” tutib olgudek bo'lsak aslida nima istashimizni bilmay qolamiz bu albatta hayotiy misol bo'lmasada aslida haqiqatdan ham bizga nima kerkaligini to'la anglolmaymiz. Siz maqsadlaringizni ovoz chiqarib ayting va qog'ozga tushuring, qachonki maqsadingizni siz to'la vaznda ko'rmas ekansiz, butun aqlingiz bilan uni to'la tasavvur eta olmas ekansiz siz maqsadingizga qisqa yo'ldan borolmaysiz.

- Sizda yetarli bilim va sizni oldinga undovchi insonlar ta’siri yo’q. Siz maqsadlaringizni aniq qilib olganingizdan so’ng sizga aynan qanday bilimlar talab qilinishini bilasiz, sizga bu sohada kimlar yordam bera oladi kim sizning ustozingiz bo’ladi. Siz maqsadingizga muvofiq bilimlarga ega bo’lishni boshlang, sizning maqsadingizga qisqa yo’lni ko’rsatuvchi insonlar bilan tarnishing. Agar siz taom tayyorlamoqchi bo’lsangizu uni qanday tayyorlashni bilmasangiz albatta mohir oshpazdan maslahat olasiz.. demak hammasi tushunarli.  Endi siz kamchiliklarni oz bo'lsa ham tushunib oldingiz demak amaliy mashqlarni bajarishga kirishsangiz bo'ladi.

1-Sizni ortga tortayotgan qo'rquvlarni qog'ozga tushuring

2-Siz anchadan buyon qoldirib kelayotgan ishlaringiz ro'yxatini yozib chiqing.

3-O'z-o'zingizga va yaqinlaringizga bergan va'dalaringizni qog'ozga tushuring.

 Amaliy mashg'ulotga muvofiq, barcha ro'yxatni tayyorlab bo'lganingizdan so'ng, siz qo'lingizda myangizdagi chiqindilar va maqsadingizdan ortga suruvchi omillarni ko'rasiz. Endi siz bu nuqsonlarni birin ketin bartaraf eting va ro'yxatdagi barcha muammolarni bajaring va o'chirib boring. Biz sizga ishonamiz siz qisqa vaqt ichida

YANGI MUVAFFAQITAGA ERISHISH UCHUN TINIQ VA TOZA MYAGA EGA BO’LASIZ.

Kanalga o'tish.