Ichki ishlar vazirligi akademiyasida tahsil olayotgan kursantlar oʻrtasida “Zakovat intellektual oʻyini” oʻtkazildi.
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengashi, “Zakovat” nodavlat notijorat tashkiloti hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi hamkorligida, Ichki ishlar vazirligi akademiyasida tahsil olayotgan kursantlar oʻrtasida “Zakovat intellektual oʻyini” oʻtkazildi.
IIV Akademiyasi kursantlari oʻrtasida “Zakovat” intellektual oʻyini oʻtkazildi.
Oʻtkazilgan intellektual tanlovda jami 93 ta jamoa oʻzlarining intellektual qobiliyatini jamoaviy tarzda namoyish etish va birinchi oʻrinni egallash maqsadida murosasis intellektul bellashuvlarga kirishdi.
“Vatanga va xalqqa xizmat qilish – oliy burchimiz” shiori ostida yoshlarni birlashtirgan intellektual oʻyin bahslarga boy oʻtdi. Har bir jamoa savollarga aniq manbalar asosida toʻgʻri javob berishga va oliy oʻringa ega chiqishga harakat qilishdi.
Qiziqarli oʻyin yakunida jami 93 ta jamoadan birinchi oʻrinni “Ofitser” jamoasi qoʻlga kiritgan boʻlsa, ikkinchi oʻrin “Oligarx” jamoasi kursantlariga nasib qildi, uchinchi oʻrinni esa “Lokomotiv” jamoasi egalladi.
Taqdirlash marosimida soʻzga chiqqanlar yurtimizda ommaviy-maʻrifiy harakatga aylanib ulgurgan intellektual oʻyin iqtidorlarni kashf etish, ularning salohiyatini roʻyobga chiqarish, yoshlarni ilm marralari sari ruhlantirishda muhim ahamiyat kasb etayotganini taʻkidlashdi.
Faxrli oʻrinlarni qoʻlga kiritgan jamoalar Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengashi va Ichki ishlar vazirligi akademiyasi tomonidan diplom, Kubok va estalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.