Sirdaryoning faol sardorlari saylandi!
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyat Kengashi qoshidagi Sardorlar Kengashi a'zolarining “Sardorlar forumi” har galgidan o‘zgacha o‘tdi.
Dastavval, 11 ta tuman va shaharlardan tashrif buyurgan 154 nafar mahalliy sardorlar ishtirokida, yo‘nalishlar kesimida 7 ta guruhlarga bo‘lingan holda o‘quv seminari tashkil etildi.
Shundan so‘ng, har bir tuman va shaharlardan sardorlikka o‘z nomzodini qo‘ymoqchi bo‘lgan yigit-qizlar saylovoldi dasturlarini qisqa vaqt davomida taqdimot qildi. Har bir sardorning ovozi inobatga olingan holda 14 nafar Hududiy Sardorlar Kengashi a'zolari saylandi. Hududiy sardorlar saylovida 4-7 sinf o‘quvchilari orasidan 7 nafar “Kamalak”, 8-11 sinf o‘quvchilari orasidan 7 nafar “Ittifoq” yo‘nalish sardorlari saralab olindi.
Saylov yakunida Sardorlar va viloyat hokimyati vakillari bilan uchrashuv tashkil etilib, ochiq muloqot olib borildi. Sardorlar taklif va tashabbuslari tinglandi.
14 nafar Viloyat sardorligiga saylangan yoshlarga ishonch yorlig’i “Kamalak” bolalar tashkiloti ramziy belgisi tushurilgan yondaftar va sumkalar topshirildi.
Tadbir so‘ngida mahalliy sardorlar saylovlarini yuqori saviyada tashkil etishdagi homkorligi uchun 5 nafar ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari Viloyat hokimining tashakkurnomasi hamda esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.