August 18, 2020

Miyani rivojlantirish va asablarni mustahkamlash uchun 10 ta mashq.

1. Tishni ishchi bo'lmagan qo‘l bilan yuvish.

Yaʼni kim o'naqay bo'lsa, chap qo‘l bilan yuvadi, kim chapaqay bo‘lsa o‘ng qo‘l bilan yuvadi.

Tish yuvish pastasi og‘zini ochishda va yopishda ham ishchi bo‘lmagan qo‘lni ishlating.

2. Ko'zlaringizni yumib dush qabul qiling. Albatta suvni o'zingizga kerakli meʼyorda taxlab olgach, keyin ko'zingizni yuming.

3. Ertalabki tartibingizga o‘zgartirish kiriting. Masalan, har doim kiyinib bo'lgach nonushtaga o'tirsangiz, endi nonushta qilib keyin kiyining.

Ishga, bozorga, bog‘chaga boradigan ko'chalarni ham tez- tez almashtirib turing. Iloji boricha har safar boshqa- boshqa yo‘llardan borishga harakat qiling.

4. Uyingizda turgan baʼzi narsalarni vaqtincha oyog‘ini osmondan qilib qo'ying. (Masalan, rasmlar, soat, kalendar, yumshoq o‘yinchoqlarni teskari qilib ko'yish mumkin)

5. Ovqatlanish stolidagi stulingizni joyini tez- tez o'zgartiring.

6. Ertalab uyqudan turganingizda xushbo'y hidlar bo'yidan uyg‘oning.

Masalan, myata, yalpiz, rayxon, vanilin, xandalak, iskandar kabilar.

Ularni xafta davomida krovatingiz yonida saqlang. Uyqudan turishingiz bilan ularni olib xidlang. Shundan keyingina yuvinib, kiyinib oling.

7. Har kuni yo'lingizda uchraydigan (yoki derazani ochib) yangi ovozlar, yangi hidlarni payqashga harakat qiling.

8. Supermarketdagi maxsulotlarni o'rganing.

To‘g‘ri kelgan rasta yonida tuxtab, tepadan pastga qarab chiqing. Agar siz oldin sezmagan biron nimaga ko'zingiz tushsa, uni olib, tarkibini o‘qing va bu xaqda o'ylang.

Bu narsani sotib olishingiz shart emas!

9. Insonlar bilan gaplashib, fikr almashib turing.

10. Kitob yoki jurnal o'qiganda baʼzida ovoz chiqarib o'qing.

Yoki kimgadir ovoz chiqarib o'qib bering.

Bu mashqlar miyani, beshta sezgilarimiz bilan birgalikda oltinchi sezgini ( Intuitsiyani) ni xam rivojlantirishda foydasi juda katta.

https://t.me/ykfoundation