Andijonda "Vatanning sodiq yoshlari" o‘quv yig‘ini tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo‘mondoni Sh.M.Mirziyoyev raisligida 2024-yil 12-yanvar kuni Xavfsizlik Kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida berilgan topshiriqlari va ko‘rsatmalaridan kelib chiqib uyushmagan yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish orqali harbiy xizmatga qiziqtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasida "Vatanning sodiq yoshlari" o‘quv yig‘ini tashkil etildi
birinchi kun birinchi yarmida yig‘in ishtirokchilari to‘rt guruhga bo‘linib o‘quv nuqtalarida: Saf tayyorgarligi, Ommaviy qirg‘in qurollardan himoyalanish, O‘q otish tayyorgarligi, Chavandozlik mahorati mashg‘uloti, Tog‘ balandlikka chiqish tayyorgarligi fanlari bo‘yicha amaliy darslarda ishtirok etishdi. Shuningdek, harbiy fanlar va jangavor qurollar, himoya vositalari bilan tanishishdi.
O‘quv yig‘ini davomida yoshlarga motivatsion kasb tanlashga doir "Psixologik trening" o‘tkazildi.
Trening davomida yoshlar kasb tanlashga doir muhim tavsiya va amaliy ko‘nikmalarga o‘rgatildi.
Yoshlar aynan yig‘in davomida olgan amaliy ko‘nikmalari kelajakda kasb tanlashga, o‘z huquqlaridan unumli foydalanishga xizmat qiladi.