Hududiy yangiliklar
August 7, 2023

“Yozni Kamalak bilan!” loyihasining navbatdagi manzili “Xonjiza” oromgohi bo’ldi.

O’zbekiston yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyati Kengashi tomonidan Sariosiyo tumanidagi “Xonjiza” bolalar oromgohida “ Yozni kamalak bilan” loyihasi amalga oshirildi.

Loyiha davomida bolalarning vaqtini mazmunli o’tkazish maqsadida Turli xil o’yinlar jumladan futbol musobaqasi , insholar tanlovi va rassomchilik musobaqasi o’tkazildi va tadbir yakunida faol bo’lgan bolalar diplom va estalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

🤝Bizning sahifalarimiz:
Telegram \ Instagram \ Facebook