December 16, 2023

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan yil davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi!

Har bir millat va davlatning ertasi o‘sib kelayotgan yosh avlodning ma’nan yetuk va intellektual salohiyatiga ko‘p jihatdan bog‘liq. Bugun biz havas bilan qarayotgan mamlakatlarning rivojlanish yo‘liga nazar tashlasak, o‘z yoshlarining har tomonlama bilim olishlari va kasb-hunar egallashlari uchun keng shart-sharoitlar yaratishga e’tibor qaratganini ko‘ramiz. Shu ma’noda, hurmatli Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoev davlat boshqaruviga kelgan ilk kunlaridanoq yoshlarni jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk va salohiyatli qilib tarbiyalash ishlariga davlat siyosati darajasida ahamiyat bergani bejiz emas. Qolaversa, Prezidentimiz tomonidan imzolangan birinchi qonun ham aynan yoshlarga oid davlat siyosatining asoslariga taalluqli edi. Zero, yurtning ravnaq topishi va obod bo‘lishi maqsad qilib qo‘yilgan davlatda birinchi o‘rinda yoshlarni tarbiyalashga, ularga zarur shart-sharoitlar yaratib berishga ustuvor vazifa sifatida qaralishi barchaga ma’lum.

O‘tgan yillar davomida mamlakatimizda yoshlarning bilim va kasb-hunar egallashlari uchun barcha zarur sharoitlarni yaratishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirildi. Ma’lumotlarga qaraganda, 2016-yildan buyon yoshlar siyosatiga oid 10 ga yaqin qonun, Prezidentning 30 dan ortiq farmon va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining 60 ga yaqin qarorlari qabul qilingan ekan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida” PF-5106-sonli Farmoniga muvofiq O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyati tashkil etilgan edi. Mazkur Farmonda yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ongi va qalbida mustaqillik g‘oyalariga sodiqlik, milliy o‘zlikni anglash, Vatanga muhabbat va uning taqdiriga daxldorlik, fidoyilik hissini qaror toptirish va rivojlantirish, turli mafkuraviy tahdidlardan asrash, shuningdek, demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasidagi islohotlarda yoshlar faolligini oshirish, yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlaydigan, qat’iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash va chuqur bilimlarga ega tashabbuskor, shijoatli, el-yurt manfaati yo‘lida bor kuch-g‘ayrati, bilim va salohiyatini safarbar qiladigan, mamlakat istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir yoshlar safini kengaytirish hamda yoshlarning zamonaviy kasb-hunarlarni puxta egallashi uchun munosib sharoitlar yaratish, bandligini ta’minlash, ishbilarmonlik qobiliyatini rivojlantirish, ularni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng jalb etish, tashabbuslarini rag‘batlantirish, intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishiga ko‘maklashish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi va oila muqaddasligi g‘oyalarini keng targ‘ib qilish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishga, ijodiy to‘garaklar va turli, jumladan, xorijiy tillarni o‘rgatish o‘quv kurslariga keng jalb etish, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga yoshlarga oid faoliyatni tashkil etishda g‘oyaviy-uslubiy jihatdan ko‘mak berishga oid davlat siyosati sohasidagi ishlar natijadorligi va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish borasidagi muhim vazifalarni belgilab berilgan edi. Ko‘rib turibmizki, zimmamizga ulkan mas’uliyat yuklagan. Aytishimiz mumkinki, bugungi kunda, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi yoshlarni birlashtiruvchi nodavlat notijorat tashkilot sifatida o‘z zimmasiga yuklangan vazifalarni samarali amalga oshirishga astoydil harakat qilmoqda.

Bugungi kunda, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining jami 11 ming 915 ta boshlang‘ich tashkilotlari o‘z atrofida mamlakat yoshlarini birlashtirib kelmoqda. O‘tgan davr mobaynida, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish yo‘nalishida jami 35 ming 384 ta loyiha va tadbirlarda 5 mln. 714 ming 774 nafar yoshlar qamrab olindi. Birgina, noyabr oyida 2 398 ta tadbir va loyihalarda 305 481 nafar yoshlar jalb etildi.

