Hududiy yangiliklar
October 5, 2023
Talabalar o‘rtasida "Munozara" bellashuvi o‘tkazildi.
Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali boshlang'ich tashkiloti tomonidan talabalar o'rtasida "Munozara" bellashuvi o'tkazildi.
Munozara bellashuvi "Kredit modul tizimining salbiy tomonidan ijobiy tomonlari ko'proq" mavzusida o'tkazildi. Unda "Ideal" va "Tandem Trio" jamoalari bellashishdi. Munozaralarga boy bo'lgan bellashuvda durrang natija qayd etildi.
Hakamkar qatorida filial direktori Zafar Xakimov ham ishtirok etib, bellashuv yakunda tanqidiy va tahliliy xulosa berib o‘tdi.