Hududiy yangiliklar
August 15, 2023

"Ko‘pkurash" harbiy-vatanparvarlik sport musobaqasining Xorazm viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi! 

O'zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan "Tinchligimiz, taraqqiyot va farovonlik uchun!" shiori ostida o‘tkazilayotgan Respublika "Ko'pkurash" harbiy vatanparvarlik sport musobaqasining Xorazm viloyati bosqichi bo'lib o'tdi.

Musobaqaning viloyat bosqichida jamoalar tezkor savol- javob bahsi, “AKM” avtomatini qismlarga ajratish va yig‘ish, kamondan o‘q otish, harbiy biatlon, arqon tortish shartlari bo‘yicha bahs olib borishdi.

Bahslarda musobaqaning tuman-shahar bosqichlarida g'olib bo'lgan jamoalar o'zaro bellashdi. Murosasiz kechgan musobaqaning Xorazm viloyati bosqichi yakunlariga ko'ra Qo‘shko‘pir tumani Suv xo‘jaligi va meleoratsiya kollejining "Qalqon" jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. G'olib jamoalar pul mukofotlari va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

O'zbekiston yoshlar ittifoqi "Qalqon" jamoasiga Respublika bahslarida omad tilaydi!

🤝Bizning sahifalarimiz:
Telegram \ Instagram \ Facebook