Hududiy yangiliklar
October 6, 2023

Namangan viloyatida boshlang‘ich tashkilot yetakchilari va yo‘nalish kordinatorlari uchun o‘quv-seminari o‘tkazildi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan viloyat Kengashi tashabbusi bilan 2023 yil 4-oktabr kuni Namangan Qo‘riqlash boshqarmasi binosida “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlari tizimida 2023-yilda yoshlarga oid davlat siyosatini samarali amalga oshirish yuzasidan hamkorlikdagi chora-tadbirlar dasturi”ning 2-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida harbiy qism va muassasalardagi boshlang‘ich tashkilot yetakchilari va yo‘nalish kordinatorlari uchun o‘quv-seminari o‘tkazildi.

O'quv-seminarida bir qator hamkor tashkilotlar mas'ul vakillari tomonidan Yangi O'zbekiston Konstitutsiyasi, O'zbekiston-2030 strategiyasi mazmun-mohiyati, yetakchilar faoliyati samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan yangicha metodikalar hamda hamkorlikda amalga oshiriladigan yangi loyihalar borasida ma'umot va tushunchalar berildi.

O‘quv-amaliy seminar davomida 2023-yilning 9 oyi davomida yoshlarga oid davlat siyosati yuzasidan amalga oshirilgan ishlar sarhisobi hamda yil yakuniga qadar yosh harbiy xizmatchi va xodimlar o‘rtasida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan rejalar ishlab chiqildi va yuqori natijalarni ko‘rsatgan hamda o‘quv-seminarida faol ishtirok etgan yoshlar yetakchilariga O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining estalik sovg‘alari va sertifikatlari topshiriladi.