Jizzaxda “Yosh harbiylar forumi” oʻtkazildi!
Jizzax garnizonidagi harbiy qismda okrug qoʻmondonligi hamda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashining tashabbusi bilan “Yosh harbiylar forumi” oʻtkazildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish maqsadida tashkil etilgan ushbu forumda Jizzax harbiy prokuraturasi, viloyatda joylashgan kuch tuzilmalaridagi yosh harbiy xizmatchilar va xodimlar, faxriylar hamda yoshlar ishtirok etdi.
Forumda okrug qoʻmondonligi hamda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi vakillari soʻzga chiqib, yaqinlashib kelayotgan bayram bilan yig‘ilganlarni samimiy muborakbod etib, forumning maqsad va vazifalari hamda 2023-yil davomida yoshlarga oid davlat siyosati yuzasidan amalga oshirilgan ishlar boʻyicha maʼlumotlar berdilar.