April 25, 2020

MUVAFFAQIYATLI INSON

Assalomu alaykum! Yoshlar biz davom etamiz, barchamiz biznes tashkil qilishni va moliyaviy erkinlikka erishib, farovon yashagimiz keladi albbatta. Shunday ekan keling biznesmen insonlarning ba’zi jihatlariyu ular bosib o’tgan yo’llarni ko’rib chiqamiz.

“Muvaffaqiyat mag’lubiyatdan bir qadam narida, xolos” Napaleon HILL

Orzu-istakni oltinga aylantirish mumkin. Janob Derbi bu kashfiyotni ro’yobga chiqarguncha bir necha bor o‘z mag’lubiyati, omadsizliklari o‘rnini to‘ldirdi. U insonlarning o‘z hayotini sug’urta qilish ishlari bilan shug’illanar ekan, yoshligida yo‘l qo‘ygan qayg’uli tajribasidan saboq chiqarib olishga qaror qildi. Bu oddiygina saboq edi: “Oltin qazib olish istagida ko‘plab mablag’ sarfladim, ishchilar yolladim. Ammo Topolmadim so‘nggi bir dona texnikam qolgandi…bas men ishni tashlayman.! Oddiy muxandis yigit bor yo‘g‘i bir kun mening tashlab ketgan konimda qazish ishlarini olib borib,U Oltinlarga ega bo‘ldi, Oltinlar shundoqqina oyog‘im ostida turgan edi.” Men ishni tashlab ketdim! Ammo kimdir bir mendan sug’urta hujjatlarini sotib olishni istamasa hamki, hechqachon mo’ljallagan ishimdan yuz o’girmayman! Va Derbi bir yilda bir million dollar sug’urta hujjatini sotuvchi kishilardan bo‘lib qoldi (Napaleon Hillning “O‘yla va boy bo‘l” kitobidan).

Sizning ham hayotingizga muvaffaqiyat kirib kelar ekan, vaqtinchalik omadsizlik va hatto mag’lubiyatlar bo’lmasin, bariga chidashingizga to’g’ri keladi. Haqiqatdan ham bizni omadsizlik ta’qib etdimi, bas, eng oddiy mantiq ishni tashlash bo’ladi. Aziz yoshlar Eng “savdoyi” muvoffaqiyat mag’lubiyatga bir qadam qolganda kelar ekan.

Demak, Janob Derbining tajribasidan xulosa qiladigan bo’lsak, Siz boshlagan harqanday ishda ham muvoffaqiyatsizlikka duch kelishingiz mumkin. Lekin also o’z maqsadingizdan chekinmasligingiz, qayta urunishingiz va istaklaringiz cho’qqisida albatta bayram qilishingiz shart.! Biznes egalari doim xatolaridan saboq chiqaradi, harakatini esa yanada kuchaytirib muvoffaqita qozonadi.

Sizlar uchun Muvoffaqiyatli insonlarning odatlariga to’xtalamiz. Bular sizda ham mavjud, yo’q bo’lsa albatta o’zlashtirasiz.!

Ular qilish kerak ishni ortga surmaydi, ertangi kun ham o’z rejalari bilan keladi.

Ular hayotdan doim saboq olishadilar.Har qanday hayotiy tajriba Saboqdir.

Ular kuchli istak bilan harakat qiladilar, tasodifiy muvoffaqiyatni kutmaydilar,ular hayotini o’zlari quradilar.

Ular hissiyotlarini boshqara oladilar, ular ham barcha insonlar his etgan narsalarni his etadilar, lekin ular o’z hissiyotlarining quliga aylanib qolmaydilar.

Ular o’z qobiliyatlariga ishonadilar,lekin havolanmaydilar, ular o’zgalar va hayotdan urganishni biladilar.

Ular moslasha oladilar va o’zlariga keraksiz odatlardan to’la vos kecha oladilar.

Ular o’zlarini yaxshi jismoniy holatda bo’lishlariga intiladilar, sport bilan shug’illanishni odatlariga kiritadilar.

Ularga kerak bo’lmagan narsalarga vaqt va kuchlarini sarflashmaydilar.

Muvoffaqiyatli insonlar oqimga qarshi suzishdan qo’rqmaydilar va buni muntazam qo’llaydilar.

Muvoffaqiyatli insonlar oldilariga kichik maqsadlar qo’ymaydilar.

Ular omadsizlikni tan olishni biladilar va o’zlarini oqlashga urunib vaqt sarflamaydilar.

Ular ham hafsirashadi, lekin qo’rquv ularni yengishlariga yo’l qo’ymaydilar.

Eng asosiysi ular hechqachon TASLIM BO’LISHMAYDI.

 Aziz yoshlar bu kabi odatlar va sirlarni siz ham qo’llay olasiz va biz bunga yordam beramiz. Har bir muvoffaqiyatga erishish yo’llarini keying kurslarimizda amaliy ishlar va saboqlar bilan sizlarga havola etamiz. Ishonamizki siz ham Muvoffaqiyatli insonlar qatorida birinchilardan bo’lasiz.!

Kanalga o'tish.