Ma’lumot uchun: Oliy va professional ta’lim muassasalari hamda korxona va tashkilotlardagi boshlang‘ich tashkilotlar tomonidan 26 ming378 ta loyiha, tadbir va musobaqalarda 3 mln.360 ming291 nafaryoshlar;

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalardagi boshlang‘ich tashkilotlar tomonidan 654 ta loyiha, tadbir va sport musobaqalarida 1 mln.652 ming157 nafaryoshlar;

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yo‘nalishida jami 8 352 marotabatadbir va loyihalar amalga oshirilib, 702 326 nafar yoshlar qamrab olindi.

Ma’lumot uchun: 210 ta oliy, 703 taprofessional ta’lim muassasalari, 517 ta korxona va tashkilotlar, 309 ta harbiy qism va muassasalar hamda 10 ming 176 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi boshlang‘ich tashkilotlar mavjud.

Shu bilan birga, Ittifoq tarkibida “Kamalak” bolalar tashkiloti tomonidan 10-14 yoshdagi 3 mln. nafardan ortiq bolalarni o‘z atrofida birlashtirgan 337 ming 312 nafar sardorlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Shundan: 192 944 nafar sinf sardorlari (shundan, 88 872 nafari Ittifoq va 104 072 nafari “Kamalak” sardorlari), 141 260nafar maktab sardorlari, 2 898 nafar mahalliy, 196 nafarhududiy hamda 14 nafar Respublika sardorlaridan mavjud.

Davlatimiz rahbarining yoshlar ittifoqiga berayotgan imkoniyat va e’tiborini chuqur his etgan holda, tizimda yangicha yondashuv, maqsadli va samarali tadbir va loyihalar, zarur uchrashuvlar, rivojlangan davlatlarning yoshlar tashkilotlari bilan tajriba almashish kabi dolzarb masalalarga alohida e’tibor qaratmoqdamiz.

Shuningdek, oliy, professional va umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlar hamda harbiy qismlardagi boshlang‘ich tashkilot yetakchilarini o‘qitish uchun uslubiy qo‘llanmalar chop etilib, tajriba almashish va malaka oshirish maqsadida tegishli tartibda o‘quv-seminarlar tashkil etayapmiz. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2023-yil 7-noyabrdagi 02/5-2382-son va 02/5-2388-sonli xatlariga asosan, joriy yilning 7-30 noyabr kunlari davomida 10 ming 176 ta umumta’lim muassasalarning 10 ming 140 tasi (99,6%)boshlang‘ich tashkilotlarida yetakchi hamda sardorlari uchun o‘quv-seminarlar tashkil etildi.

Ma’lumot uchun: Respublikadagi 10 ming 176 taumumiy o‘rta ta’lim maktablarida 13 ming 519 nafarma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari faoliyat yuritmoqda. Shundan, 5 ming 229 nafari(38,6 foiz) ayollar, 8 ming 290 nafarini(61,3 foiz) erkaklar tashkil etadi.

Ma’lumki, hozirda mamlakatimizda jami 210 ta oliy ta’lim muassasalari (shundan 114 tasi (54,2 %)davlat, 66 tasi (31,6 %) nodavlat hamda 30 tasi (14,2 %) xorijiy ta’lim muassasalari) mavjud. Dastavval, 128 ta oliy ta’lim muassasalarida boshlang‘ich tashkilotlar faoliyat yuritgan bo‘lsa, joriy yilda 48 ta oliy ta’lim muassasalari bilan imzolangan memorandumlarga asosan, ushbu ko‘rsatkichlar soni 201 taga yoki 57 % ga oshdi. Shuningdek, 210 ta oliy ta’lim muassasalarida yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkilotlari tomonidan 1 mln. 61 ming 194 nafar talaba yoshlar faoliyat yo‘nalishlariga jalb etilmoqda.

Bundan tashqari, oliygohlarda 2 199 nafar kontrakt to‘lovining 35 %gacha qismi qoplanishiga tavsiya etilgan talaba yoshlar bilan harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishida faoliyat olib borilmoqda.

