October 5, 2023

Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida vazirlik tizimidagi boshlang‘ich tashkilot yoshlar yetakchilari va yo‘nalish sardorlari uchun o‘quv-seminar o‘tkazildi.

Ushbu seminardan ko‘zlangan maqsad boshlang‘ich tashkilot yoshlar yetakchilari va yo‘nalish sardorlari faoliyatini yanada takomilashtirish, ularning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, o‘zaro tajriba almashishdan iborat. Seminar yakunida boshlang‘ich tashkilot yoshlar yetakchilariga ''O‘zbekiston yoshlar ittifoqi'' belgisi taqdim etildi.