September 27, 2023

Ozarbayjonning "Yosh islohotchilar" jamoat birlashmasi vakillari bilan hamkorlik memorandumi imzolandi!

Bugun O'zbekiston yoshlar ittifoqi rahbariyati Ozarbayjon Respublikasining "Yosh islohotchilar" jamoat birlashmasi va Ozarbayjon Media guruhi vakillari bilan uchrashuv o'tkazishdi.

Uchrashuvda bir qator masalalar hamda kelgusidagi rejalar muhokama qilindi. Xususan, muloqot davomida "Yosh islohotchilar" jamoat birlashmasi raisi Farid Shaxbazali mamlakatimizda yoshlar masalalari davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgani, O'zbekistonda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar hamda ularning iste'dod va qobilyatlarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni aloxida e'tirof etdi.

Shu bilan birga uchrashuv davomida o'zaro hamkorlikda yoshlarning media savodxonligini oshirishga qaratilgan mediacamplar, forum va treninglarni o'tkazish masalasi ko'rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida O'zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi hamda Ozarbayjon Respublikasining "Yosh islohotchilar" jamoat birlashmasi o'rtasida O'zbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi yoshlarida o'zaro do'stona munosabatlarni mustahkamlash, shuningdek, tomonlar o'rtasida manfatli hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish maqsadida hamkorlik memorandumi imzolandi.

O'zbekiston yoshlar ittifoqi jamoasi Ozarbayjon Respublikasining "Yosh islohotchilar" jamoat birlashmasiga har ikkala mamlakat yoshlariga manfatli bo'lgan uchrashuv uchun minnatdorchilik bildiradi.