Yangi Konstitutsiya bilan yangi rivojlanish sari!
Harbiy xizmatchilarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bo‘yicha nazariy bilimlarini yanada mustahkamlash va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularni mamlakatimizda siyosiy-huquqiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati bilan tanishtirish, ularning faol fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlash, nazariy bilimlarini hayotga tatbiq etish ko‘nikmalarini shakllantirish hamda, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, viloyat ichki ishlar boshqarmasi, viloyat Adliya boshqarmasi va Jizzax gornizonidagi harbiy qismlar hamkorligida gornizon ma'naviyat va ma'rifat markazida “Konstitutsiya taraqqiyot kafolati!”! shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.