Hududiy yangiliklar
January 26

Andijon viloyat Kengashi hamda Andijon harbiy garnizoni bilan hamkorlikda "Dala o'quv maydonida bir kunim" loyihasiga start berildi.

"Dala o'quv maydonida bir kunim" loyihasiga start berildi!

🇺🇿O'zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyat Kengashi hamda Andijon harbiy garnizoni bilan hamkorlikda "Dala o'quv maydonida bir kunim" loyihasiga start berildi.

Loyihada viloyat Kengashi apparat hodimlari, hududiy va mahalliy sardorlar hamda oliy ta'lim muassasadagi "harbiy-vatanparvarlik loyihalar" koordinatorlari ishtirok etdi.

Loyiha davomida ishtirokchilar
1) avtomatni toʻliq qismlarga ajratish va yigʻish boʻyicha master klass oʻtish;
2) Amaliy oʻq otish mashqlarini bajarish;
3) mutaxassislar bilan tank boshqaruvini oʻrganish;
4) minalangan hududni zararsizlantirish hamda undan oʻtish;
5) gazga qarshi niqobni toʻgʻri va tez kiyish;
6) granata uloqtirish;
7) kompas yordamida ishlashni oʻrganish;
8) jabrlangan askarga birinchi tez yordam koʻrsatishni oʻrganish kabi turli mashqlarni bajarish rejalashtirilgan.