Harbiy qismlardagi boshlang'ich tashkilotlar faoliyatini yaxshilashga qaratilgan o‘quv-seminar o‘tkazildi
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyat Kengashi. Jamoat xavfsizligi universiteti hamda Toshkent harbiy okrugi qo‘mondonligi bilan hamkorligida joriy yilning 8-fevral kuni Jamoat xavfsizligi universitetida viloyatdagi kuch tuzilmalardagi harbiy qism boshlang‘ich tashkilot yetakchilari bilan “Boshlang‘ich tashkilotning asosiy maqsadi va vazifalari, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi ahamiyati” mavzusida o‘quv-seminari o‘tkazildi.
Ushbu o‘quv-seminari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil
17-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3394-sonli Qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-iyundagi “Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan istiqbolli rejalarning amalga oshirish tizimi hamda o‘tgan yilda erishilgan natijalar sarhisobiga bag‘ishlandi.
Shundan so‘ng ishtirokchilarga Unversitetda yoshlar uchun yaratilgan keng sharoitlar, qulayliklar namoyish qilinib universitet tarixini yoritadigan “Vatanparvarlik maskani” bilan yaqindan tanishishtirildi.
Ushbu o‘quv seminardan ko‘zlangan maqsad yoshlar yetakchilari faoliyati samaradorligini oshirish, kuch tuzilmalari yetakchilari o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash, yetakchilar faoliyatida yangi marra va yutuqlarni egallash uchun o‘ziga xos motivatsiya yaratishdan iborat bo‘ldi.