Jumladan, kontrakt to‘lovining 35 %gacha qismi qoplanishini tavsiya etilgan 2199nafar talaba yoshlarga joriy yilda 7,3 mlrd.so‘m miqdoridagi shartnoma mablag‘lari to‘lab berildi.

Shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan “Qalqon” jamoatchilik guruhlari tuzilib, ularda 2 ming nafardan ortiq yoshlar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Joriy yilda “Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik!” va “Bilim va tafakkurimiz – shu el uchun, shu yurt uchun!” festivallari, “Xavfsiz hayot uchun” velo va piyoda yurish marafoni, Jizzax viloyati, “Zomin” bolalar oromgohida o‘tkazilgan “Yetakchilari forumi 2023”, “Munozara” Respublika turniri, “Tafakkur shaxmat taxtasi” musobaqasi “Tinchligimiz, taraqqiyot va farovonlik uchun!” shiori ostida “Ko‘pkurash” harbiy-vatanparvarlik sport musobaqalari katta ko‘tarinkilikda o‘tkazildi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan 2023-yil 4-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda imzolangan 04-13/771-sonli qo‘shma xatga asosan “Kamalak” bolalar tashkiloti a’zolar safini kengaytirish hamda “Tengdosh - tengdoshga” tamoyili asosida faol bo‘lmagan yoshlar bilan tizimli ishlar tashkil etish, ularda notiqlik mahoratini takomillashtirish maqsadida maktablarda sinf va maktab sardorlar saylovi tashkil etildi.

“Kamalak” bolalar tashkiloti tomonidan 10-14 yoshdagi 3 mln. nafardan ortiq bolalarni o‘z atrofida birlashtirgan 337 ming 312 nafar sardorlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Shundan: 192 944 nafar sinf, 141 260nafar maktab, 2 898nafar mahalliy, 196nafarhududiy hamda 14 nafar Respublika sardorlaridan iborat.

Joriy yilda, o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida umumiy o‘rta ta’lim muassasalardagi boshlang‘ich tashkilotlar tomonidan 654 ta loyiha, tadbir va sport musobaqalarida 1 mln. 652 ming 157 nafar yoshlar qamrab olindi.

Yirik loyihalar: “Kamalakda mehmonda”, “Eng namunali hududiy sardorlar Kengashi” tanlovi, “Quvnoqlar va zukkolar” tanlovi, “Munozara” intellektual turniri, “Zakovat” intellektual o‘yini, “Plogging”, “Do‘stimga sovg‘a” aksiyalari, “Ta’tilda maslahat”, “Kamalak studiyasi”, “Na’munali ta’lim yoki ijtimoiy faollik” mavzusida bolalar press klublari, “Master” loyihasi, “Ma’naviyat haftaligi”, “Quvnoq hashar”, “Yozni “Kamalak” bilan !” loyihalari, “Chess Kingdom”, loyihasi, “Tabiat hammamiz uchun” ekologik aksiyasi, “Kamalakdan shaxmat” sport musobaqasi “Quvnoq startlar”, “Baxtli bolalik” kabi loyihalar.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi “O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolariga oliy ta’lim muassasalariga kirishda imtiyozlar berish to‘g‘risida”gi 914-sonli qarori asosida, joriy yilda 12nafar Ittifoq sardorlari (sardorlarning umumiy hisobining 6,1 %) oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli tarzda qabul qilindi.

Xulosa qilib aytganda, yoshlar ittifoqi hamkor tashkilotlar bilan birgalikda ijtimoiy-siyosiy hayotda faol ishtirok etadigan, ijtimoiy jarayonlarga faol ta’sir ko‘rsatadigan, Vatan va xalq taqdiri uchun mas’uliyatni chuqur his etadigan yoshlar safining kengayishiga hissa qo‘shishda faol va samarali faoliyatini davom ettiradi va bu yo‘lda barcha manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytiradi.

Temurbek Poyonov

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi vazifasini bajaruvchi.