Buxoroda otaliqqa olingan yoshlar o‘rtasida “Favqulodda vaziyatlar vaziri kubogi” sport musobaqalari o‘tkazildi
🔎 Buxoro viloyatida O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Buxoro viloyati Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Buxoro harbiy prokuraturasi, viloyat Milliy gvardiyasi hamda Mudofaa boshqarmasi hamkorligida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan otaliqqa olingan yoshlar o‘rtasida “Yurtning kuchi – birlikda, qadri yesa tinchlikdadir!” shiori ostida Favqulodda vaziyatlar vazirining kubogi sport musobaqalarining viloyat bosqichi o‘tkazildi.
👥 Musobaqada viloyatning barcha shahar-tumanlardan saralangan 13 ta jamoa ishtirok etdi. Jamoalar jami 5 turda “Men qutqaruvchiman” estafetasi, Voleybol, Shaxmat, Arqon tortish, “Ijodiy taqdimot” turlari bo‘yicha bellashdilar.
🎁 Qiziqarli bellashuvlar, g‘ayrat va kuch to‘la daqiqalar o‘z nihoyasiga yetib, g‘olib jamoalar aniqlandi. Ularga viloyat esdalik sovg‘alari va diplomlari tantanali ravishda topshirildi. Umumjamoa hisobida g‘alaba qozongan Jondor tumani jamoasi “Favqulodda vaziyatlar vaziri” kubogi sport musobaqalarining respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.