Jizzaxda “Harbiy hayot” loyihasi bo'lib o'tdi.
Yoshlarni yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, Ona-Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyat va an'analarga, katta avlod vakillariga hurmat, ruhida tarbiyalash, ongiga milliy g'urur, vatianparvarlik fazilatlarini singdirish, xalqi va vataniga sadoqat bilan xizmat qiladigan, azmu-shijoatli yoshlarni tarbiyalash hamda yoshlarda milliy armiyamizning qudratiga, xalqimizning tinchligini va osoyishtaligini ishonchli himoya qilishga qodir ekanligiga qat'iy ishonchini yanada mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi tashabbusi Markaziy harbiy okrugiga qarashli Jizzax garnizonidagi harbiy qism hamkorligida Jizzax viloyati sardorlari ishtirokida “Harbiy hayot” loyihasi o‘tkazildi.
30 nafar yoshlarga harbiy liboslar berilib bir kun davomida ularga bugungi kunda Qurolli Kuchlarimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, milliy armiyamizning jangovar tayyorgarligi va harbiy salohiyatini yanada oshirish, sarhadlarimiz daxlsizligi va xalqimizning tinch-osoyishta hayotini taʼminlashga xizmat qilayotganligi alohida taʼkidlandi.
Tadbirda yoshlar harbiy xizmatchilarning harbiy hayoti, jangovar va taktik mashgʻulotlarini kuzatish, aqliy va jismoniy salohiyat kasb etadigan harbiylik kasbining naqadar sharafli ekanligiga guvoh boʻlishdi.
Shunigdek yoshlarga loyiha davomida yoshlar uchun harbiy qismda harbiy texnika va qurol-aslahalar ko'rgazmasi, sport musobaqalari, psixalogik “Tim building” o'yinlar hamda "Zakovat" intellektual o'yinlari o‘tkazildi, loyiha yakunida o‘tkazilgan tanlov va musobaqalarda faol ishtirok etib g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yoshlarga O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashining estalik sovg‘alari topshirildi.