Hududiy yangiliklar
April 5

O'zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar "Ekologiya" yo'nalishi sardorlari tomonidan "Plogging" loyihasi o'tkazildi.

O'zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar "Ekologiya" yo'nalishi sardorlari tomonidan O’zbekiston ekologik partiyasi bilan hamkorlikda yoshlar orasida ekologik madaniyatni shakllantirish, tabiatni asrash va unga g'amxo'rlik qilish maqsadida joriy yilning 4-aprel kuni Shayxontohur tumanida joylashgan Navro'z bog'ida "Plogging" loyihasi o'tkazildi.

Loyihada O'zbekiston Ekologik partiyasi mas'ul xodimlari, Poytaxt sardorlari, Toshkent shahridagi umumiy o'rta ta'lim maktabi o'quvchi-yoshlari va bir guruh eko-faollar ishtirok etdilar.

Ishtirokchilar hududning tozaligini ta'minlash maqsadida 33 kg miqdorida chiqindilarni to'plashga muvaffaq bo'ldilar.

Bu kabi "Plogging" loyihalari shahrimizning turli nuqtalarida har haftada o'tkazilishi belgilandi.