Hududiy yangiliklar
October 7, 2023

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi harbiy qism va muassasalardagi boshlang‘ich tashkilot yetakchilar malakasini oshirish maqsadida o‘quv-seminari o‘tkazildi!

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyat Kengashi tashabbusi bilan joriy yilning 4 oktabr kuni Zanigota tumanida joylashgan aloqachilar harbiy qismida harbiy qism qo‘mondonligi, Toshkent harbiy okrugi, Toshkent harbiy prokuraturasi, Viloyat “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy vatanparvarlik bo‘limi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar kuch tuzulmalarining harbiy qismlardagi  boshlang‘ich tashkilot yetakchilari bilan “Boshlang‘ich tashkilotning asosiy maqsadi va vazifalari, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi ahamiyati”  mavzusida  o‘quv-seminari o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3394-sonli Qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil
29-iyundagi “Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 267-sonli Qarori ijrosini ta’minlash hamda harbiy qismlarda joriy qilish maqsadida o‘quv-uslubiy seminar o‘tkazildi.

Kunning ikkinchi yarmida seminar ishtirokchilari uchun harbiy qismdagi boshlang‘ich tashkilot yetakchi xonasida amaliy mashg‘ulot o‘tkazilib, harbiy qism boshlang‘ich tashkilot yetakchisi tomonidan davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan chora tadbirlari to‘g‘risida, yoshlarni harbiy kasbga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida harbiy qism kutubxonasida hamda muzeyida Zangiota tumanidagi “Vatan tanyanchi” otryad a’zolarini jalb qilgan holda amaliy ko‘rgazmali mashg‘ulot o‘tkazildi.