“Ko‘pkurash” harbiy-vatanparvarlik sport musobaqasining Qiziriq tuman boshqichi bo’lib o’tdi!
O'zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan Tinchligimiz, taraqqiyot va farovonlik uchun! shiori ostidagi "Ko'pkurash" harbiy vatanparvarlik sport musobaqasining Qiziriq tuman bosqichi bo'lib o'tdi.
Harbiy-vatanparvarlik musobaqasida Denov tumanida joylashgan professional ta'lim muassasalari o'quvchilaridan iborat jamoalar ishtirok etib, tezkor savol-javob, "AKM" avtomatini qismlarga ajratish va yig'ish, turnik tortinish, estafeta yugurish hamda pnevmatik quroldan o'q otish shartlari bo‘yicha bellashishdi.
Qizgin va murosasiz bahslarga boy o'tgan ushbu bellashuv natijalariga ko'ra:
Denov 1-son kasb-hunar maktabining Burgut jamoasi faxrli 1-o'rinni egallab musobaqaning viloyat bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
Bu kabi sport musobaqalari yoshlarni ta'til davridagi bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish va shu bilan birgalikda ularni harbiy-vatanparvarlik, milliy an'ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashga asos bo'lib xizmat qiladi.