Hududiy yangiliklar
December 7, 2023
Poytaxtning faol 30 nafar sardorlarining Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga sayohati tashkil etildi!
Joriy yilning 7-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan sardorlar kengashi a’zolarini Qonunchilik palatasi va deputatlar faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, ularga konstitutsiyaviy islohotlar haqida batafsil ma’lumotlar berish maqsadida Poytaxtning faol 30 nafar sardorlarining Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga sayohati tashkil etildi.
Sayohat davomida sardorlar Konstitutsiya kuni munosabati bilan tashkil etilgan maxsus ko'rgazma, "Parlament kutubxonasi", "Parlament muzeyi" faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.