“Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining harbiylar ligasi Qashqadaryo viloyat bosqichi o'tkazildi!
Respublikamizning barcha hududlarida o’tkazib kelinayotgan bu tadbir bir necha o’n minglab yoshlarni qamrab olmoqda. Shu jumladan Qashqadaryo viloyatida joylashgan kuch tuzilmalaridagi yosh harbiy xizmatchilar va xodimlar o’rtasida Yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyat Kengashi tomonidan “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining Harbiylar ligasiga avgust oyida start berilgan edi. Ko’rik tanlov uch bosqichda o’tkazildi, dastlab harbiy qism bosqichida g’olib bo’lgan jamoalar viloyat bosqichi yo’llanmasini qo’lga kiritgan edi, bugun viloyat yoshlar markazi binosida tanlovning viloyat bosqichi o’tkazildi.
Viloyat bosqichida jamoalar uch shart 1-tanishtiruv, 2-musiqiy biatlon, 3- Estrada miniyatura teatri shartlari bo’yicha o’zaro bellashishdi. Yakunda 1- o’rinni qo’lga kiritgan Qashqadaryo viloyat Favqulotda vaziyatlar boshqarmasining “Temurbeklar” jamoasiga Yoshlar ittifoqining diplom hamda estalik sovg’alari topshirildi va Respublika bosqichi yo’llanmasini qo’lga kiritdi.
Bu kabi tadbirlarni o’tkazishdan asosiy maqsad yosh harbiy xizmatchi va xodimlarning hamda oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlarining ijtimoiy-ma’naviy bilimlarini yanada mustahkamlash va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, bo‘linmalar shaxsiy tarkibi o‘rtasida sog‘lom raqobat, ma’naviy-axloqiy muhitni qaror toptirish, tanlov ishtirokchilarning ijodiy iqtidorlarini namoyish etishlari uchun imkoniyat yaratish, harbiy xizmatning ustivorliklari va xizmatdan faxrlanish his-tuyg‘ularini yuksaltirish, hamda harbiy qism va muassasalarning badiiy xavaskorlik jamoalarini shakllantirishdir.