Hududiy yangiliklar
March 13

Sirdaryoda “Jasorat maktabi” oʻquv yigʻinining l-mavsumiga start berildi.

Yurtimizda Mudofaa vazirligi tasarrufidagi harbiy qism va muassasalarda mahalliy hokimliklar bilan hamkorlida “Armiya — vatanparvarlik va jasorat maktabi” shiori ostidagi 10 kunlik “Jasorat maktabi” oʻquv yigʻinlari oʻtkazish anʼanaga aylandi.

Xususan, Sirdaryo viloyati harbiy-maʼmuriy sektori, Toshkent harbiy okrug qoʻmondonligi, Yoshlar ishlar agentligi viloyat boshqarmasi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi bilan hamkorlikda Mirzaobod tumanida joylashgan harbiy qismda "Jasorat maktabi"ning navbatdagi yig'ini bo'lib o'tdi.

Yigʻinning tantanali ochilish marosimida so'zga chiqqan mas'ullar mazkur yigʻin yoshlar uchun kutilmagan imkoniyatlar va sharoitlar yaratib berishga ishonch bildirib, ishtirokchilarga omad tiladi.